1. Tovarshunoslik asoslari va vazifalari. Oziq – ovqat tovarlarining iste’mol xususiyatlari


Oziq - ovqat tovarlarini standartlashtirish



Yüklə 34,57 Kb.
səhifə3/4
tarix09.11.2022
ölçüsü34,57 Kb.
#68194
1   2   3   4
38-dars-Word-4

3. Oziq - ovqat tovarlarini standartlashtirish


Standartlash — muayyan sohada manfaatdor barcha tomonlarning ishtirokida ularning manfaatini ko‘zlash, jumladan, ishlatish shartlari va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilgani holda yalpi eng maqbul tejamga erishish uchun faoliyatni tartibga solish maqsadida qoidalar belgilash va ularni qo‘llashdan iboratdir. Standartlash fan-texnika taraqqiyotining yutuqlariga asoslanadi va milliy iqtisodiyotning hozirda emas, shu bilan birga kelajakda ham rivojlanishini belgilaydi. Standartlash iqtisodiyotni boshqarish, moddiy texnika bazasini yaratish sur’atlarini takomillashtirishga bevosita ta’sir etuvchi turli xil masalalar katta doirasini o‘z ichiga oladi.
Hozirgi vaqtda amalda bo‘lgan davlat Standartlash tartibi iqtisodiyot hamma bo‘g‘inlarini bir butun qilib birlashtiradi va mamlakat milliy iqtisodiyoti barcha tarmoqlarida standartlash sohasidagi faoliyatni tashkil qiladi: standartlash borasidagi ishlarni tashkil qilish, o‘tkazish uslubi va rejalashtirish tartibini, standartlarni ishlab chiqish, rasmiylashtirish, tasdiqlash, joriy etish, muomalaga qo‘yish, ularga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ularga rioya etishni nazorat qilib borish faoliyatini tashkil qiladi. Davlat standartlar qo‘mitasi standartlash ishlariga rahbarlik qiladi. Standartlar va texnik shartlar asosiy normativ-texnika hujjatlari bo‘ladi. Korxonalar ishlab chiqaradigan har qanday mahsulot muayyan talablarni qondirmog‘i lozim. Bu talablar standartlar bilan belgilanadi. Standart mahsulotni tayyorlovchi bilan uni iste’mol etuvchi o‘rtasida, ishlab chiqarish jarayonining talablari bilan mahsulotlarni ishlatish shartlari o‘rtasida aloqa bog‘lashga imkon beradi. Standart (ingliz tilidan tarjima qilganda "me’yor", "namuna", "andaza" degan ma’nolarni bildiradi") standartlashtiriladigan ob’ektga normalar, qoidalar, talablar kompleksini belgilab beradi va ularni salohiyatli (voqifona) organlar tasdiqlab beradi. O‘lchov birliklari, atamalar va belgilar, xom ashyo, materiallar, turli ashyolar, sinash va o‘lchash usullari, texnologik jarayonlar, mahsulot sifatiga, moddiy boyliklarni saqlashga qo‘yiluvchi texnik talablar, odamlarning xavfsizligi va boshqalar standartlash ob’ektlari bo‘ladi. Texnik shartlar mahsulotning yangi tiplari va markalariga, yoxud cheklangan qolda qo‘llanuvchi standartlash ob’ektlariga kompleks talablarni belgilab beradi. Standartlashga doir normativ-texnika hujjatlar tugallangan ilmiy-tadqiqot yoki tajriba-konstruktorlik ishlarining natijalariga ko‘ra ishlab chiqiladi.
Standartlash ishlari davlat tusida bo‘lishi davlat standartlari zaminida bo‘lgan eng ilg‘or ilmiy va texnikaviy echimlar natijalaridan mamlakat milliy iqtisodiyotida qonun yo‘li bilan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlab beradi.
Standartlash xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik va savdo-sotiqni rivojlantirishga ham katta ta’sir ko‘rsatadi.
Ijtimoiy talablar tovarlarning ijtimoiy zarur talablarga mos kelishini, aholining ko‘pchilik qismi uchun ahamiyatli ekaniligini bildiradi.
Funktsional talablar tovarlarning bevosita asosiy funktsiyasiga qo‘yiladigan talablar yig‘indisidir.
Tovarlarga qo‘yiladigan ergonomik talablarga gigienik, fiziologik va antropometrik talablarga bo‘linadi.
Estetik talablar avvalo tovarning tashqi ko‘rinishiga, rangiga qo‘yiladigan talablardan, ya’ni tovarlarning bejirimligiga, go‘zalligiga qo‘yiladigan talablardan iboratdir.
Ekologik2 talablar- tovarlarning atrof-muhitga zararli ta’sirlariga qo‘yiladigan talablar yig‘indisidan iboratdir.
Mahsulot sifati bir qator omillarga bog‘liqdir. Omillar sifatni shakllantiruvchi, sifatni rag‘batlantiruvchi va sifatning saqlanishiga imkon yaratuvchi omillarga bo‘linadi.
Tovarshunoslik nuqtai nazaridan tovarning hayotiylik davri quyidagi bosqichlardan iborat:
tadqiqot, loyihalashtirish;
tayyorlash;
muomalaga kiritish va sotish;
iste’mol qilish yoki foydalanish.
Mahsulot sifati dastlabki ikkita bosqichda shakllanib bo‘ladi, muomala va foydalanish bosqichlarida u saqlanadi va ta’mirlash vositasida qayta tiklanadi.
Tovarni loyihalashtirish chog‘ida yangi mahsulotga bo‘lgan talab va unda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar aniqlanadi. Bunda albatta ITTdagi eng yangi o‘zgarishlar, yangi tovarning kutilayotgan hayotiylik davri hisobga olinadi. Loyihaga ilg‘or, vaqtdan o‘zishga harakat qiladigan g‘oyalar, echimlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, bu bo‘lajak tovarning muvaffaqiyatli bo‘lishini shunchalik mustahkamlaydi. Loyiha asosida tovarning konstruktsiyasi yaratiladi.
Tovar konstruktsiyasi- bu shakl, o‘lchamlar, tovar uzel va detallarining o‘zaro bog‘lanish va xarakat qilish usullarining yig‘indisidir. Yangi tovarlarni yaratish chog‘ida avtomatlashtirilgan loyihalashtirish va badiiy konstruktsiyalash usullaridan foydalanish talab etiladi. Texnik jihatdan murakkab bo‘lgan tovarlarning konstruktsiyasi (televizor, muzlatkich, chang yutkich kabilar) ular sifatini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Biroq nisbatan oddiy tovarlarda ham muvaffaqiyatsiz konstruktsiya tovarni foydalanishga yaroqsiz yoki noqulay qilib qo‘yishi mumkin (masalan, poyafzal).
Tovar hayotiyligining birinchi bosqichi tajriba namunasini yaratish, sinab ko‘rish va tasdiqlash bilan, standart loyihasini va tovar bahosini aniqlash bilan yakunlanadi.

Yüklə 34,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin