1. U. Petti g‘oyalari. U. Petti xalqlar boyligi konsepsiyasi. K-fayllar.org
Marksning qiymat nazariyasi Marks talimotiga binoan har bir tovaming qiymati uni ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat bilan o ‘lchanadi. Bir turdagi tovami ishlab chiqarish uchun turli miqdorda mehnat sarflanadi. Buning natijasida tovarlar har xil individual qiymatga ega boTadi. Lekin qiymat o‘zida ijtimoiy mehnatni mujassamlashtirganligi sababli uning miqdori individual mehnat sarflari bilan emas, balki ijtimoiy zarur mehnat bilan oTchanadi, ijtimoiy zarur ish vaqti bilan belgilanadi. «Iste'mol qiymatiga ega boTgan qiymat miqdori, deb yozadi K.Marks, - uni ishlab chiqarish uchun kerak boTgan ijtimoiy zarur mehnat miqdori bilangina, ya’ni ijtimoiy zarur ish vaqti bilangina belgilanadi. Har bir ayrim tovar o‘z jinsidan bo‘lgan tovarlaming faqat o‘rtacha nusxasi sifatida ahamiyatga ega». Ijtimoiy zarur ish vaqti me’yoriy ishlab chiqarish sharoitida va muayyan jamiyatdagi mehnat malakasi va intensivligining darajasi o ‘rtacha bo ‘Igan sharoitda biron-bir tovar tayyorlash uchun sarflanadigan vaqtdir. Ushbu tushunchalar yordamida qiymat qonuni shakllanadi: almashuv jarayonida (ekvivalent
ekvivalentga singari) tovarlar o‘zining qiymati bo‘yicha ayirboshlanadi (ularda mujassamlashgan ijtimoiy zarur ish vaqti bo‘yicha).
K.Marksning tasdiqlashicha har qanday jamiyatda qiymat qonuniga amal qilmagan ayirboshlashning bo‘lishi mumkin emas. Qiymat esa, yuqorida qayd qilib o'tganimizdek, ayni jamiyatda o'rtacha mehnat sarflari bilan o‘lchanadi. Bu ayirboshlanadigan tovarlami taqqoslashning yagona o‘lchovi mehnat ekanligini bildiradi. Tovarlaming foydaliligi bunday umumiy oTchov boTa olmaydi, negaki ular miqdor jihatidan taqqoslanmaydi.
K.Marksning qiymat nazariyasi D.Rikardoning qiymat nazariyasidan farqlanishiga e'tibor berish zarur. D.Rikardo tovarlaming nisbiy qiymati to‘g‘risida so‘z yuritadi: A va B tovarlar bir-biriga ayirboshlanadi, chunki ulami ishlab chiqarish taxminan bir xil mehnat sarflarini taqozo etadi. K.Marksda esa qiymat tovarga xos obyektiv xususiyatdir.