1. U. Petti g‘oyalari. U. Petti xalqlar boyligi konsepsiyasi. K-fayllar.org
Rikardo modeli. Rikardoning asarlari iqtisodiyot fanining predmeti va metodini aniqlashda, iqtisodiy tadqiqot metodologiyasini amaliy ishlab chiqishda muhim rol o‘ynadi. Uning fikricha jamiyatning sinfiy tuzilishi uning iqtisodiy faoliyatida hal qiluvchi o‘rinni egallaydi. Siyosiy iqtisodning asosiy vazifasi «yer mahsuloti» (ya’ni milliy daromad va milliy boylikjning uch asosiy sinf o‘rtasidagi taqsimoti qonunlarini aniqlashdan iborat. Bu taqsimot ishlab chiqarish sharoiti va manfaatlaridan kelib chiqishi kerak edi va bu Rikardoning yutug‘i edi, ammo uning xatosi taqsimot usulini moddiy ne’matlami ishlab chiqarish usuli bilan bogiiq qilib qo‘yganligida edi. U mantiqiy abstraksiya metodidan foydalandi, ijtimoiy fanlarda aniq fanlaming usuli, ayniqsa, ilmiy deduksiyani keng qoiladi. U o‘z konsepsiyasi asosiga qiymat qonunini, ya’ni tovarlaming qiymatini sarflangan mehnat bilan aniqlashni qo‘ydi. Faqat bir omil - «Mehnat» qiymatining asosida yotadi, deb yozadi olim. Boshqa iqtisodiy kategoriyalar shu qonunga qanchalik mos kelish-kelmasligini o‘rgandi. Rikardo kapitalizmni jamiyatni tashkil etishning yakkayu-yagona tabiiy va abadiy shakli, deb o‘ylagan. Rikardoning qiymatning mehnat nazariyasi
D.Rikardo eng avvalo, qiymat nazariyasiga alohida e'tibor qaratdi. Bu kategoriyani talqin qilishdagi noaniqlikni tugatish, D.Rikardo bo‘yicha siyosiy iqtisod uchun muhim ahamiyatga ega. Bu muammoni ko‘rib chiqishda u A.Smit xulosalariga asoslandi va ulami tanqidiy rivojlantirishga harakat qildi. D.Rikardo A.Smitning mazkur kategoriyaga bo‘lgan ikki xil qarashini inkor etadi va qiymat tovar ishlab chiqarishga sarflangan mehnat bilan aniqlanishi kerakligini yozadi. U qiymat birlamchi, shu bois daromadlar bilan aniqlanishi mumkin emas, deb hisoblaydi. Bu bilan D.Rikardo o‘zini qiymatning mehnat nazariyasi tarafdori ekanligini namoyish etadi.
Qiymatni bunday sarfli tamoyil asosida tadqiq qilish klassik iqtisodiy maktabining boshqa vakillariga ham xos. Lekin D.Rikardoda e'tiborga molik jihat shundaki, u ayrim hollarda tovar qiymati nafaqat unga sarflangan jonli mehnat bilan, balki kapital va xomashyo ishlab chiqarish uchun ketgan oldingi mehnat sarflari bilan ham aniqlanishini qayd qilib o‘tadi. Erkin takror ishlab chiqarilmaydigan tovarlar qiymati esa nafaqat mehnat sarflariga, balki noyoblikka ham bog‘liq bo‘ladi.
Umuman olganda, D.Rikardo tomonidan ishlab chiqilgan qiymatning mehnat nazariyasi sarfli tamoyillarga asoslangan. Uning bu nazariyasini birinchi bo‘lib tanqid qilgan 0‘zining do‘sti T.Maltus hisoblanadi. U birinchidan, savol qo‘yadi: agar qiymatning mehnat nazariyasini to‘g‘ri, deb faraz qilsak, unda mehnatga haq toTash qanday boTadi: qiymat bo‘yichami yoki qiymatdan past baho bo‘yichami? Agar baho qiymatdan past boTsa, unda ekvivalentli ayirboshlash tamoyili buziladi (foydaliligi har xil, lekin bir xil qiymatga ega boTgan tovarlar ayirboshlanadi) bu klassik iqtisodiy nazariyaning va D.Rikardoning asosiy tamoyili. Ikkinchidan, T.Maltus qiymatning mehnat nazariyasi real amaliyot bilan mos tushmasligini ko‘rsatib beradi: agar qiymatning yagona manbayi haqiqatdan ham mehnat boTsa, unda mehnat ko‘p sarflanadigan tarmoqlardagi tadbirkorlar, kapital ko‘p sarflanadigan tarmoqlardagi tadbirkorlarga nisbatan ko‘proq foyda olishlari kerak. Amaliyotda esa barcha tarmoqlarda foyda me’yori deyarli bir xil.
Demak, D.Rikardo nazariyasi xato, tovar qiymati faqat mehnat bilan emas, balki boshqa ishlab chiqarish omillari sarflari bilan ham aniqlanadi, deb xulosa qiladi T.Maltus. D.Rikardo o‘limidan sal avval, o‘zining qiymat faqat mehnat sarflari bilan o‘lchanadi, deb tushuntirishga qilgan harakati noto‘g‘ri ekanligini tan olgan.