2-topshiriq. “Missionerlik va prozelitizmning salbiy oqibatlari” mavzusida esse(insho) yozing
Missionerlik va prozelitizmning salbiy oqibatlari
XI asr boshlarida missionerlik va prozelitizm g‘oyasi tinchlik va barqarorlik, millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikka bevosita tahdid ko‘rsatayotgan xatarli g‘oyalardan biriga aylanmoqda. Din, e’tiqod masalasi insoniyat hayotida doimiy muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo undagi muammo shundan iboratki, din targ‘iboti ijobiy yoki salbiy maqsadlarga qaratilib, ma’lum bir dinning yoyilishi, insonlarning ongiga singdirilishida missionerlar alohida o‘rin tutishi mumkin.
Shu bois, avvalo missionerlikning lug‘aviy, ilmiy-falsafiy mohiyatiga, u qanday faoliyat ekanligiga e’tiborni qaratib, ushbu tushunchaning asl ma’nosini tushunib yetish muhim ahamiyat kasb etadi. Missionerlik so‘zi lotin tilidagi «missio» fe’lidan olingan bo‘lib, «yuborish», «vazifa topshirish», «missioner» esa «vazifani bajaruvchi», «missionerlik» esa belgilangan vazifalarni hal qilishga qaratilgan nazariy va amaliy faoliyat majmui ma’nolarini bildiradi.
Missionerlik «tabshir» (bashorat berish), «tansir» (nasroniylashtirish) kabi nomlar bilan ham atalib, ular asl faoliyatlarini niqoblash uchun turfa chiroyli nomlardan foydalanmoqda va saflariga qo‘shilganlarga «siz boshqalardan ajralib turadigan kishisiz» deb, ularga «xudoning bolalari», «muqaddas ruh bilan so‘zlashuvchilar» kabi har xil ilohiy sifatlarni bermoqda va shu tariqa o‘z saflarida tutib turmoqda.
Missionerlik bilan bevosita bog‘liq “prozelitizm” tushunchasi esa, yunoncha — rgosyelitos — yangi mazhabni qabul qilgan kishi, ya’ni boshqa mazhabdagilarni, avvalo, musulmonlarni xristianlikka kiritish, ya’ni o‘ziga xos «salb yurishi».
Prozelitizmning asosiy maqsadi dunyoga xristianlikni (masihiylikni) missionerlik yo‘li (lotincha missio-topshiriq) bilan yoyish, kishilarni unga o‘tkazish bo‘lib, bunda mazkur din butun insoniyat uchun birdan-bir xaloskor din sifatida targ‘ib va tashviq qilinadi va buning uchun eng zamonaviy informasion texnologik vosita, usullar ishga solinadi. Bunda kishilar ruhiyati, ongiga psixologik, neyrolingvistik ta’sir ko‘rsatishga alohida e’tibor beriladi.
Yuqorida keltirilgan fikrlarga asoslanib xulosa qiladigan bo‘lsak, turli manba va adabiyotlarda bayon etilgan ta’riflar bir-biriga juda yaqin va o‘xshashdir. Umuman olganda «missionerlik» — bu bir dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar, elatlar, millatlar orasida boshqa bir dinni har xil ijtimoiy vosita va omillar orqali targ‘ib qilish va singdirishga qaratilgan xavfli siyosiy faoliyatdir. Chunki uning bugungi kungacha bo‘lgan davrdagi yashirin mohiyati xavfli siyosiy faoliyat ekanligini ko‘rsatib, bir qancha davlatlarda yillar davomida siyosiy beqarorlikni keltirib chiqargan.
Hozirgi kunda missionerlik harakati fuqarolar o‘rtasida ijtimoiy munosabatlarning keskinlashuviga olib kelib, ular o‘z tashkiliy asoslarini yaratishda asosan nashriyotlar, xayriya, tibbiy yordam ko‘rsatish va nodavlat, notijorat tashkilotlari maqomidan foydalanib, ba’zi tashkilotlar tibbiy uyushmalar niqobi ostida faoliyat yuritmoqda va odatdagidek missionerlar qarorgohi hududida cherkov, kichik butxona yoki masjid, missioner-monaxlar yotoqxonasi joylashgan bo‘lib chiqmoqda.
Missionerlarning ko‘zlagan maqsadlari faqat siyosiy bo‘lib, bugunda demokratiyaga oid oddiy bir misol bo‘lib ko‘rinayotgan harakatlarining tagida ertangi kunga mo‘ljallangan, juda katta siyosiy nayranglar yotibdi va bu nayranglar quyidagi yovuz maqsadlarda yashiringandir. Birinchidan, an’anaviy musulmon bo‘lib kelgan, mafkurasi, urf-odati, butun boshli ma’naviy tarixiy ildizi bir xil bo‘lgan (aslida, mamlakatimizni kuch-qudrati ham shunda!) xalqimizning yuragini parchalab zaiflashtirish va parokanda qilish hamda turli-tuman siyosiy va iqtisodiy bosimlar bilan o‘z holimizcha yashashga yo‘l qo‘ymaslik.