5. Kapital qo’yilma - bu…
Kapital qo’yilmalar, kapital mablag’lar - i.ch. va noishlab chiqarishga tegishli asosiy fondlarni yaratishga, ularni yangilashga va harakatdagi fondlarni ko’paytirishga, obʼyektlarni qurishga sarf qilinadigan, i. ch.ga qo’yilgan mablag’. K.q. davlat byudjetidan ajratilgan mablag’lar, banklarning kreditlari, korxona, firma, kompaniyalarning foydasi va amortizatsiya fondlari, aholi jamg’armalari hisobidan amalga oshiriladi. K.q. ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, ularni zamonaviylashtirish va iqtisodiy rivojlanishni taʼminlovchi muhim omil hisoblanadi. K.q. dastlab pul shaklida bo’lib, pulga resurslar sotib olinadi va bu resurslar i.ch. ning moddiy omiliga aylanadi, natijada iqgisodiy o’sish yuz beradi.
K.q. tarkibiga qurilish-montaj ishlariga, mashina-uskunalar, jihozlar, transport vositalari sotib olishga va b.ga yo’naltirilgan mablag’lar kiradi. K.q.ning asosiy qismi kapital qurilishga - yangi obʼyektlarni barpo etish, ishlab turgan korxonalarni rekonstruksiyalash, i.ch. uskunalarini modernizatsiyalash, i.ch.ni kengaytirish, montaj ishlariga safarbar etiladi. K.q. sarfida alohida tarmoq - qurilishning ahamiyati katta. K.q. ichki va tashqi turlarga bo’linadi. Mamlakat daromadi (davlat byudjeti, asosiy fondlar amortizatsiyasi, aholi jamg’armalari) ichki K.q. manbai bo’ladi. Tashqi K.Q- chetdan - chet davlatlar, xorijiy banklar, yakka investorlar hisobidan amalga oshiriladi va bevosita va bilvosita shakllarga ega. Bevosita K.q. chet el firmalari, korxonalari va banklari, tadbirkorlar tomonidan aniq xo’jalik subʼyektlarini barpo etish, rivojlantirish uchun bevosita sarflanadigan mablag’lardir. Bilvosita K.q. chet el firmalari, banklarining K.q. qabul qilayotgan mamlakat qukumati tomonidan kafolatlangan loyihalarni amalga oshirishga yo’naltiriladi. 2001—2002-yillarda O’zbekistonda yalpi kapital qo’yilmalarning 30% dan ortig’i xorijiy investitsiyalar hissasiga to’g’ri keldi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokida O’zbekistonda Qarshiteks, Buxoroteks, Kabul-To’ytepa, Kabul-Ko’kcha, Sho’rtan gaz-kimyo majmui, Asakadagi "O’zDEUavto" avtomobili zavodi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va b. yirik sanoat korxonalari qurildi
Dostları ilə paylaş: |