Ijtimoiy takror ishlab chiqarish sxemasi. F.Kenening «Iqtisodiy jadvaliga» yuqori baho bergan K.Marks, o‘zining takror ishlab chiqarish sxemasini ishlab chiqdi. A.Smit, J.B.Sey ijtimoiy mahsulotni daromadlarga bo‘lib (moddiy sarflami mavhumlashtirgan holda) ko‘rsatgan boisa, K.Marksda esa ijtimoiy mahsulot uch qismga boiinadi: doimiy kapitalga (s) - moddiy sarflarga (amortizatsiya, xomashyo, yoqilgi va boshqalar qiymati), o‘zgaruvchi kapitalga (v) - ishchi kuchini sotib olishga boigan sarflar va qo‘shimcha qiymatga(m). Takror ishlab chiqarish muammosini yechib berishda K.Marks iqtisodiyotni ikki bolinmaga bo‘ladi. I bo‘linma ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish, II bo‘linma iste’mol buyumlarini ishlab chiqarish. Keyin u oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish o‘rtasidagi farqni ko‘rsatib beradi. «Oddiy takror ishlab chiqarish» o'zgarmas bo‘lib, unda sof investitsiya nolga teng. Oddiy takror ishlab chiqarish bir xil hajmda, o‘zgarmas bo‘lib qolishi uchun qanday shartlar bo‘lishi kerak? K.Marks buning uchun quyidagi shartlami ko‘rsatib beradi. Oddiy takror ishlab chiqarishda I bo‘linmaning barcha mahsuloti har ikkala bo‘linmadagi kapitalni qoplash uchun sarflanishi kerak: I (c+v+m) = Ic+Iic. Shu bilan birga, II bo'linma mahsuloti ish haqi fondi hamda mulkdan keladigan daromadga - sof milliy mahsulotga teng (ekvivalent) bo‘lishi kerak: II (c+v+m)=I (v+m)+II (v+m). Bu ikkala tenglamadan natijada I (v+m) = Iic kelib chiqadi, ya’ni I bo‘linmaning sof mahsuloti II bo‘linmada yil davomida iste’mol qilinggan kapitalni qoplash uchun zarur bo‘lgan talab miqdoriga teng bo‘lishi kerak. Agar I (v+m)>Iic bo‘lsa, unda doimiy kapitalni qoplashga bo‘lgan investitsiya sarflari amortizatsiya ajratmalari miqdoridan oshib ketadi, ya’ni sof investitsiya ijobiy bo‘ladi. Lekin amortizatsiya jamg‘armalari iste’mol qilingan kapitalni qoplashga ishlatilmasligi, albatta, ishlab chiqarishning pasayishini keltirib chiqaradi. Keltirilgan dalillar ancha puxta makroiqtisodiy o‘zaro bog‘liqlik borligini tasdiqlaydi.
Iqtisodiy sikllar. K.Marks tugallangan, yaxlit iqtisodiy sikllar nazariyasini yaratgan emas. Uningcha, inqirozlar bu «kapitalizmning asosiy ziddiyatlarining» namoyon boMishidir. Xo‘jalikdagi anarxiya ishlab chiqarish stmkturasi bilan iste’mol stmkturasi doimo mos kelmasligini keltirib chiqaradi. Rivojlanishning siklli xarakterda bolishi, ortiqcha ishlab chiqarish inqirozining muqarrarligi kapitalistik iqtisodiyotga xos xislatdir. Markscha iqtisodiy sikllar nazariyasi uning kapital jamg‘arilishi tahlili asosida ko‘rilgan. Siklli jarayon, K.Marks bo‘yicha yuksalishdan boshlanadi. Yuksalish davrida mehnatga bo‘lgan talab (jamg‘arish sababli) uning taklifidan oshib ketadi; ishsizlik tugatiladi va ishchi kuchining nisbatan yetishmasligi ish haqining oshishiga olib keladi; natijada foyda kamayadi va jamg‘arish sekinlashadi. Kapital jamg‘arilishi me’yorining pasayishi yalpi talabning kamayishiga va shunga muvofiq bozor konyunkturasining pasayishiga olib keladi. Bunday inqirozli vaziyatda kapital qimmati qadrsizlanadi, ishsizlik esa qaytadan ko‘payadi va u ish haqining pasayishini keltirib chiqaradi. Bu hol ishlab chiqarishning foydaliligini qayta tiklaydi, jamg‘arishni qaytadan boshlash uchun sharoit yaratib beradi; inqiroz bir vaqtning o‘zida ham buzadi, ham tuzatadi. Inqirozlar «hamma vaqt mavjud ziddiyatlarning faqat vaqtincha zo‘rma-zo‘raki hal qilinishidan, zo‘rma-zo‘raki portlashlardan iborat bo‘lib, ular buzilgan muvozanatni bir lahzada tiklaydi». Inqiroz siklni tugallaydi va yangi navbatdagi sikl boshlanadi. Bu sikl davri mobaynida innovatsiya va yangi ish joylarini tashkil etish bilan birga iqtisodiyot tarkibini qayta qurish, jamg‘arish jarayonida foyda me’yorining pasayish tendensiyasi va kapital qimmatining qadrsizlanishi, ishsizlar armiyasining ko‘payishi va ish haqining pasayishi qaytadan kelib chiqquncha va inqirozli vaziyat yuzaga kelguncha davom etadi.