14
umumiy o
‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi
6-bob.
MUSIQA MADANIYATI FANINI O‘QITISH METODOLOGIYASI
6.1. Musiqa madaniyati fanini o‘qitishning asosiy tamoyillari:
Musiqa madaniyati fanining aniq maqsadga
qaratilganligi;
ilmiylik (har bir o‘quv-tarbiyaviy jarayon elementlarining puxta
asoslanganligi, samaradorlikning amaliy faoliyat natijalari asosida
baholanishi);
pedagogik
va texnologik shart-
sharoitning ta’minlanganligi (ko‘zda
tutilgan natijaga erishishni tizimli amalga oshirish);
uzviylik, uzlyuksizlik (o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma, malakalar negizida
yangi bilim, amaliy ko‘nikma, malakalarni shakllantirib borish, ularning
navbatdagi bosqich uchun asos bo‘lishiga erishish);
individual yondashuv (har bir o‘quvchining
shaxsi bilan yaqindan
tanishish, uning xarakteri, ehtiyojlari,
hayotiy tajribasi, shaxsiy sifatlarini
o‘rganish va ularga tayanib ish ko‘rish);
o‘quv-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning ijobiy fazilatlarga tayanish
(mavjud ijobiy qobiliyat va fazilatlar negizida yangi
sifatlarni rivojlantirish,
salbiy illatlarni bartaraf etib borish);
o‘quv-tarbiya
jarayonining
dinamik
xususiyatga
egaligi
(shakllantiriladigan qobiliyat va fazilat to‘g‘risidagi tasavvurga ega bo‘lish –
tushunchani hosil qilish
– bilimga ega bo‘lish – ko‘nikmaning shakllanishiga
erishish
– malakani hosil qilish – odatning shakllanishiga erishish – muayyan
ma’naviy-axloqiy, badiiy-estetik fazilat va amaliy ko‘nikmalarning mavjud
darajasi);
o‘quvchilarning yosh, pedagogik-psixologik,
milliy va shaxsiy
xususiyatlarini inobatga olish;
ta’lim va tarbiya birligi;
yaxlit yondashuv (o‘quv-tarbiya jarayoniga mas’ul sub’ektlar tomonidan
ta’limiy maqsadning bir xil tushunilishi);
pedagogik hamkorl
ik (o‘quv-tarbiya jarayoni sub’ektlari – oila, ta’lim
muassasalari, jamoatchilik o‘rtasida hamkorlikni qaror toptirish va uni
mustahkamlash).
Dostları ilə paylaş: