Qiymat nazariyasi. U.Pettining merkantilistlar g‘oyasiga bo‘lgan salbiy yondashuvi nafaqat boylikning mohiyatini va uni ko'paytirish yo‘llarini tahlil qilishda, balki tovarlar qiymatining yaratilish tabiatini va bozorda ulaming qimmati darajasiga ta’sir etuvchi omillami aniqlashda ham o‘z ta'sirini ko‘rsatdi. Bu boradagi uning tadqiqotlari keyinchalik uni qiymatning mehnat nazariyasining birinchi muallifi, deb tan olinishiga sabab bo‘ldi. Umuman olganda, qiymatning mehnat nazariyasi klassik iqtisodiy maktabning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi.
U-Petti nazariyalarining birida aytilishicha, tovar qiymati kumush qazib oluvchi mehnat bilan yaratiladi va uning «tabiiy bahosi» hisoblanadi; kumush qiymatiga tenglashtirilgan tovarlar qiymati esa ulaming «haqiqiy bozor bahosi» hisoblanadi. Ikkinchi bir joyda qayd qilinishicha, tovar qiymati mehnat va yer ishtirokida yaratiladi. Ya’ni U.Pettining o‘zi aytganidek, «Kemaning yoki kamzul (syurtuk)ning qiymati qandaydir yer miqdori va qandaydir mehnat miqdori qiymatiga teng, chunki har ikkalasi — kema ham, kamzul ham - yer va inson mehnati bilan yaratiladi». Bundan ko'rinib turibdiki, U.Pettida tovar bahosi asosida sarfli mexanizm yotadi. Daromadlar nazariyasi. Ishchilaming daromadlari, pul kapitali va yer egalarining daromadlari to‘g‘risida U.Petti aytib o‘tgan qoidalar keyinchalik klassik iqtisod maktabi vakillarining nazariy izlanishlari uchun asos bo‘lib xizmat qildi. U.Petti ishchining daromadi sifatidagi ish haqini mehnatning bahosi, deb hisobladi va uning darajasini ishchining yashashi uchun zarur bo‘lgan vositalar minimumi bilan ifodaladi. U.Petti, har bir ishchi «yashash, mehnat qilish va ko ‘payishi uchun» kerakli narsani olsa bas, degan xulosaga keldi. Buni u nazariy jihatdan isbotlab bermoqchi bo‘ldi: agar ishchiga ko‘rsatilgan minimumdan ikki baravar ko‘p haq to‘lansa, u chog‘da ishchi ikki marta kamroq ishlaydi, bu esa jamiyat uchun shuncha miqdordagi mehnat boy berilganini bildiradi. U.Pettining ish haqi to‘g‘risidagi mazkur qoidasi «klassik maktabning» ko‘pchilik vakillari nazariy tadqiqotlarining asosini tashkil etdi. Masalan, U.Pettidan keyin D.Rikardo va T.Maltus ish haqini ishchi mehnatining bahosi sifatida tavsiflab, uni ishchining va uning oilasining yashashi uchun zamr bo‘lgan vositalar minimumi bilan bog‘lab tushuntirganlar.
Tadbirkorlar va yer egalari daromadlari U.Petti o‘zi umum- lashtirgan tushuncha — “renta” sifatida tavsiflanadi. U masalan, dehqonchilikda yaratilgan mahsulot qiymati bilan uni ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar o‘rtasidagi farqni renta, deb atagan (ya'ni tuproq
unumdorligiga bog‘liq bo‘lgan renta). Ikkinchi bir misolda, ssuda foizining kelib chiqish mohiyatini ko‘rib chiqqach, U.Petti soddalashtirib, bu ko‘rsatkich “ssudaga beriladigan pulga sotib olinishi mumkin bo‘lgan muayyan yer maydonidan olinadigan rentaga teng”, deb atadi.
Yana bir joyda yer uchastkasining bozorga uzoq-yaqin joylashishidan kelib chiqadigan renta shakli ko‘rsatib beriladi. Aholi yashash joylariga yaqin joylashgan yer uchastkalaridan nafaqat yuqori renta olinadi, balki yillik renta summasi ham boshqa xuddi shunday unumdor, lekin aholi turar joylaridan ancha uzoq bo‘lgan yerlarga nisbatan ko‘p bo‘ladi.
Shu bilan U.Petti yer bahosini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan muammoni yechib berishga uringan. Lekin bu yerda ham olim mazkur muammoni hal etishda yuzaki yondashdi. Uningcha, yeming bahosi bir yillik muayyan miqdordagi rentaga teng bo‘lishi kerak. Ammo u bu miqdomi ilmiy jihatdan aniqlab bera olmadi, ya’ni yeming bahosini keltirib chiqarish uchun bir yillik rentani ko‘paytirish mumkin bo‘lgan sonni topa olmadi.
Shu bilan birga uning yer bahosini aniqlashdan kelib chiqadigan ssuda kapitali bilan yerdan olinadigan yillik renta o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik g‘oyasi iqtisodiy fikrlaming rivojlanishida ijobiy rol o‘ynadi. Bimi keyinchalik K.Marks qayd qilib o‘tadi. Ma'lum ma’noda xuddi shunday fikr Y.Shumpetming iqtisodiy qarashlarida ham uchraydi. Uningcha, birorta kapitalist yer uchastkasini ushbu uchastkadan olinishi mumkin bo‘lgan rentaga teng foiz keltirishi mumkin bo‘lgan pul summasidan yuqori ham, past ham baholashi mumkin emas. Bironta yer egasi o‘z uchastkasini undan olinadigan rentaga teng foiz keltiruvchi pul summasidan kamiga sotmaydi. Ammo u o‘sha summadan ko‘pini ham ololmaydi, negaki bunday summani to‘lashga rozi bo'lgan kapitalistga birdaniga juda ko‘p yer uchastkalari taklif qilinadi.
Uilyam Petti hayoti davomida faqatgina bitta asarini chop ettirgan, biroq o‘limidan so‘ng 10 yil davomida qolgan 4 ta kitobi ham nashr etilgan. Bu kitoblar ko'proq traktatlar bo‘lib, izchil tuzilmaga rioya qilinmagan edi. Petti to‘quvchilar oilasida tug‘ilgan bo‘lib, kambag‘allikni boshidan kechirgan yorqin olim edi, u 15 yoshigacha navigatsiya, geometriya, arifmetika, lotin, grek, ffansuz tillarini o‘rganib bo‘lgan edi. Uilyam Petti dengizchi, fizik, kashfiyotchi va eng muhimi iqtisodiy o‘zgaruvchanlik o‘lchovi mavzusini yoqlagan birinchi iqtisodchi sifatida faoliyat ko‘rsatib, hayoti so‘nggida nihoyatda boyib ketgan. Uning iqtisodiy qaydlari umumiy traktatlar emas edi, ular Uilyamning amaliy qiziqishlari natijasi edi, jumladan ular soliq siyosati, pul va o‘lchov masalalariga bag‘ishlangan edi.
Pettining Siyosiy Arifinetikasi 1676-yilda yozilgan bo‘lsa- da, 1690 - yilga qadar chop etilmagan. U siyosiy arifinetika metodologiyasi yangilik kiritayotganini anglab yetgan edi.
Buni amalga oshirish uchun biroz noan 'anaviy usuldan foydalanaman. Nisbiy va absolyut so ‘zlarni, intellektual ta 'kidlarni ishlatishdan ko ‘ra men... son, og'irlikva o ‘lchovlar orqali tushuntiraman, sezgilarga ta'sir qiluvchi ta 'kidlarnigina ishlatish va faqat shunday sabablami o ‘rganish tabiiy asoslarga ega1. U hayoti davomidagi va undan oldingi falsafiy o‘zgarishlardan chuqur ta’sirlangan. Aristotel va sxolastlar o‘z tahlillarini faqatgina so‘z orqali ifoda etardilar, lekin Dekart, Gobbs va Bekonlar ilmiy fanga induksiya, empiritsizm va matematikani olib kirdilar.
U. Petty ijtimoiy voqealami o‘lchashda statistik usullami qo‘llashni ochiqchasiga ma’qullagan birinchi olim bo‘lgan bo‘lsa kerak. U aholi sonini, milliy daromadni, eksportni, importni va xalqning asosiy jamg‘arilgan kapitalini o‘lchashga harakat qilgan. Uning uslubi haddan tashqari xom bo‘lib, Adam Smitning siyosiy arifinetikadan kam foydalanganligini ko‘rsatar edi.
U. Petti o‘z tahlili va siyosiy xulosalaridan oddiy merkantilist bo‘lib ko‘rinsa ham, keyinchalik uning xulosalari iqtisodiy nazariya va ijtimoiy fanlaming shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi.