1. Toponimika tushunchasi va uning mohiyati haqida



Yüklə 324,5 Kb.
səhifə53/56
tarix27.05.2022
ölçüsü324,5 Kb.
#59721
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
1452183509 63273

Namangan — Farg`ona vodiysining go`zal shaxarlaridan biri. Namangan soy, YAngiariq va SHimoliy Farg`ona kanalidan suv ichadi. Namangan haqidagi dastlabki ma`lumotlar Zaxiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» kitobida tilga olinadi. Namangan qishlog`i tuz koniga yaqinligidan «Namak kon» deb atalgan. Keyinchalik bu nom o`zgarib Namangan bo`lib ketgan. Novmakon (yangi joy) degan rivoyat ham bor. SHaharning vujudga kelishiga qadimgi Axsikent shaxridan ko`chib kelgan aholi ham ta`sir qilgan bo`lsa kerak. Axsikent shahri Namangan yaqinida Sirdaryoning o`ng qirg`og`ida bo`lgan. U 1620 yilgi zilziladan yakson bo`lib ketgan. Namangan shahrining rivojlanishida Norin daryosidan 1818—1822 yillarda o`tkazilgan YAngiariq kanali katta rol o`ynadi. Bu erda hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlanadi. Farg`ona viloyati tuzilgach, Namangan uning uezd shaharlaridan biri bo`lib qoldi. 1877 yili yangi shaxar qurilishi boshlanadi. Bu erda dastlab Andijon va Farg`ona shaharlaridagi singari qo`rg`on qurilgan. YAngi shahar uchastkasida harbiy mashqlar o`tkaziladigan maydon, shahar bog`i va bozor uchun joy ajratilgan. 1894—1895 yillarda shahar aholisi 60 ming kishidan ko`proq bo`lgan. XX asrning boshlarida Namangan temir yo`l orqali Qo`qon bilan bog`lanadi. SHundan keyin paxta va yog` zavodlari paydo bo`ladi. 60- yillarga kelib Namangan juda katta shaharlardan biriga aylandi. Hozir shahar Farg`ona vodiysidagi yiriq shaharlardan biri, Namangan viloyatining markazi.
Haqqulobod — Norin rayonidagi qishloq. Arxeologlarning va erli keksalarning so`zlariga qaraganda, bu qishloq XVIII asrning oxirida tashkil topgan. O`sha vaqtda bu joylarning o`rni botqoqlik va balchiq bo`lgan. SHuning uchun bu erda odamlar yashamagan. Rayon markazidan 6 km nariroqda «Eski Haqqulobod» degan qishloq bor. XVIII asrning oxirida bu erda juda boy va johil Haqqulibek degan kishi yashagan. U er mulkini ko`paytirish uchun o`z odamlarini to`qayzor va balchiq erlarni o`zlashtirishga majbur qilgan: Uning buyrug`i bilan odamlar botqoqlarni quritib, ekin ekkanlar. Bu qishloq uning xo`jayini Haqqulibek nomi bilan Haqqulobod deb atalgan. 20 -30- yillarda undan keyingi davrlarda bu erda ijtimoiy o`zgarishlar yuz berdi. Hozir Xaqqulobod Namangan viloyatining eng go`zal qishloqlaridan biri bo`lib, Norin rayonining markazi va shaxar tipidagi aholi yashaydigan manzilga aylantirildi.
Qo`qon. Bu so`zning etimologiyasi xaqida ham turli-tuman ma`lumotlar bor. Aytishlaricha, shahar joylashgan hudud botqoqlik, qamishzorlardan iborat bo`lgan va u erlarda ho`k (yovvoyi cho`chqa) lar juda ko`p bo`lgan. SHuning uchun u erni cho`chqalar, ya`ni to`ng`izlar makoni — ho`kkon deb ataganlar. Keyinchalik bu so`z Qo`qon bo`lib qolgan, degan fikr soxtadir. Akademik A. N. Kononov: Xo` so`zi «shamod» ma`nosida keladi va Qo`qon (HO`qand) «SHamol shahri», «sershamol shaxdr» ma`nosida bo`lishi mumkin, deb ta`kidlaydi.
Dastlab «Hudud al-olam» da Xo`kand, Xuvakand — xalq zich yashaydigan shaharcha deyilgan. Ibn Havqal, Muqaddasiy asarlarida Xo`kand (Xuvokand) va Xo`qand (Xuvoqand) shakllarida qayd qilingan. «Boburnoma» da Xo`qon viloyati deb tilga olingan. Hozirgi Qo`qon shahri tarixiy Xo`qand o`rnida XVIII asrda o`zbeklarning ming urug`i boshlig`i SHohruhbiy tomonidan barpo etilgan. V. V. Bartol’d shaxdr nomining adabiy jihatdan to`g`ri shakli Xo`kand bo`lib, Qo`qon jonli tilda talaffuz etilishidir, deb hisoblaydi.
YUqoridagi olimlarning turli izohlaridan qat`i nazar, hozirgi kunda qadar Qo`qon so`zining etimologiyasi ilmiy asosda o`rganilgan emas.

Yüklə 324,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin