Izoh: Choparning 42 km masofani bosib o‘tishi keyinchalik shu nomdagi sport yo‘nalishining paydo bo‘lishiga asos bo‘lgan deyiladi.
8. Isroil davlatining sobiq bosh vaziri Golda Mayer ayollarning qonuniy ish joyi deb BU yerni aytadi. Aytishlaricha, 8-mart sanasida BU yerda asosan erkaklar xizmat ko‘rsatishadi.
Savol: Gap qaysi joy haqida ketayotganligini yozib bering.
Javob: Oshxona.
Izoh: Golda Mayer ham ayol kishi va u ayol sifatida rasmiy ish joy oshxona ekanligini aytadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra esa 8-mart kunida erkaklar ayollarning o‘rnida oshxonada taom pishirar ekan. 9. 1939-yili Nyu-Yorkdagi Butunjahon ko‘rgazmasida BU NARSA namoyish etilganidan so‘ng “Nyu-York Tayms” gazetasida tanqidiy maqola chop etilgan. Maqolada o‘rtacha amerikalik oilasida BU NARSA ga vaqt bo‘lmasligi, chunki hech kim bitta nuqtaga uzoq tikilib o‘tira olmasligi yozilgan. Vaqt maqola muallifi adashganini ko‘rsatgan.
Savol: Bu narsa nima ekanligini yozib bering.
Javob: Televizor / televideniya.
10. Istambulning ulkan masjidlarida havo yaxshi yurmagan. Moy lampalar bilan isitilgan havo gumbazlarga ko‘tarilib, quvurlar orqali qo‘shni madrasalardagi ustaxonalarga yo‘naltirilgan.
Savol: Ushbu ustaxonalarda nima tayyorlangan:
Javob: Siyoh.
Izoh: Quvurlardan kelgan qurumdan foydalangan holda madrasada mashg‘ulotlarda va kitoblar tayyorlashda kerakli siyoh tayyorlangan.