1. U. Petti g‘oyalari. U. Petti: xalqlar boyligi konsepsiyasi


A.K.Sen-Simon Anri Klod de Rebrua Sen-Simon



Yüklə 89,3 Kb.
səhifə15/20
tarix27.12.2023
ölçüsü89,3 Kb.
#200701
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
1. U. Petti g‘oyalari. U. Petti xalqlar boyligi konsepsiyasi. K-fayllar.org

A.K.Sen-Simon Anri Klod de Rebrua Sen-Simon (1760-1825- yy.) Fransiya xayoliy sotsializmining namoyandasi bo‘lib, 1789-1794- yillardagi fransuz inqilobi bilan zamondosh edi. U aristokratlar oilasidan bo‘lib, Sanoat sistemasi haqida”, “Inson haqidagi fan ocherklari”, “Sanoat yoki siyosiy, ma'naviy va falsafiy mulohazalar”, “Yangi xristianlik” va boshqa shu kabi mashhur asarlar muallifi hisoblanadi. Sen-Simon maxsus iqtisodiy tadqiqotlami amalga oshirmadi, balki asosiy e’tibomi ijtimoiy muammolarga qaratdi. U butun yaxshi jamiyat to‘g‘risidagi umidini aql-idrokka, ma’rifatga bog‘ladi; u insonning aql- idrokini tarixiy jarayonning to‘la hokimi va rahbari sifatida bildi, jamiyatni yaxshi tarzda qayta qurish yo'llarini tashviqot qilishni esa o‘z ta'limoti amalga oshirilishining bosh vositasi, deb hisobladi.
Fransuz ma'rifatparvarlaridan farq qilib, Sen-Simon ishlab chiqarishdagi inson faoliyati, mulkchilik formalari kabi iqtisodiy faktorlarga katta baho berdi. U “Ilk davr”, “Qulchilik”, “0‘rta asrlar”, “Hozirgi davr” va “Oltin asr”lami alohida ajratib, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalami ko‘rsatib o‘tdi. “Hozirgi davr” (ya’ni XIX asming ikkinchi yarmi) o‘tish davri, deb belgilanib, “...bu davrda, deb yozadi Sen-Simon olimlar, tadbirkorlar va ishchilardan iborat sanoatchilar shakllanadi, ular qirol hukumati bilan birgalikda odil jamiyatni barpo etishlari kerak, bu esa o‘z navbatida “Oltin asr”ga kirib kelishni ta’minlaydi.” Sen-Simon o‘zining tarixiy konsepsiyasidan kelib chiqib, hozirgi davmi o‘rganib borish uchun o‘tgan davrga nazar tashlash kerakligini aytib, “har bir alohida olingan davr mulohazasida juda yuzaki, hatto noto‘g‘ri qisqacha xulosalarlami beradi, so‘nib borayotgan o‘tmish qoldiqlari tug‘ilib kelayotgan kelajak bilan qorishtirib yuboriladi”, deb ko‘rsatadi. Tarixiyligiga qaramay Sen-Simonning jamiyatning rivojlanish konsepsiyasi idealistik edi, chunki uning asosini fan taraqqiyoti, ong va g‘oyalar ravnaqi tashkil etardi. Lekin uning idealistik tarixiy konsepsiyasida ayrim materialistik fikrlar ham yo‘q emas. Jumladan, Sen-Simon shaharlar, sanoat va savdoning rivojlanishi burjuaziyaning shakllanishiga sabab bo‘lganligini, iqtisodiy holat esa, mulkchilikka tobe boTgan, o‘ziga xos ijtimoiy-tarixiy formalami vujudga keltirishini aytib o‘tadi
Fransuz xayoliy sotsializmining yana bir yirik namoyandasi Fransua Mari Sharl Furedir (1772-1837-yy.). U Bezanson shahrida savdogar oilasida dunyoga kelib, butun hayoti mobaynida savdo bilan shug'ullandi. Bo‘sh vaqtlarida o‘z ma’lumotini to‘ldirib, mustaqil ravishda fizika, astronomiya va falsafa fanlari bilan shug‘ullandi, ijtimoiy tadqiqotlami amalga oshirdi.
Sharl Fure o‘zining “To‘g‘ri harakat va mushtarak taqdirlar nazariyasi”, “Umumiy birlik nazariyasi”, “Savdo qallobligi haqida”, “Yangi sanoat dunyosi va ijtimoiy dunyo” nomli asarlari va qator maqolalarida kapitalistik jamiyatni keskin tanqid qildi va ijtimoiy adolatli jamiyat barpo etish dasturini ishlab chiqdi. Uning tasvirlashicha, inson o‘zi yashayotgan jamiyatning barcha yaramas illatlaridan tozalanishi lozim, shunday ijtimoiy tuzum o‘rnatish kerakki, bu tuzum insonning kamol topishiga, ehtiroslarini to‘liq namoyon qilishiga, ehtiyojlarini qondirishga imkoniyat bersin. F.M.Sh.Fure kishilik jamiyatining tarixiy rivojlanishini o‘rganishga katta hissasi qo'shdi.
Angliya xayoliy sotsializmining vujudga kelishi va rivojlanishi Robert Ouenning (1771-1858-yy.) hayoti va ijodiy faoliyati bilan bog‘liq.
R.Ouenning “Jamiyatga yangicha qarash yoki xaraktemi shakllantirish haqida tajribalar”, “Yangi axloqiy dunyo kitobi”, “Adolatli almashuv bozori”, “Ulug‘ milliy hunar ittifoqi” asarlarida uning sotsialistik loyihalari bayon etilgan. U kapitalistik jamiyatni tanqid qilib, uning xalqqa qarshi mohiyatini ochib beradi. Barcha mulkni umum mulkiga aylantiradigan, qashshoqlik yo‘qoladigan, mehnat jafo- zulmatdan baxt-saodatga aylanadigan kommunistik jamoalar tuzish fikriga keldi. Shu maqsadga xalaqit beradigan uchta to‘siq bor, deydi u. Bu uchta illat: xususiy mulk, din va burjuacha nikohdir. Biroq olim kapitalistik taraqqiyotning obyektiv qonunini tushunmadi, sinflar kurashini inkor etdi. Yangi tuzum yangi yo‘l bilan yoki tinch yo‘l bilan quriladi va unga tinch yo‘l bilan o‘tiladi, deb ishondi.
R.Ouenning loyiha va ijtimoiy dasturlari fransuz xayoliy sotsialistlaridan farq qilib, ancha aniq va amaliyligi bilan ajralib turadi. U ishchilar mehnatini yengillashtiradigan yoshlar va qariyalar mehnatidan tungi ish vaqtida foydalanishni man etgan, rag‘batlantirishni tashkil etgan, u Angliyaning ilk fabrika qonunchiligining asoschilaridan edi. R.Ouen iqtisodiy qarashlarining xarakterli xususiyati shundan iboratki, u buijua siyosiy iqtisodini inkor etgan fransuz xayoliy sotsialistlaridan farq qilib, o‘z nazariyalarini yaratishda Rikardoning qiymatning mehnat nazariyasiga tayanadi. U Rikardodan keyin qiymatning asosiy manbayi, deb mehnatni hisobladi.

Yüklə 89,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin