MATEMATIK MAZMUN STANDARTLARI 3- sinfda matematik mazmun standartlari matematikaning:
−
Sonlar va amallar (SA); −
Geometriya va o‘lchashlar (GO‘); −
Ehtimollik va statistika (ES) bo‘limlarini qamrab oladi.
K
elgusida ishlatish qulay bo‘lsin uchun 3-sinfda qamrab olingan
bo‘limlar nomi - avval sinfning tartib raqami, so‘ng bo‘limning ikki bosh harfi
bilan kodlanadi.
Standartlar kodida esa avval sinf tartib raqami, song bo‘lim
nomi va oxirida standart tartib raqami keltirladi. Masalan, 3.SA.3 kod -
birinchi sinfning “Sonlar va amallar” bo‘limi bo‘yicha 3- standartini bildiradi.
Muayyan sinfga kiritilgan standartlar o‘z navbatida sinflar kesimida
yanada aniqlashtiriladi. Ular quyida kichik lotin harflari bilan keltirilmoqda.
3-
sinf o‘quvchilari ta’lim jarayoni yakunida matematika fanidan
quyid
agi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari lozim:
Kodi 3-SINF 3. SA. SONLAR VA AMALLAR 3. SA.1 a)
0 dan 10 000 gacha bo‘lgan sonlarni o‘qish, yozish, to‘g‘ri va teskari
tartibda sanash, taqqoslash, tartibga solish, modellarda ko‘rsatish;
b) 0 dan 10 000 gacha sonlar ketma-ketligini tarkib topish qonuniyatini
aniqlash va berilgan yoki tanlangan qonuniyat asosida ketma-ketlikni
tuzish;
c)
rim raqamlarini o‘qish, yozish, tanish va foydalanish;
d)
1 / b ko‘rinishdagi kasrni - butunni b ta teng qismga bo‘linganda, bitta
qism hosil bo‘ladigan miqdor sifatida tushunish. a / b kasrni har biri 1 / b
miqdordagi a ta qismlar yordamida hosil bo‘ladigan miqdor sifatida
tushunish.
e)
Kasrni sonlar o‘qidagi son sifatida tushunish va chizmada tasvirlash.
f) 0 dan 1 gacha oraliqni bir
butun deb olib, uni b ta teng qismlarga bo‘lish
orqali 1/b kasrni sonlar o‘qi chizmasida tasvirlash. Har bir qism 1 / b
o‘lchamga ega ekanligi va 0 dan boshlangan qismning so‘nggi nuqtasi
sonlar o‘qida 1 / b soniga mos ekanligini tushunish.
g) a / b kasrni so
nlar o‘qida 0 dan boshlab 1/b uzunliklarni a marta qo‘yish
orqali tasvirlash. Hosil bo‘lgan kesmaning uzunligi a / b ga teng ekanligini
va uning oxirgi nuq
tasi sonlar o‘qidagi a / b soniga mos ekanligini
tushunish.
h) Alohida holatlarda kasrlarning tengligini tushuntirish va ularning
o‘lchamlari haqida fikr yuritib, kasrlarni taqqoslash.
i)
agar ikkita kasr bir xil o‘lchamda bo‘lsa yoki sonlar o‘qida bitta nuqtaga
mos bo‘lsa, ular teng bo‘lishini tushunish.
j)
sodda hollarda teng kasrlarni aniqlash va ularni hosil qilish, masalan,
1/2 = 2/4, 4/6 = 2/3. Kasrlarning ko‘rgazmali modelidan foydalanib,
kasrlar nima uchun tengligini tushunish.
k) sonlarni kasrlar sifatida ifod
alash va sonlarga teng bo‘lgan kasrlarni
bilish. Masalan: 3 ni 3 = 3/1 shaklida ifodalash, 6/1 = 6 ekanini tushunish,