1. Toponimika tushunchasi va uning mohiyati haqida



Yüklə 324,5 Kb.
səhifə27/56
tarix27.05.2022
ölçüsü324,5 Kb.
#59721
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   56
1452183509 63273

Olaqarg`a — shu nomli qishloqning kelib chiqish tarixini bevosita shayx Aqliqiron ota nomi bilan bog`lashadi. Aslida qishloq nomi Olaqarg`a emas, Aqliqiron otadir. Uning tarixi XVIII asrdan boshlangan. Qishloqning ikki tomonidan ikkita ariq oqib o`tadi. Bularning birini — Past ariq, ikkinchisini — Katta ariq deyishadi. Ariqlarning bo`yida 2 ta tepalik bor. Bu tepaliklardan biri yassi, ikkinchisi baland. Ikkala tepalik hozir ham bor. YAssi tepalik katta ariq bilan birlashgan. Aslida avvallari bu tepalik o`rnida odamlar uy qurib yashaganlar. SHu tepalikdan 1961 yili katta xum topildi. Xumning ichida eski tangalar, kamon o`qining uchlari topildi. Aqliqiron ota vafotidan keyin qishloq shu shayx nomi bilan Aqliqiron ota deb atala boshlagan. XVIII asrda shayxga atab masjid qurilgan. Qishloq nomi oldin Aqliqiron, so`ng Alaqar, keyinchalik Olaqarg`a bo`lib, o`zgarib ketgan. Masjid esa Aqliqiron otaligicha qolavergan. Bu masjid hozir ham bor. Hozirgi vaqtda ham qishloq Olaqarg`a nomi bilan atalib kelinmoqda.
Boybichakon — Qashqadaryo viloyati Dehqonobod rayonidagi osh tuzi koni. Boybicha — boyning katta xotini, ba`zan boy xotin degan ma`noni ham anglatadi. Boybichakon nomi bilan atalgan qishloq yonidagi tuz koniga ham shu nom berilgan.
SHagarak — Qashqadaryo viloyati CHiroqchi rayonidagi qishloq. Qashqadaryo viloyatida istiqomat qilib turgan saroy qabilasi tarkibiga kiradigan qipchoq saroy urug`ining bir qismini shagarak deyishadi. Zarafshon vodiysida ham bu urug` shagarak deb atalgan.
Uqituvchi Surxondaryo viloyati hududidagi toponimlar tarixini o`rganishdan avval Surxondaryo so`zining etimologiyasiga ham qisqacha to`xtalib o`tishi lozim. Viloyat nomining kelib chiqish tarixi haqida tushuncha berilgandan so`ng o`quvchilar diqqati uning rayonlari, qishloq, ovullari nomlari tarixiga jalb qilinadi.
Surxondaryo — tojik tilidan olingan bo`lib, «surx» — qizil, ya`ni Qizil daryo demakdir. Surxondaryo bosh oladigan tog` tizmalari, daralar, tog` jinslarida qizil ranglar mavjud. Suv bu jinslarni o`zi bilan oqizib kelganligi sababli qizil tusli tuyuladi. SHuning uchun erli xalq — qizil daryoni tojik tilida «Surxondaryo» deb atashgan.
Termiz — Grek — Baqtriya davlati davrida Termiz «Tarimita» nomi bilan, Makedonskiyning istilochilik davrida «Aleksandriya» deb atalgan. Somoniylar davrida «SHaxri somoniy» deb ham atalgan. X asrning oxirida shaxar yana Termiz deb ataladi. Termiz nomi «Avesto» yozuvlarida tilga olinadi. Termiz shahri tarixi xaqida ayrim afsonalar mavjud. Aytishlariga qaraganda, grek askarlari shaharni bir necha kun qamal qilib turgan. SHaxar mustaxkam baland devor bilan o`ralganligi tufayli shaharni ololmay, oxiri hiyla ishlatganlar — shahar boshliqlarini qo`lga olib, qarshilik ko`rsatganlarni esa katta bir masjidga qamab, o`t qo`yib yuborganlar. SHaxar dushmanlar qo`liga o`tgach, aholi masjiddagilarga achinishib, biror kishi yoki tirik jon qoldimi? — deb chaqirganlar. SHunda masjid ichidan «biz tirikmiz», degan sado chiqqan. «Biz tirikmiz» degan so`z bora-bora «termiz» bo`lib ketgan deyishadi. Albatta, bu afsona haqiqatdan uzoq. SHahar dastlab Tarmita, Tarmeta deb talaffuz etilgan.
SHunday qilib, Termiz Balx shahrining yarmi, daryoning narigi tomonidagi qismi, deb hisoblangan. Termiz rayonidagi Namuna kolxozi hududida milodimizning VI — VII asrlarida g`ishtdan qurilgan juda katta Qariqiz binosining xarobalari bor. SHahar Mo`g`ullar tomonidan vayron qilingan bir qancha vaqt o`tgandan keyin qaytadan qurilgan.

Yüklə 324,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin