1. U. Petti g‘oyalari. U. Petti: xalqlar boyligi konsepsiyasi


Maltusning Aholi Nazariyasi (Nufus qonuni)



Yüklə 89,3 Kb.
səhifə11/20
tarix27.12.2023
ölçüsü89,3 Kb.
#200701
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
1. U. Petti g‘oyalari. U. Petti xalqlar boyligi konsepsiyasi. K-fayllar.org

Maltusning Aholi Nazariyasi (Nufus qonuni)
Rikardo taklif qilgan iqtisodiy tamoyillarga amal qilinayotgan bir paytda iqtisodchilar uchun aholining ko‘payishi muammosi dolzarb hisoblanar edi, ular aholi sonining oshib ketishining dahshatli natijalaridan qutilish uchun Maltusning nazariyasida keltirilgan oilalarda homiladorlikdan saqlanish vositalaridan foydalanishni taklif qila boshladilar. Bu xulosalar aholining homiladorlikdan saqlanish vositalariga nisbatan cherkov va keng ommaning doimo kuchli qarshiligi sababli nozik iboralar bilan taklif qilingan. Makkuloxdan tashqari o‘sha davrdagi yetakchi iqtisodchilarining ko‘pchiligi homiladorlikdan saqlanishning turli vostilaridan foydalanish tarafdorlari boTishgan, lekin ular o‘z fikrlarini ommaga yetkazishda juda ehtiyotkor boTishgan.
Rikardoning tahliliy tizimida Maltusning aholi borasidagi g‘oyasi muhim element hisoblanadi. Rikardo iqtisodning asosiy maqsadi daromadning taqsimlanishini belgilovchi omillami izohlashi kerak, degan fikrga ega boTgan va u ayniqsa uzoq vaqt oraligTda daromadning taqsimlanishiga ta’sir eta oluvchi kuchlarga qiziqish bildirgan. U bu muammoni daromad taqsimlanishi qoldiq qiymati nazariyasi bilan hal
qilishga harakat qilgan. Yer uchun to‘lanadigan renta miqdori ijara haqini belgilab beradi: daromadning qolgan qismi ish haqi va foydani tashkil etadi. Bu vaziyatda Maltusnning “Nufus qonuni”dagi g‘oyalari asosiy rol o‘ynaydi. Uzoq davom etadigan vaqt mobaynida ish haqi darajasi Maltus ta'limotiga ko‘ra aholining yashash darajasi minimumiga teng bo‘ladi va qolgan daromad ijara haqi va foydaga bo‘linadi. Shunday qilib, Rikardoning taqsimot nazariyasi Maltusning aholi nazariyasiga butunlay bog'liqdir. 1830-yilning ikkinchi yarmiga kelib, Rikardoning iqtisodiy ta’limotlarini rad etuvchi ko‘plab g‘oyalar ilgari surildi. Bu g‘oyalar o‘sha vaqtlarda Rikardo ta’limotining asosiy g‘oyasi boMmish uzoq muddatga moijallangan davrda daromadlar taqsimotidagi o‘zgarishlami tushuntirishga ojizlik qildi.5
T.Maltusning yozishicha uning kitobi nashrdan chiqqan kungacha bironta mamlakat o‘z hududida aholi zichligi juda oshib ketganidan o‘zini yetarli hajmda iste'mol mollari bilan ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lmagan. Eng avvalo, tabiiy muhit imkoniyatlari bilan aniqlanuvchi iqtisodiyot o‘zining ishlab chiqarish imkoniyatlari doirasidan chetga chiqishga qodir emas.
T.Maltus o‘z nazariyasini asoslab berishda tuproq unum- dorligining pasayib borish konsepsiyasidan foydalangan. Agar bitta yer uchastkasining o‘ziga ustma-ust mehnat sarflansa, u xuddi shunday nisbatda hosildorlikning o‘sishiga olib kelmaydi, chunki hosildorlik faqat mehnatga emas, balki tuproqning tabiiy unumdorligiga ham bog‘liq bo‘ladi. U berishi mumkin bo‘lgan narsadan ortiqchasini undan olib boTmaydi. Hisoblab chiqqach, T.Maltus xulosa qiladi: insoniyat qancha harakat qilmasin, qishloq xo‘jaligidan u oladigan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori faqat arifmetik progressiyada o‘sadi (eslatib o‘tamiz, arifmetik progressiyada o‘sish 1,2,3,4,5 ... ko‘rinishda, ya’ni har bir keyingi son oldingisidan bir xil absolyut miqdorga oshib boradi), aholining soni esa geometrik progressiyada o‘sadi va 25 yilda ikki barobar ko‘payadi (eslatib o‘tamiz, geometrik progressiyada o‘sish
  1. 2,4,8,16 ... ko‘rinishda, ya’ni har bir keyingi son oldingisidan 2 barobar ko‘p bo'ladi). Agar yer aholisi asr boshida 1 mlrd. bo‘lsa, asr oxiriga kelib u 8 mlrd.ni tashkil etadi, yashash vositalari esa to‘rtdan birga ko‘payadi.


Bu nazariya barcha iqtisodiy ta’limotlar ichida eng qayg‘ulisi, eng ma’yusi hisoblanadi. T.Maltusdan keyingi davrdagi iqtisodchilar uning xulosa va prognozlari asossiz ekanligini isbotlab berdilar. Buning uchun odamlarga tuproq unumdorligini oshirish, T.Maltus tasavvur qila olmagan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish imkonini yaratib beruvchi fan-texnika yutuqlari asos bo‘ldi. Amerika iqtisodchisi


J. L.Saymonning tasdiqlashicha insonning ijodkorligi va uning mevasi — texnik jarayon planetadagi aholining har qanday o‘sishini kompensatsiyalashi va uning yuqori hayot darajasini ta'minlashi mumkin.

Yüklə 89,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin