1. U. Petti g‘oyalari. U. Petti: xalqlar boyligi konsepsiyasi



Yüklə 89,3 Kb.
səhifə18/20
tarix27.12.2023
ölçüsü89,3 Kb.
#200701
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
1. U. Petti g‘oyalari. U. Petti xalqlar boyligi konsepsiyasi. K-fayllar.org

Ish haqi. K.Marks ish haqini, klassik siyosiy iqtisod asoschilariga o‘xshab mehnat uchun to'lanadigan haq, deb emas, balki ishchi kuchi uchun to ‘lanadigan haq deb talqin qiladi. Uning nazariyasiga muvofiq ish haqi ishchining va uning oilasining hayot kechirishi uchun zamr bo‘lgan tovarlar miqdoriga teng bo‘ladi. Ish haqi darajasi mehnat unumdorligiga bog‘liq bo‘lib, u o‘z navbatida, ishlab chiqarishning mexanizatsiyalashuvi va texnologik jihatdan ta’minlanishi sababli ro‘y beradi. Bu hol pirovard natijada ish haqining o‘sishiga to‘sqinlik qiladi, negaki texnik-iqtisodiy taraqqiyot ishchi kuchining doimiy ortiqchaligini keltirib chiqaradi. Ishchi kuchining ortiqchaligi esa ishchilar bilan kapitalistlar o‘rtasidagi munosabatda keyingisiga ustunlik beradi va ishchi kuchi o‘z qiymatidan past bahoda sotiladi.
K.Marksning renta nazariyasi
K.Marks renta to‘g‘risida nazariya yaratdi. Uningcha, renta yerga bo‘lgan mulkchilikni amalga oshirish shaklidir. Yer maydoni cheklanganligi, uning yer egalari qo‘lida bo‘lganligi sababli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bahosi o‘rtacha yerdagi ishlab chiqarish xarajatlariga qarab emas, balki eng yomon yerdagi ishlab chiqarish xarajatlariga qarab belgilanadi. Bu baho bilan yaxshi yerdagi (yoki eng yaxshi sharoitdagi) ishlab chiqarish bahosi o‘rtasidagi farq differensial rentani bildiradi. K.Marks differensial rentani tahlil qilib, bu renta ayrim yer maydonlarining hosildorligi yerga sarf qilingan kapital miqdori bir-biridan farq qilganda hosil bo‘lishini ko‘rsatib berdi. Differensial renta ikki shaklda - differensial renta I va differensial renta II shaklida mavjud bo‘Iadi. Ijtimoiy ishlab chiqarish bahosini belgilovchi eng yomon yerdagi mahsulotlaming ishlab chiqarish bahosi bilan eng yaxshi va o‘rtacha yerdagi mahsulotlaming individual ishlab chiqarish bahosi o‘rtasidagi tafovut differensial yer renta I ning negizi hisoblanadi. Yerga qo‘shimcha ishlov berish evaziga olinadigan renta differensial renta II ni tashkil etadi.
K.Marks differensial renta bilan birga absolyut rentaning ham amal qilishini ko‘rsatib beradi. U absolyut rentaning paydo bo‘lishini qishloq xo‘jaligida kapital uzviy tuzilishining ancha past bo‘lishi va yerga bo‘lgan xususiy mulkchilik bilan bog‘lab tushuntiradi. Birinchi omil tufayli, uning fikricha qishloq xo‘jaligi mahsuloti qimmati uning «ishlab chiqarish bahosidan» hamisha ustun bo‘ladi ikkinchi omil ta’sir kuchiga ko‘ra esa foyda me’yorini o‘rtacha darajaga keltiruvchi «kapital oqimi» mexanizmi qishloq xo‘jaligida amal qilishi mumkin emas. Binobarin, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining o‘z ishlab chiqarish baholaridan (qo‘shimcha qiymatning o‘rtacha foydadan) ortiqchasi kapitalistlar o‘rtasida taqsimlanmaydi (sanoatdagi kabi), balki dehqonchilikda qoladi va yer egalari tomonidan absolyut renta shaklida o‘zlashtiriladi. M.Blaugning yozishicha, markscha absolyut renta nazariyasi uning qo‘shimcha qimmat nazariyasi doirasidan tashqarida, qimmatning (qiymatning) bahoga aylanish zarurligi kelib chiqqan sharoitda hech qanday kuchga ega emas.

Yüklə 89,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin