Savol: Gap qaysi hayvon xususida ketayotganligini yozib bering.
Javob: Panda.
Izoh: Katta pandalarning doimiy yashash hududi Xitoy bo‘lishi zarur. Shuningdek, pandalar faqatgina bambuk iste’mol qilishadi. 5. 1991-1997 yillarda Italiya milliy terma jamoasida o‘ynagan Janfranko Zola shunday degan edi: “Umid qilamanki, chempionatdan keyin vaznim og‘irroq bo‘ladi”.
Savol: Zolaning vazni nimaning hisobiga og‘irlashishi kerak edi?
Izoh: Janfranko Zola futbol bo‘yicha jahon chempionatida 1-o‘rinni olib, medal taqishga umid qilgan edi.
6. Norvegiyaliklar mamlakatga tashrif buyuruvchilarga ko‘pincha hazil-mutoyiba bilan “Bizdagi U yoqmayaptimi? Unda bo‘lsa 15 daqiqa kuting” deb murojaat qilishar ekan.
Savol: Uni yozib bering.
Javob: Ob-havo.
Izoh: Norvegiyada ob-havo juda o‘zgaruvchan ekan. 7. Chopar Fidippidning BU yerdan, Afinagacha bo‘lgan hududni bosib o‘tishi bizga hozirda ma’lum va mashhur bo‘lgan bir yengil atletika yo‘nalishining paydo bo‘lishiga asos bo‘lgan.
Savol: Siz menga Fidippid yugurishni aynan qayerdan boshlaganligini yozib bering.