1. Urug’larning yashovchanligini aniqlash haqida; N. D. Nelyubov usuli haqida



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə2/3
tarix18.05.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#115910
1   2   3
A.H.D antekologiyadan taqdimot

N.D.Nelyubov usuli.
Bu usul o’lik murtak to’qimalari bo’yalgani holda, tirik murtak to’qimalari esa, bo’yalmay qolishiga asoslangan. Har biri 100 donadan iborat ikkita urug’ namunasi olinib, ular harorati 30C li suvda 3soat yoki harorati 20C li suvda 15 soat bo’ktirib qo’yiladi. Shundan keyin bo’rtib qolgan urug’larning po’sti tozalanib, ochilib qolgan murtaklari ustiga 0,2%li indigokarmin eritmasi quyiladi va bu eritmada 30C haroratda 3-4soat saqlanadi. Eritmadan chiqarib olingan murtaklar suvda biroz yuvilib, keyin har biri yaxshilab ko’rib chiqiladi.
Agar ularning murtagi, ildizchasi yoki urug’pallasi butunlay bo’yalgan bo’lsa, bunday urug’lar yashashga qobiliyatsiz o’simliklar hisoblanadi. Urug’larning murtagi mutlaqo bo’yalmay qolsa yoki urug’pallalari faqat qisman bo’yalsa, bunday urug’lar yashovchan urug’ hisoblanadi.
Yashovchanlik foizi ikkala namunadan o’rtacha hisoblab chiqariladi.
Bu usul ham rnurtakning kislotali fuksin yoki indigokarrnin bilan bo'yalishiga asoslangan. Bunda ham xuddi yuqoridagi kabi 100 donadan iborat ikkita namuna olinib, uy haroratidagi suvda: bug'doy, makkajo'xori 5-6 soat; sho1i, arpa, 4-5 soat; javdar, suli (sulining po'stli doni avval po'stdan tozatanadi) I-2 soat bo'ktiriladi. Donlar bo'rtgandan keyin suzgich qog'ozga qo'yilib bir oz quritiladi va har bir don egatchasidan ustara bilan uzunasiga ikkiga bo'linib, qurib qolmasidan yarmi darrov suvli stakanchaga solinadi. 100 ta donning yarmi shu tariqa kesilib stakanchaga yig'iladi. So'ngra toza suvda ikki marta yuvilib keyin ustiga I % li kislotali fuksin eritmasidan 5 ml quyiladi. Ravo pufakchalarini chiqarib yuborish uchun stakancha oxista chayqatiladi va don nimtalari stakanchada 10- 15 minut saqlanadi. Shundan keyin eritma quyib olinib, don nimtalari bir necha marta yaxshilab yuviladi va filtr qog'oz ustiga yoyib qo'yiladi. Murtagi bo'yalmay qolgan don nimtalari yashovchan don, murtagi butunlay yoki ildizlari qisman bo'yalgan don yashashga qobiliyatsiz don hisoblanadi. Donning yashov­chanligi ikkala namunadan olingan o'rtacha arifmetik miqdor tariqasida foizlar hisobida topiladi.
Kislotali fuksin eritmasi oldindan tayyorlab qo'yiladi. Buning uchun l g fuksin I I distillangan yoki yangi qay­natilgan
suvda eritiladi. Shunda hosil bo'ladigan eritma g'alla o'simliklarining I00 ta namunasini ishlashga yetadi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin