1. Toponimika tushunchasi va uning mohiyati haqida



Yüklə 324,5 Kb.
səhifə56/56
tarix27.05.2022
ölçüsü324,5 Kb.
#59721
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
1452183509 63273

Uchqo`rg`on — Namangan viloyati Norin daryosi bo`yida joylashgan. Uchqo`rg`on deb nom olishiga asosiy sabab ilgari Uchqo`rg`onda uchta katta qo`rg`on bo`lib, uni qurgan egalari bo`lgan ekan. Bu qo`rg`on egalari XIX asrlarda hozirgi Uchqo`rg`on hududiga hukmronlik qilishgan. Asrimizning 20- yillaridan so`ng bu qo`rg`onlar yo`q bo`lib ketgan. Ammo qo`rg`on bo`lganligi sababli uning nomi Uchqo`rg`on nomi bilan saqlanib qolgan.
SulduzAndijon rayonidagi qishloq; sulduz qabilalaridan birining nomi. Sulduzlar CHingizxon davrida o`rmonda yashagan ko`chmanchilar bo`lishgan; sulduz aslida suldez bo`lgan. «Sulde» mongolcha «bayroq», «s» esa ko`plik qo`shimchasi, demak «suldes» — bayroqlar demakdir.
Qaqir — Andijon viloyati Xo`jaobod rayonida hamda Farg`ona viloyati Quva rayonidagi qishloqlar nomi. Qaqir suv etib bormaydigan, qaqrab yotgan er degan ma`noni bildiradi.
CHuvalachi — Farg`ona viloyati Bag`dod rayonidagi qishloq. Toshkent shahridagi ko`cha nomi. Tojikcha «katta qop» ma`nosidagi juvol so`zidan kelib chiqqan, degan fikr bor.
Dilkushod — Andijon viloyati Xo`jaobod rayonidagi qishloq. Hozirgi Dilkushod davlat xo`jaligi hududida joylashgan Dilkushod qishlog`ining o`rni avval, ya`ni XVI — XVII asrlarda katta karvonsaroy bo`lgan ekan. Xitoyga Arabistondan ketayotgan savdogarlar shu karvonsaroyda tunab o`tar ekanlar. Xullas, Dilkushod katta savdo yo`lida joylashgan ekan. Dilkushod nomi qaerdan kelib chiqqanligi haqida rivoyatlardan birida shunday deyiladi: Andijon hokimi Zahiriddin Muhammad Bobur tez-tez Ush shahriga borib turar ekan. Doim yo`lda shu Dilkushod qishlog`ida to`xtab dam olar ekan. Bobur Dilkushodda qo`nganda qishloqni tomosha qilar, undagi go`zal tabiat manzarasidan ilhomlanib she`r yozar ekan. Dillarni shod etuvchi so`lim dam olish joyi ekanligidan mamnun bo`lib, qishloq nomini «Dilkushod» bo`lsin degan ekan. Dilkushod qishlog`ining qadimiyligi yana shundaki, u erda er haydayotgan paytda bir xumcha chiqqan. Xumchaning ichidan XVI — XVII asrga oid taygalar, oltin buyumlar topilgan. SHu narsalar bu qishloqning qadimiy ekanligini isbot qiladi. Qishloq tog` bag`rida bo`lganligi, manzarasi, iqlimi va bahavoligi bilan darhaqiqat dilni shod etadi.
Bag`dod — Farg`ona viloyatidagi rayonlardan biri. Viloyat markazidan 10 kilometr narida joylashgan. Bag`dod nomining etimologiyasi qadimiy tarixga ega. Ma`lumki, Iroq davlatining markazi hisoblangan Bag`dod XII asrdayoq madaniyati gullagan shahar bo`lgan. Bag`dod — xudo bergan joy ma`nosidadir deb ta`kidlaydi filologiya fanlari nomzodi Haydarali Uzoqov.
Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Karimov I. A. «Vatan sajdagox kabi muqaddasdir». Toshkent. «O`zbekiston» 1996 yil.

  2. A.Nabiev. “Tarixiy o`lkashunoslik ” T. 1979 yil.

  3. S.Koriev «geografik nomlar ma`nosini bilasizmi?» Toshkent. 1970 yil.

  4. Z.CHoriev. “Tarix atamalarining tushunchasi” izoli lug`at. Toshkent. 1999 yil.

Yüklə 324,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin