1. Toponimika tushunchasi va uning mohiyati haqida



Yüklə 324,5 Kb.
səhifə55/56
tarix27.05.2022
ölçüsü324,5 Kb.
#59721
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
1452183509 63273

Damariq — Andijon viloyati Xo`jaobod rayonidagi Xo`jaobod qishlog`iga qarashli «O`zbekiston» nomli jamoa xo`jaligi hududida joylashgan. Avvallari bu ariqni «YOmonyor» deb atashardi. Bu ariq asli o`sh soyidan bosh olardi, deb hikoya qiladi shu qishloqlik Turdiboy ota Usmonov. Biz bolalik davrimizda Xo`jaobod qishlog`ini va uning erlarini shu ariq sug`orardi. Bahor oyi yoki olma gullagan paytda bu qishloq ahlini vahima bosardi, chunki o`sh soyi toshib ariq boshini oqizib ketardi yoki SHahrixon soyiga qo`shib yuborardi. Natijada Xo`jaobod, Buloqboshi, Qoratayit qishloqlari suvsiz qolardi, hatto ichishga suv topilmas edi.
Suvsizlik azobidan qutulish maqsadida shu qishloq oqsoqollari Abdusamad ota Boymatov, mulla Sobirjon YUsupov, Mavlon ota, Mamaroziq otalar boshchiligida to`g`onni qayta qurish uchun hashar uyushtirilar edi. Hashar boshlashdan avval bu ishga kimlarni jalb qilish, qaysi xonandondan nechta odam ishtirok etishi mumkinligi belgilab olinardi. SO`ng Xo`jaobod volost’ boshlig`iga xabar qilinardi. Hasharda deyarli kambag`al dehqonlar ishtirok etardilar, ammo suvning ko`pidan boylar foydalanardilar. To`g`onni bir yil ichida bir necha marta suv buzib ketardi. Har safar to`g`onni qayta tiklash uchun kambag`al dehqonlar o`z-O`zlaridan to`g`on qurish uchun asosiy material hisoblangan shox-shabba, yog`och, xashak pichan, poxol kabi qurilish materiallari olib borishar edi. Volost’ rahbarlari quruvchilarga hech qanday yordam bermas edilar. To`g`on qurilishiga yordam bera olmagan, ilojsiz kambag`al dehqonlarni urishar edilar. Asrimizning 20- yillariga qadar bu «YOmon yor» deb nom olgan joydan suv olish juda ham yomon, og`ir edi. SHuning uchun odamlar bu joyni YOmon yor, suv soydan juda damlanib chiqqanligi sababli ariqqa Dam arig`i deb nom bergan, deb hikoya qilishadi keksa otaxonlarimiz.
Xo`jaobod — Andijon viloyatiga qarashli shu nomdagi rayon markazi. 1981 yildan boshlab shahar nomini oldi. «Boburnoma» muallifi o`sh bilan Andijon o`rtasida bir obod joy bo`lganligini eslatadi. SHu erlik 7 marta haj qilgan Abdunabi Sayfuddin hoji o`g`lining hikoyasiga qaraganda, qadimgi O`rta Osiyo shaharlarini Xitoy bilan bog`laydigan savdo yo`li shu Xo`jaobod orqali o`tgan. Buning guvohi sifatida to hozirgi kungacha saqlanib qolgan Andijon shahridagi, shu Xo`jaoboddan boradigan yo`l boshiga qurilgan Xitoy konsulining binosini ko`rsatadilar.
Xo`jaobod so`zining kelib chiqish tarixi haqida aniq fikr va dalil bo`lmasa-da, ayrim taxminlar bor. YUqorida ta`kidlanganicha, Xitoyga boradigan savdo yo`lida joylashganligi tufayli bu joyga bir guruh xo`jalar kelib joylashib qolishgan. SHundan so`ng qishloq kengayib xo`jalar obod qilgan deyishyb, nomini Xo`jaobod qo`yishgan desalar, ayrim kishilar, bu erdan xajga borganlar ko`p bo`lganligi tufayli hojilar obod qilgan, deydilar. Xullas, Xo`jaobod shahri tarixi hali ilmiy asosda tadqiq qilinmagan. Xojiobod deyish haqiqatga ancha yaqindir. 1993 yili «Mehnat» nashriyotida chop etilgan A. Nabievning «Bobur tavof aylagan diyor» nomli risolasida (10 bosmataboq) Xo`jaobod tarixi, eng qadimgi davrlardan to hozirgi kungacha bo`lgan tarixi mukammal yoritilgan. Xo`jaobod nomining kelib chiqish tarixi haqida jumladan shunday deyilgan: «Boburnoma» ning 50—51-betlarida Bobur Mirzoning ustozi va piri Xo`ja Abdullo Mavlonai qozi nomi bir necha bor tilga olingan. endilikda shunday tarixiy ma`lumotlar aniqlanmoqdaki, xatto Xo`jaobod vohasining nomi ham ayni shu tarixiy shaxs — Xoja Abdullo Mavlonai qozi nomi bilan bog`liq bo`lib chiqdi. Binobarin, Bobur ta`riflaganidek, voha nomi uni bog`-rog`larga aylantirgan tarixiy bir shaxsning nomi bilan bog`liq ekan. Bu fikrni yozuvchi Qo`ldosh Mirzoning 1990 yili «SHarq YUlduzi» da bosilgan «Bobur Mirzoning toylog`i» nomli qissasi voqealari yana bir karra tasdiqladi. Qissa muallifi o`z asarida Xo`jaobod Oqbo`ra daryosidan suv ichganligini, undan yangi-yangi ariqlar chiqarilganligini aytadi. YAna ta`riflaydiki, shu ariqlar suvidan bahra olgan bog`-rog`larni ko`rgan, shirin-shaqar mevalaru qovun-tarvuzlaridan totib ko`rgan Zahiriddin Muhammad Bobur nihoyatda ilhomlanib ketadi va bu jannatmakon yurt boshlig`ini chaqirib: «Siz yurt aylagan ushbu navohi Xoja Abdullo Mavlonai qozi ruhi pokining hurmati vajidin Xojaobod bo`lsun. Bu tilagi ixlosmandlaru hukmi podshohdur. Ongladingizmu, sardor», — deydi. SHundan so`ng sardor axli yurtni to`plab, podsho hukmini e`lon qiladi: «SHu bugundan boshlab, bu yurt Xojaobod deb nomlansin»,— deydi. SHu tariqa qadimdan obod maskanlardan biri bo`lgan bu yurt Xojaobod deb yuritiladi.
CHortoq — Namangan yonidagi qishloq. Buni «to`rt tog`» deb izohlaydilar, ammo shunday emas. To`rt gumbazli (to`rt toqisi bo`lgan) inshoot, ark, qo`rg`on, qorovulxona chortoq deyilgan. Ba`zan to`rt tomonidan ko`rinib turadigan qorovulxonalar, baland minoralar ham chortoq deb atalgan. Demak, chortoq deb shu qishloq o`rtasida joylashgan baland ark, qorovulxona tufayli atalgan.

Yüklə 324,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin