3. Javob. Kassa muomalalarini hisobga olish Kassa muomalalarini yuritish qoidalari yuridik Shaxslarning pul mablag‘larining tashkil topishi, saqlanishi va ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan nazorat qilinadi. 1998 yil 12 dekabrda ro‘yhatga olingan va 1998 yil 24 yanvarda O‘zbekiston Adliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan "Yuridik Shaxslarning kassa muammolarini yuritish qoidalari"da batafsil eritib berilgan. "Yuridik shaxslarning kassa muammolarini yuritish qoidalari"da barcha yuridik Shaxslar quyidagilarga amal qilishi shart: • mulkchilik shaklidan qat’iy nazar pul mablag‘larini bank muassasalarida saqlaShlari Shart; • yuridik shaxslar o‘rtasidagi, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar ishtirokidagi hisoblashlar faqat bank muassasalari orqali hisob-kitoblarning naqd pulsiz shaklida amalga oshirilishi zarur; • bank muassasasidan olingan naqd pullar qaysi maqsadlar uchun olingan bo‘lsa, o‘sha maqsadlarga sarflanishi mumkin; • tashkilot o‘z kassasida faqat bank muassasasi raxbari tomonidan tashkilot raxbari bilan kelishilgan xolda belgilangan limit chegarasida naqd pul saqlashi mumkin; • tashkilot o‘z kassasida limitdan ortiqcha naqd pullarni faqat mexnat haqi, stipendiya, mukofot, nafaqa berish vaqtida 3 kun muddatda saqlaShi mumkin; • savdo va xizmat ko‘rsatish soxalaridan kelib tushgan tushumlarni mexnat haqi, pensiya va nafaqalarni to‘lash uchun sarflash taqiqlangan; • xizmat safarlari uchun beriladigan pul qiymati o‘sha hududda belgilangan sarf-xarajatlar me’yorida bo‘lishi zarur; • sarflanmagan naqd pullar tashkilot kassasiga 3 kun ichida qaytarilishi Shart va naqd pul olgan hisobdor shaxs buxgalteriyaga avans hisoboti topShirishi Shart. Pul mablag‘larining saqlanishi va ularning to‘gri foydalanish javobgarligi korxona raxbari va buxgalteriga yuklatiladi. Ular kassa va bank muammolari qoidalariga rioya qilishi va ularni belgilangan qat’iy tartibda to‘g‘ri rasmiylashtirishlari zarur. Kassa muomalalarini olib borish uchun korxona shtatidan kassir ajratiladi. U o‘zi tuzib olgan barcha boyliklarning but saqlanishi uchun to‘liq moddiy javobgar shaxs hisoblanadi. Kassirni tayinlash bo‘yicha buyruk chiqkanidan sung korxona rahbari uni o‘pimalalarini olib borish tartibi bilan tanishtirishi, to‘liq yakka moddiy javobgarlik haqida u bilan shartnoma tuzishi shart. Kassir o‘z vazifalarini xech kimning zimmasiga yuklay olmaydi. Kassirni vaqtinchalik almashtirishga ehtiyoj tugilganida korxona rahbarining Qarori asosida uning vazifalari boshqa xodim zimmasiga yuklanadi. O‘z navbatida u bilan to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuziladi. Kassir to‘satdan ishini tashlab ketishga majbur bo‘lganida (kasal bo‘lganida va boshq