1. Toponimika tushunchasi va uning mohiyati haqida



Yüklə 324,5 Kb.
səhifə43/56
tarix27.05.2022
ölçüsü324,5 Kb.
#59721
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56
1452183509 63273

Og`aliq — Samarqand viloyati Samarqand rayonidagi qishloq va tog` nomlari. To`g`risi, Ohaklik bo`lgan. CHunki, bu tog`dan XIV — XV asrlarda Samarqandda jome` masjidi qurish uchun ohaktosh qazib olingan. SHu bilan birga og`alik degan ijtimoiy atama bo`lgan. Farg`ona vodiysida esa og`alik degan urug` (etnonim) qayd qilingan.
Mavlush — Samarqand viloyati Oqdaryo rayonidagi qishloq nomi. Qo`ng`irot qabilasining bir urug`i mavlish deb atalgan (I. Magidovich). Qishloq nomi mana shu so`zdan kelib chiqqan.
Mojor — Samarqand viloyati Narpay va Paxtachi rayonlaridagi qishloqlarning nomlari mojor (mojar) — o`zbek xalqi tarkibiga kirgan qabilalardan biri. Ular XIX asr boshlarida Samarqand atrofida tog` yonbag`irlarida, Narpay arig`i bo`ylarida, SHahrisabz vohasida yashaganlar. Ba`zi bir olimlar mojorlar Vengriyaning asosiy aholisi mad’yarlar bilan qon-qarindosh deb hisoblaydilar.
Minglar — Samarqand viloyati Ishtixon rayonidagi Kattaming, Kattaqo`rg`on rayonidagi Mingqishloq, Sirdaryo viloyati G`allaorol rayonidagi ming urug`i yashaydigan qishloq nomlari. Ming (mingli) o`zbek xalq tarkibiga kirgan yirik qabilalardan biridir. 1917 yilgacha minglarning ko`pchilik qismi Farg`ona vodiysi hamda Buxoro vohasida, tarqoq holda Surxondaryo viloyati Boysun, SHerobod rayonlarida, Xorazmda va Tojikistonning Xisor rayonida yashagan. Minglarni ba`zan tumon yoki tumonming deb ham ataganlar.
Misr — Samarqand viloyati Narpay rayonidagi qishloq nomi. Amir Temur Samarqand atrofida bir necha shaharlar qurib, ularni chet mamlakatlarning bosh shaharlari nomi bilan Bag`dod, Dimishq (Damashq), Misr (Qohira), SHeroz va Sultoniya deb atagan.
Kamongaron — Samarqand viloyati Urgut rayonidag`i qishloq nomi. «Kamon ustalari» demakdir. Ohangaron — «temirchilar», «So`zangaron» — «nina ustalari» ana shu turdagi toponimlardir. (3. Dusimov kamongaron toponimlarni kom (katta ariq) — ango (angiz) so`zlaridan va-on affiksidan iborat deb izohlaydi).
Kasovli — Samarqand viloyati Ishtixon rayonidagi qishloq nomi. Qo`ng`irot qabilasining bir shoxobchasi kesavli deb atalgan (tamg`asy kosov shaklida bo`lgan), qishloq nomi shu so`zdan olingan.
Kovon — Samarqand viloyati Pastdarg`om rayonidagi qishloq nomi. etimologiyasi noma`lum. Zarafshon vodiysida yashaydigan qoraqipchoqlarning bir urug`i kovon deb atalgan.
Koreys — Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on rayonidagi qishloq. Koreys qishloq Poyariq rayonida ham bor. O`zbekistonga koreyslar 1920 yildan ko`chib kela boshlagan. Ular yashagan joylarni koreys qishlog`i deb ataganlar.

Yüklə 324,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin