1. U. Petti g‘oyalari. U. Petti: xalqlar boyligi konsepsiyasi



Yüklə 89,3 Kb.
səhifə10/20
tarix27.12.2023
ölçüsü89,3 Kb.
#200701
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
1. U. Petti g‘oyalari. U. Petti xalqlar boyligi konsepsiyasi. K-fayllar.org

Renta nazariyasi. D.Rikardoning renta to‘g‘risidagi konsepsiyasi bugungi kunda ham o‘z faolligi bilan ajralib turadi. Yerdan foydalanganlik uchun hamisha renta to‘lanadi, bunda uning manbayi, D.Rikardoning tasdiqlashicha yerga sarflangan mehnat hisoblanadi.
Yer resurslari cheklanganligi sababli xo‘jalik amaliyotida unumdorligi va joylashishi bo‘yicha har xil bo‘lgan yer uchastkalaridan foydalaniladi. Buning natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining qiymati, D.Rikardo bo‘yicha eng yomon uchastkada ishlatiladigan mehnat sarflari bilan aniqlanadi.
Klassik iqtisodiy maktab paydo bo‘lishining tarixiy shart-sharoitlari va uning tavsifi Merkantilizmning yemirilishi va klassik siyosiy iqtisod maktabining paydo bo‘lishi (Angliyada) XVII asrga to‘g‘ri keladi. XVI asming o‘rtalarida boshlangan manufaktura davri XVII asrga kelib sanoatning ayrim tarmoqlarining rivojlanishiga olib keldi. Ayni paytda qishloq xo‘jaligida ham kapitalizm rivojlana boshladi. Buyuk Britaniya dimyoda iqtisodiyoti eng rivojlangan mamlakatga aylandi. XVIII asrga kelib bu yerda kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari faqat savdoda emas, balki sanoat va qishloq xo‘jaligida ham g‘alaba qozondi. Bu jarayon mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga yo‘l ochib berdi. Ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanishiga imkoniyat, tadbirkorlar tashabbusiga erkinlik berishga harakat qilgan kapitalistik tuzumning afzalliklarini nazariy jihatdan asoslab beradigan iqtisodiy ta'limotlar endi taqozo etila boshladi.
T.Maltusning iqtisodiy qarashlari
Marksistik iqtisodiy fanda «marksist» bo‘lmagan mualliflami sharmanda qilish «an’anasi» mavjud edi. Ehtimol, eng ashaddiy va qattiq tanqidga uchragan g‘oya bu ingliz olimi Tomas Robert Maltus g‘oyalari boTsa kerak. Uni nimalar deb atashmadi: kapitalizm himoyachisi (apologeti), odamlaming dushmani, fashizm ideologi. Eng qiziqarli joyi shundaki, T.Maltus nafaqat turli toifadagi sotsialistlaming, balki ulaming asosiy muxolifatlari boTgan erkin bozor va xususiy tadbirkorlikning mutlaq ustunliklariga ishongan liberallaming ham g‘azabini qo‘zg‘atgan. Nega T.Maltusni shunchalik yomon ko'rishgan? Pessimizmi uchun, aholi farovonligini ancha oshirish mumkinligiga ishonmaganligi uchun. Axir sotsialistlar ham, liberallar ham «baxtli kelajakka» ishonishgan. Birinchisi, xo‘jalik jarayonlarini ongli ravishda ijtimoiy tartibga solish tufayli umumiy farovonlikka erishishga umid qilgan boTsalar, ikkinchisi, turmush darajasini oshirish bozor mexanizmining amal qilishi va xususiy manfaatdorlik kuchi bilan ta’minlanishiga ishongan. Unisiga ham, bunisiga ham pessimizm yot boTgan.
Ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Maltus (1766-1834) dvoryan oilasida tugTlgan. Kembrij universitetini tamomlagach, qishloq ruhoniysi, 1807-yildan esa siyosiy iqtisod professori boTdi. Uning asosiy asarlari «Nufus qonuni to‘g‘risida tajriba» (1798), «Yer rentasining tabiati va o‘sishi to‘g‘risida tadqiqot» (1815), «Siyosiy iqtisodning prinsiplari» (1820) hisoblanadi.
«Nufus qonuni». T.Maltus resurslaming cheklanganligi va ehtiyojlaming cheksizligi sharoitida aholi ehtiyojlarini qondirish muammosiga o‘ziga xos tarzda yondashdi. U o‘zining “Nufus qonuni to‘g‘risida tajriba” asarida aholi soni juda tez ko‘payib boradi, oziq- ovqat mahsulotlarining o‘sishi esa, ancha orqada qolib ketadi, deb ishontirishga uringan. T.Maltus aholining ko‘payishini cheklovchi muayyan chora-tadbirlar qo‘llanilmasa, insoniyat ocharchilikka duch keladi, deb xulosa qiladi va bunday vaziyatdan chiqishning ikki yoTini taklif etadi: birincbisi - epidemiyalar, umshlar, kasalliklar natijasida aholining kamayishi, bunda tabiatning o‘zi kishilar bilan ulaming yashash vositalari o‘rtasida me’yorli nisbatning o‘matilishiga qisman yordam beradi, ikkinchi yo‘l - nikohdan voz kechish yoki kech turmush qurish, tug‘ilishni kamaytirish.

Yüklə 89,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin