Qo`qonboy — Qo`qonboy qishlog`ining tashkil topish davri qariyalarning va qishloq ziyolilarining shoxidligi bo`yicha, Qo`qon xonligi davriga to`g`ri keladi. Qishloq Toshkent — Andijon temir yo`li va Xo`jand — Qo`qon karvon yo`llari yoqasiga joylashgan. Qishloqdagi katta-katta, eng hosildor erlar Qo`qonlik boylardan PO`stin-purushboy, Tovoqchiboy, Pichaqchiboy, Olloboy va shu kabilarga qarashli bo`lib, yaqin kunlargacha o`sha boylarning nomi bilan atalib kelar edi. Qariya otaxonlarning aytishicha, qishloq erlari suv boshida bo`lib, eri juda unumli bo`lgan. SHu sababli bu erlarni Qo`qonlik boylar egallab olib, chorikorlarga bo`lib bergan va bu erda asta-sekin aholi to`planib, qishloq paydo bo`lgan. Qishloq asosan Qo`qonlik boylarning eridan iborat bo`lgani uchun Qo`qonboy deb atala boshlagan degan fikr bor.
Savay — 1930 yili tashkil topgan sovxoz nomi. U Farg`ona vodiysining shimoli-sharqidagi Andijon viloyati Qo`rg`ontepa rayonida joylashgan bo`lib, Qirg`iziston Respublikasi bilan chegaradoshdir. Bu er nomining kelib chiqishi quyidagicha bo`lgan. Sovxoz tashkil topmay turib, shu erga yaqin joyda Isavay degan odam yashagan ekan. U o`z tomorqasiga Qoradaryodan bosh oladigan ariqdan suv ochgan. Keyinchalik mana shu joyda davlat xo`jaligi tashkil topgan, xuddi shu ariq o`rnida kanal qazilgan. Odamlar bu kanalni xaligi ariq o`rnidan ochilgani uchun «Isavoy ariq» deb, keyinchalik bu so`z buzilib Savay ariq deb atay boshlangan. «Savay ariq» atrofida tashkil topgan davlat xo`jaligi nomi ham «Savay» bo`lib qolgan. Hozir ham shu nom bilan mashhur. Mo`g`ul urug`laridan biri ham Savay deb yuritilgan deydi B. Ahmedov.
Xo`jand — Tojikiston respublikasidagi shahar. 1936 yilga qadar shu nom bilan atalib kelingan. Nima uchun Xo`jand deb atalganligi to`g`risida bir qancha rivoyatlar mavjud.
Bir vaqt Sirdaryo toshib, kechasi bu shaxarni suv olib ketgan emish. Podsho Nushirvon mamlakatdagi eng yaxshi odamlarni yig`ib, eski shahar o`rnidan sal nariroqda yangi shahar barpo qilishga buyruq bergan ekan. SHunda oldingi shaharning nomi unutilib, XO`bchand (tojik tilida bir so`zi chand, yaxshi so`zi — xo`b) deyilgan, ya`ni bir qancha odam kelib o`rnashgan shaxar degan ma`noni bildiradi. Bora-bora, vaqt o`tishi bilan, XO`bchand so`zi Xo`jand bo`lib ketgan, deyishadi. YAna boshqa bir rivoyatda Xo`jand so`zi bu shaharda «oq suyaklar» ko`p bo`lganligi sababli «Xo`jalar shahri» so`zidan olingan, deyiladi.
SHunday qilib, shaharning nima uchun Xo`jand deb atalganligi to`g`risida ishonchli bir fikr yo`q.