1-topshiriq. Ehtimolning klassik va statistik ta’riflari


 Tavakkaliga 20 dan katta bo‘lmagan natural son tanlanganda, uning 5 ga karrali bo‘lish  ehtimolini toping. 8



Yüklə 356,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix25.04.2023
ölçüsü356,35 Kb.
#102509
1   2   3   4   5
1-topshiriq.

7. Tavakkaliga 20 dan katta bo‘lmagan natural son tanlanganda, uning 5 ga karrali bo‘lish 
ehtimolini toping.
8. Kartochkalarga 1,2,3,4,5,6,7,8,9 raqamlari yozilgan. Tavak-kaliga 4 ta kartochka 
olinib, ular qator qilib terilganda juft son bo‘lishi ehtimolini toping. 
9. Ikkita o‘yin soqqasi baravar tashlanganda quyidagi hodisa-larning ro‘y berish 
ehtimolini toping:
A) 
Tushgan ochkolar yig‘indisi 8 ga teng. 
B) 
Tushgan ochkolar ko‘paytmasi 8 ga teng. 
C) 
Tushgan ochkolar yig‘indisi ularning ko‘paytmasidan katta. 
10. Tanga 2 marta tashlanganda aqalli bir marta gerbli tomoni tushishi ehtimolini toping. 


11. Qutichada 6 ta bir xil (nomerlangan) kubik bor. Tavakkaliga bitta–bittadan barcha 
kubiklar olinganda kubiklarning nomerlari o‘sib borish tartibida chiqishi ehtimolini toping. 
12. Qutida 12 ta oq va 8 ta qizil shar bor. Tavakkaliga
A) 
bitta shar olinganda uning oq bo‘lishi ehtimolini toping
B) 
bitta shar olinganda uning qizil bo‘lishi ehtimolini toping; 
C) 
2 ta shar olinganda ularning turli rangda bo‘lishi ehtimolini toping; 
D) 8 ta shar olinganda ularning 3 tasi qizil rangli bo‘lishi ehtimolini toping. 
13. Qutida 100 ta lampochka bo‘lib, ularning 10 tasi yaroqsiz. Tavakkaliga 4 ta 
lampochka olinadi. Olingan lampochkalar ichida:
A) 
yaroqsizlar yo‘q bo‘lishi; 
B) 
yaroqlilari yo‘q bo‘lishi ehtimolini toping. 
14. Yashikda 31 ta birinchi nav va 6 ta ikkinchi nav detal bor. Tavakkaliga 3 ta detal 
olinadi: 
A) 
Olingan uchala detal birinchi nav bo‘lishi ehtimolini toping. 
B) 
Olingan detallarning hech bo‘lmaganda bittasi birinchi nav bo‘lishi ehtimolini 
toping. 
15. Ikkita o‘yin soqqasi tashlanadi. Chiqqan ochkolar yig‘indisi-ning 7 ga teng bo‘lishi 
ehtimolini toping. 
16. N ta buyumdan iborat partiyada M ta standart buyum bor. Partiyadan tavakkaliga n ta 
buyum olinadi. Bu n ta buyum ichida rosa m ta standart buyum borligini ehtimolini toping. 
17. Yashikda 15 ta detal bo‘lib, ulardan 10 tasi bo‘yalgan. Yig‘uvchi tavakkaliga 3 ta 
detal oladi. Olingan detallarning bo‘yalgan bo‘lishi ehtimolini toping. 
18. Xaltachada 5 ta bir xil kub bor. Har bir kubning barcha tomonlariga quyidagi 
harflardan biri yozilgan: o, p, r, s, t. Bittalab olingan va “bir qator qilib” terilgan kublarda “sport” 
so‘zini o‘qish mumkinligi ehtimolini toping. 
19. Oltita bir xil kartochkaning har biriga quyidagi harflardan biri yozilgan – a, t,m,r,s,o. 
Kartochkalar yaxshilab aralashtirilgan. Bittalab olingan va “bir qator qilib” terilgan to‘rtta 
kartochkada “soat” so‘zini o‘qish mumkinligi ehtimolini toping. 
20. Hamma tomoni bo‘yalgan kub mingta bir xil o‘lchamli kubchalarga bo‘lingan va 
yaxshilab aralashtirilgan. Tavakkaliga olingan kubchaning a) bitta; b) ikkita; c) uchta tomoni 
bo‘yalgan bo‘lish ehtimolini toping. 
21. Aralashtirilgan 36 talik kartalar dastasidan tavakkaliga bittasi olinadi. Olingan 
kartaning a) “tuz” bo‘lishini b) rasmli (ya’ni “korol”, “dama” yoki “valet”) bo‘lishini ehtimoli 
qanday?

Yüklə 356,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin