1. Turkistonda ma’muriy-hududiy davlat chegaralanishi. O’zbekiston ssrning tashkil topishi haqida ma’lumot bering



Yüklə 23,86 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü23,86 Kb.
#206844
  1   2
1. Turkistonda ma’muriy-hududiy davlat chegaralanishi. O’zbekist-fayllar.org


1. Turkistonda ma’muriy-hududiy davlat chegaralanishi. O’zbekiston ssrning tashkil topishi haqida ma’lumot bering

1.Turkistonda ma’muriy-hududiy davlat chegaralanishi. O’zbekiston SSRning tashkil topishi haqida ma’lumot bering.


2.Sovet hokimiyatining 20-30-yillarda Oʻzbekistonda oʻtkazgan industrlashtirish va jamoalashtirish siyosati va uning oqibatlari haqida nimlar bilasiz.
3.50-80-yillarda Oʻzbekiston iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi turgʻunlik hamda uning asoratlari qanday oqibatlarga olib keldi.
4.Кompartiya va sovet hokimiyatining Oʻzbekistonda yuritgan qatogʻon siyosati va uning ijtimoiy, madaniy hayotga salbiy ta’siri nimalardan iborat.



  • Mustabid sovet rejimi tomonidan Turkiston xalqlarining "milliy davlatlarini tashkil qilish" niqobi ostida ularni ajratib tashlash maqsadida amalga oshirilgan siyosiy tadbir (1924—25). Turkiston mintaqasi azaldan turkiy xalqlarning yagona maskani va umumiy vatani boʻlgan. 1918—24 yillarda mavjud boʻlgan Turkiston ASSR, BXSR, XXSRning tub xalqlari asrlar davomida turmush tarzi va anʼanalari jihatidan bir-birlariga juda yaqin boʻlishgan. Turkistondagi turli davlatlarning har birida turkiy xalklar: oʻzbeklar, turkmanlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar, qirgʻizlar, shuningdek, tojik xalqi azaldan yashaganligi tarixan tarkib topgan hodisa edi. Turkiston mintaqasining xalqlari shu tuproqni, Turonzaminni qadimdan oʻzlarining asl Vatani deb bilganlar. Mustabid sovet rejimi va bolsheviklar uchun esa Turkiston oʻlkasini boʻlib tashlab, uni idora qilish qulay edi. Xususan, bu jarayon Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat 1924 yilda, asosan, magʻlubiyatga uchraganidan keyin oʻzining soʻnggi bosqichiga qadam qoʻydi. 1924 yil fevraliyun oylarida SSSRdagi markaziy organlar, Turkiston, Buxoro, Xorazm kommunistik partiyalari va RKP(b) MK Oʻrta Osiyo byurosi milliy chegaralanish masalalari yuzasidan zoʻr berib ish olib borishdi. Turkiston va Buxoro Kompartiyalari MKlari huzurida maxsus, keyinchalik hududiy va boshqalar maxsus komissiyalar tuziddi.1924 yil 12iyunda RKP(b)MK Siyosiy byurosi Oʻ.Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishh.ch. toʻgʻrisida maxsus qaror qabul qilgach, 15 iyulda RKP(b)MK Oʻrta Osiyo byurosi yangi tashkil etiladigan milliy respublikalar va oblastlarning muvaqqat byurosini tashkil etdi. Hududiy komissiya tarkibiga F.Xoʻjayev, A. Rahimboyev, S. Xoʻjanov, Q.Otaboyev, R.Islomov, N.Aytoqov, yilAbdurahmonov, I. Aydarbekov, I. Vareykis, D.Manjara, I.Mejlauk, X.SaxatMuratov va boshqalar siyosiy arboblar kirgan edi.1924 yil 16 sentyabrda Turkiston ASSR ning navbatdan tashqari sessiyasi, 20 sentyabrda Butun Buxoro xalq vakillarining 5qurultoyi, 2 oktyabrda Butun Xorazm xalq vakillarining 5qurultoyi bu masalani koʻrib chiqib, Oʻrta Osiyoning milliyhududiy chegaralanishi toʻgʻrisida qaror qabul qildilar. Mazkur qarorlarda oʻzbek va turkman xalqlariga Oʻzbekiston SSR va Turkmaniston SSR tuzish huquqi, Turkiston ASSR ning qirgʻiz (aslida qozoq) viloyatlarini 1920 yilda tashkil qilingan Qirgʻiziston ASSR (aslida Qozogʻiston ASSR) bilan birlashtirish maqsadida qirgʻiz (aslida qozoq) xalqiga Turkiston ASSRdan chiqish huquqi, qora qirgʻiz (aslida qirgʻiz) xalqiga Turkiston ASSRdan chiqish huquqi va Qora Qirgʻiz (aslida Qirgʻiz) avtonom oblastini tashkil etish huquqi, tojik xalqiga ham Turkiston ASSRdan chiqib, Tojikiston avtonom oblastini tashkil etish huquqi berilishi kerakligi taʼkidlandi.RSFSR (Butun Rossiya) Markaziy Ijroiya Komitetining 2sessiyasi (1924 yil 14 oktyabr) Oʻrta Osiyodagi Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm respublikalari oʻrnida Oʻzbekiston SSR (OʻzSSR) va Turkmaniston SSR, shuningdek, Tojikiston ASSR (Oʻz SSRtarkibida), Qoraqalpoq va QoraQirgʻiz (Qirgʻiz) avtonom oblastlari tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.1924 yil 18 noyabrda Turkiston ASSR, Buxoro SSR va Xorazm SSR MIKlari maxsus qoʻshma qaror qabul qildilar va shu qarorga binoan oʻz vakolatlarini Oʻzbekiston SSR sovetlarining taʼsis qurultoyiga qadar ish koʻruvchi F.Xoʻjayev raisligida 31 oktyabrda tashkil qilingan Oʻzbekiston SSR Muvaqqat inqilobiy komitetiga topshirdilar. Bu komitet Oʻzbekiston SSR tuzilishini boshqarib bordi.


  • O‘zbekistonni sanoatlashtirish eng boshdanoq Ittifoqni sanoatlashtirishning tarkibiy va ajralmas bir qismi deb belgilandi. Undagi bor resurslardan tez vaqt ichida bahramand bolish asosiy maqsad qilib qoyildi, Paxta ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligini qayta tiklash dasturida Markaz tomonidan kondalang qilib qo’yilgan vazifalarga muvofiq paxta bilan bog‘liq sohalarning rivojiga, ya'ni qishloq xo‘jalik mashinasozligi, irrigatsiya qurilishi, metall konstruktsiyalar, mineral og‘itlar ishlab chiqarish, qishloq xo‘jalik xomashyosi va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoatga qaratildi. Mahalliy resurslar: mis, azot va boshqalarni ishlab chiqarishni tezlashtirish, ipakchilik, bog‘dorchilik, uzumchilik, qorako‘lchilik va boshqalarni ostirish sur'atlarini jadallashtirish mo‘ljallandi. Shuningdek, rangli metall, neft, toshko‘mir, tuz, grafit konlarini ochishga kirishildi. O‘zbekiston xalqi o‘z kuch-quvvati, idroki va mahoratini Vatan ravnaqi uchun safarbar qildi. Korxonalar yangi texnika asosida tiklandi, yangi sanoat sohalari (ip-gazlama, trikotaj, shohi va hokazo) barpo etildi, avval mavjud bo‘lgan sanoat korxonalari qayta qurilib kengaytirildi. Natijada sanoat yalpi mahsuloti ancha ko‘paydi, tannarxi hamaytirilib, sifati esa oshirildi. Uch yil mobaynida yirik sanoat korxonalarining soni 48 taga ko‘paydi, 1928-yilga kelib ular 166 taga etdi. Jumladan, Farg‘ona to’qimachilik kombinati (1926), Toshkent qishloq xo‘jalik mashinasozligi zavodi (1934), Quvasoy sement va ohak zavodi (1932), Toshkent to’qimachilik kombinati (1934), Chirchiq elektr kimyo kombinati (1937) va boshqalar qurildi. Respublika neft sanoatida ochilgan konlar soni 31 taga etdi. Angren qong‘ir komir, Sharg‘un, Boysuntog‘ (Surxondaryo) toshko‘mir konlari ishga tushdi. Sanoatlashtirish davomida respublikaning energetika bazasi kengaytirildi va mustahkamlandi. Umum foydalanadigan va sanoatni ta'minlaydigan elektr stantsiyalari soni uch yil mobaynida 17 taga ortdi, elektr energiyasi ishlab chiqarish 3 barovarga ko‘paydi. Elektr stantsiyalari quvvati 482 mln. kilovattga etdi. 30-yillarda Chirchiq-Bozsuv GESlari majmuasi barpo etildi. Turkiston - Sibir temir yo‘li qurildi. Respublikada oltin, mis, qorg‘oshin, ruh, volfram, molibden, oltingugurt, simob konlari ochildi. 30-yillar boshida Ohangaron, Chirchiq daryolari vodiylarida, Qurama tog‘larida oltin konlari topildi. Qoytosh volfram-molibden (Jizzax, 1937) konlari ishga tushirildi. Shular qatorida onlab paxta tozalash zavodlari, toqimachilik va ipakchilik fabrikalari, oziq-ovqat sanoati korxonalari barpo etildi. Bu ishlarning hammasi juda katta miqdordagi mablag‘larni talab qilar, bu esa mehnatkash kishilar yelkasiga og‘ir yuk bo‘lib tushar edi. Xalq ommasining ijtimoiy ehtiyojlari sovet davlatining byudjet siyosatida ikkinchi oringa tushib qolgan edi. Respublikada mahalliy malakali ishchilar, muhandislar va texnik xodimlar tayyorlash masalasiga etarli e'tibor berilmadi. Sanoatni mustahkam lash uchun sobiq Ittifoqning boshqa joylaridan rusiyzabon aholi ko’chirib keltirilib, turar - joy va ish bilan ta'minlandi. Shunday qilib, sanoatni jadal rivojlantirish natijasida O‘zbekiston Markazga rangli va nodir metallar, oltingugurt, azoperit, volfram, molibden, paxta tolasi, xom ipak va boshqa strategik xomashyo etkazib, SSSRni chet el xomashyosiga qaramlikdan qutqardi. Respublikaning markaziy hokimiyat balansini mustahkam lashda katta madad bo‘ldi. O‘zbekiston sobiq Ittifoqning iqtisodiy mustaqilligiga katta hissa qoshgan bo‘lsa-da, u Markazga muttasil xomashyo etkazib beruvchi bazaga aylanib qolaverdi. Respublikaning ichki imkoniyatlari va manfaatlari hisobga olinmadi, aholining ijtimoiy ehtiyojlari nazar-pisand qilinmadi. 20-yillarning boshlariga kelib o‘zbek qishlog‘ini rivojlantirishda ba'zi siljishlar ro’y berdi. Yangi iqtisodiy siyosatga otilishi natijasida oziq-ovqat razvyortkasi oziq-ovqat solig‘i bilan almashtirildi, dehqonga ortiqcha mahsulotni sotishga, shuningdek, g‘oza va boshqa ekinlar maydonini kengaytirishga imkon yaratildi. Mintaqada 1921-1922-yilLarda yer-suv islohoti qisman amalga oshirildi. Islohot asosan Ettisuv, Sirdaryo viloyatlarida o‘tkazilib rus krestyanlarining yerlari natsionalizatsiya qilindi. Ko‘chirib keftirilgan bu krestyanlarning asosiy qismi quloqlar deb e'lon qilindi. Turkiston o‘lkasi boyicha davlat yer fondiga olingan 230 ming desyatina yerdan 26 ming desyatinasi o‘troq dehqonlarga bo‘lib berildi. Bu davrlarda Turkistonda «Qo‘shchi» uyushmasi tashkil topib, bu ittifoq 90 mingdan ortiq qishloq aholisini birlashtirgan edi. Ular tadbirlarda faol qatnashib, sovet hokimiyatining qishloqdagi siyosatiga yordam berib turdi. Ammo bu jarayon uzoqqa cho’zilmadi, sovet hukumati mulk egalarini asta-sekin cheklash va tugatish siyosatini olib bordi. Qishloqlarda shu siyosatni amalga oshirishga qaratilgan chora- tadbirlardan biri 1925-1929-yillardagi yer-suv islohoti bo‘ldi. O‘zbekiston sovetlarning Markaziy Ijroiya Komiteti 1925-yil 1-2-dekabr kunlari ozining favqulodda sessiyasiga toplanib, yer-suv islohoti o‘tkazish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdi. 2-dekabrda sessiya «Yer va suvni musodara qilish tog‘risida», «Yer-suv islohoti o‘tkazish tog‘risida»gi dekretlarni qabul qildi. Shunga ko‘ra bu islohotlar Farg‘ona, Toshkent, Samarqand viloyatlarida 1925-1926-yillarda, Zarafshon viloyatida 1927-yili o’tkazildi. Islohot Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida 1928-1929-yillarda amalga oshirildi. Bunda xalqning yer bilan barcha ishchi ot-ulovlari, dehqonchilik asbob-uskunalari ham musodara qilindi. Islohot davomida alohida tortib olingan yer fondi 475 ming desyatina bo‘lib, uning 10% hambag‘al va ham erli xo‘jaliklarga taqsimlab berildi. Qolgan er davlat tasarrufiga o‘tdi.Shunday qilib, O‘zbekistonda 1925-1929-yillarda amalga oshirilgan yer-suv islohoti mulkdorlarni tugatishga qaratilgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligini zo‘ravonlik yo‘li bilan yalpi jamoalashtirish jarayonini tezlashtirish uchun qulay shart-sharoit hozirladi. Sovet davlati tortib olingan yer-suvlar hisobiga kooperatsiyalar, so‘ng jamoa xo‘jaligi tuzish siyosatini olib bordi. Jamoa xo‘jaligi tuzilishining boshidan qishloq xo‘jalik artellari mulklarini davlat tasarrufiga o’tkazish boshlandi. Jamoa xo‘jaligi dehqonlarning yerlari va ishlab chiqarish vositalarini birlashtirish asosida tuzildi, bu vositalar yagona bolinmas fondga qo‘shildi. Bu dehqonlarning mulkdan ajralishini boshlab berdi. Jamoa xo‘jaliklari iqtisodiy jihatdan butunlay davlatga qaram bo‘lib qoldi. Uning mustaqilligi va tashabbusv cheklandi. Jamoa xo‘jaligiga kirmagan yakka xo‘jaliklarga nisbatan taz'yiq o‘tkazila boshlandi. 1930-yil fevralda O‘zbekiston Kompartiyasi MK "quloq xo‘jaliklarini tugatish tog‘risida" qaror qabul qildi. Bu qaror jamoalashtirish siyosatini va jamoalashtirish jarayonida taz'yiq va qatag‘onlik o’tkazishni qonunlashtirib berdi. Respublika yalpi jamoalashtiriladigan o‘n etti tumanga bo‘lindi. Mahalliy rahbarlar raqamlar orqasidan quvib, qonunni buzishgacha bordilar. Natijada, ko‘pchilik tumanlarda jamoalashtirish bir necha hafta ichida tugallandi. Bu ishlar amalda o‘ziga to‘qroq xo‘jaliklarni tugatish, ya'ni xo‘jalik mulklari va imoratlarini musodara qilishga aylanib qoldi. Shuningdek, quloq xo‘jaliklarini tugatish kompaniyasi avj oldi. 1930-yili 264 ta quloq va boylar xo‘jaliklari deb atalgan xo‘jaliklar tugatildi.


  • Iqtisodiyotni tiklash ishlari qishloq xo‘jaligida ayniqsa paxtachilikda qiyinchilik bilan o‘tdi. O‘zbekistonda paxtachilikni rivojlantirish to‘g‘risida sovet hukumatining urushdan keyin qabul qilgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jihatdan asoslanmagan o‘nlab qarorlari izchillik bilan amalga oshirilmadi, shuning uchun ham kutilgan natijalarni bermadi. 1947-1948 yillarda paxta tayyorlashning davlat rejasi bajarilmadi. 1949 yildan boshlab ahvol birmuncha o‘zgardi. 1950 yili 2 mln. 222 ming tonna paxta yetkazib berildi, hosildorlik gektaridan 20,7 sentnerga yetdi. 1950 yildan paxtaning xarid narxi oshirilib, 1 tonnasiga 2200 so‘m ya’ni avvalgidan ikki baravar ko‘p haq to‘landi. Lekin dehqonchilikning boshqa sohalarida ekin maydonining qisqartirilganligi oqibatida g‘alla va sabzavot tayyorlashda urushdan oldingi darajaga yetmadi.Iqtisodni rejali ravishda rivojlantirish bilan bir qatorda ba’zi ijtimoiy masalalarga ham e’tibor qilindi. Jumladan, ish haqi oshirildi, harbiy soliq, kartochka tizimi bekor qilindi. Pul islohoti o‘tkazildi, qisqartirilgan ish soati joriy etildi, kundalik iste’mol mahsulotlarining narxi arzonlashtirildi. Bu tadbirlar pulning xarid quvvatini oshirish imkonini tug‘dirdi. Lekin shunga qaramasdan narx navo hali ancha yuqori edi. 1950 yili O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari 1940 yilga nisbatan deyarlik ikki barobar qimmat edi. Keng iste’mol mollarini ishlab chiqarish tobora kamaydi. Ular asosan chetdan keltiriladigan bo‘ldi natijada Respublika aholisining yengil sanoat, oziq-ovqat mollariga ehtiyoji kuchaydi. Jumhuriyat aholisining uchdan ikki qismini tashkil qilgan qishloq aholisining moddiy ahvoli achinarli edi. Ularning oylik daromadi o‘rtacha 20 so‘mni tashkil qilgan holda, bu ko‘rsatkich ishchilarda 64 so‘m edi. Vaholanki, urushdan keyingi xo‘jalikni tiklash va rivojlantirishning asosiy og‘irligi qishloq mehnatkashlari zimmasiga tushdi. O‘zining bog‘ va mevalari bilan mashhur bo‘lgan O‘zbekiston aholisi haddan tashqari ko‘p olinadigan soliq tufayli bog‘laridan voz kechdi. Chorvadorlar shu sababga ko‘ra mol boqib foyda ko‘rmadi. Ahvol shu darajaga yetdiki, aholining shaxsiy mollari soliq hisobiga davlat va jamoa xo‘jaliklari foydasiga olindi. Sotishdan bosh tortganlar jinoiy javobgarlikka tortildi. Oqibatda shaxsiy xo‘jaliklarda chorva mollarining soni keskin kamaydi. Bunday zo‘ravonliklar urush oqibatlari, vaqtinchalik, o‘tkinchi holat deb tushuntirildi. 50-60 yillarda qo‘riq va bo‘z yerlarni o‘zlashtirishga va shu asosda paxta va g‘alla yetishtirishni ko‘paytirish choralari ko‘rildi. O‘zbekistonda uch yil ichida (1953-1955 yy.) 130 ming gektar yangi yerlar ochildi. 1956 yili Mirzacho‘lning o‘zida sug‘oriladigan maydon 205.000 gektarga yetdi. Shu yillarda Markaziy Farg‘onani o‘zlashtirish munosabati bilan Katta Farg‘ona kanali qayta ta’mirlandi. Toshkent viloyatida Ohangaron suv omborining 2-navbati, Yuqori Chirchiq suv tarmog‘i, Buxoro viloyatida Quyimozor suv ombori, Sirdaryo viloyatidagi Janubiy Mirzacho‘l magistral kanali qurilib foydalanishga topshirildi. 1960 yili respublikada sug‘oriladigan yer maydoni 2.571 ming gektarga yetdi. Paxta xom-ashyosi yetishtirish 1946-1985 yillarda 5,5 barovar ko‘paydi, paxta ekiladigan maydonlar 1 mln. ga. dan ortdi. 1966-1986 yillar maboynida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga 45 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, shundan 17,1 mlrd. so‘mi sug‘orish tarmoqlariga sarflandi. Shu davrda 1,5 mln. ga. yer o‘zlashtirildi. O‘zlashtirilgan yerlarda yangi 160 ta sovxozlar tashkil etilgan bo‘lib, 20 yil davomida bu yerlarda 10,4 mln tonna paxta xom ashyosi yetishtirildi. Qishloq xo‘jaligining ekstensiv yo‘ldan rivojlantirilishi, totalitar rejimning sug‘orish texnologiyasiga qo‘pol aralashuvi og‘ir ekologik va boshqa turli noxush ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqardi. 1985 yilga keliboq respublikada 900 ta sug‘orish tarmog‘i 92 ming gidrotexnik qurilmalar, 10 mlrd m3hajmda suv to‘playdigan 23 ta suv omborlari mavjud edi. 70-80 yillarda suvning tabiiy muvozanatini buzilishi yer, suv, hattoki havoning zaharlanishiga olib keldi. Orol dengizining qurishi 1960-70 yillarda yiliga-18 sm, 1971-1980 yillarda-53 sm, 1981-1985 yillarda-78 sm, 1985 yilga kelib esa-87 sm.ga yetdi. 1961 yildan 1991 yilgacha dengiz haji 3 baravar qisqardi, dengiz o‘z qirg‘og‘ida 75-80, ba’zi joylarda 100 km.ga chekindi. 1980 yillarning boshida Orol dengiziga suv kelishi deyarli butunlay to‘xtab, nodir suv makoni quriy boshladi. Bu yerlarda 2 mln. ga tuz va qumdan iborat maydon ochilib qoldi. Sanoat va qishloq xo‘jaligida yuzaki islohotlar xalqning turmush ahvolida deyarli o‘zgarish yasamadi. Ayniqsa, sobiq ittifoqdagina emas, balki mehnat sharoiti eng og‘ir bo‘lgan o‘zbek paxtakorlarining turmush darajasi ayniqsa achinarli ahvolda bo‘ldi. O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari “sotsializm uzil-kesil g‘alaba qilgan” davrda aholining jon boshiga hisoblaganda quyidagicha edi: go‘sht 29 kg, sut 150 litr, tuxum 78 dona, qand-shakar 21,2 kg, kartoshka 28, sabzavot va poliz mahsulotlari 66 kilogramdan to‘g‘ri keldi. Bu miqdor umumittifoq darajasidan ancha past edi. Qishloq aholisining iste’mol darajasi bu o‘rta hisobdan ko‘ra yana ham achinarli edi. Paxta yakkahokimligining kuchayishi qishloq xo‘jaligini boshqa sohalarini qoloqlikka olib keldi, g‘alla, chorvachilik mahsulotlari, sabzavot-mevaga aholining talabi qondirilmadi. Buning ustiga tomorqaga nisbatan noto‘g‘ri siyosat olib borildi. 50-yillarning boshlarida respublika rahbarlarining tashabbusi bilan sug‘oriladigan yerlarda tomorqa hajmi 25 sotihdan 13 sotihga tushirildi. Bu ko‘rsatkich joylardagi rahbarlarning o‘zboshimchaligi bilan 10 sotihgacha, Farg‘ona, Toshkent viloyatlarida esa, hatto 6-8 sotihgacha kamayib ketdi. Bu holat respublika qishloq aholisining turmush darajasini g‘oyat og‘ir qilib qo‘ydi.




  • Kompartiya lеnincha milliy siyosatining shovinistik va mustamlakachilik mohiyatini Turkistonning tub еrli xalqlari orasidan chiqqan, juda ko’plab mahalliy kadrlar ham kеchikib bo’lsada tushundilar, ular Sovetlarning buyuk davlatchilik siyosatiga qarshi kurashdilar va milliy mustaqillikni talab qildilar. Ammo ularning hammasiga «xalq dushmani», «aksilinqilobchi» va «Mahalliy millatchi»lik tag’asi yopishtirilib egallab turgan lavozimlaridan olib tashlandilar yoki yo’q qilib yuborildilar. 20-30 yillarda «mahalliy millatchi»likda ayblangan, quvg’in va qatag’on qilingan kadrlar orasida T.Risqulov, A.Rahimboеv, Sa'dulla Tursunxo’jaеv, Usmonxon Eshonxo’jaеv, Yoqubjon Isaqulov, Husanxon Niyoziy, Inomjon Xidiraliеv, Raxim Inog’omov, Sa'dulla Qosimov, Bo’taboy Dadaboеv, F.Xo’jaеv va boshqa juda ko’plab jadid adib va arboblar bor edilar.
    Yüklə 23,86 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin