1. Urug’larning yashovchanligini aniqlash haqida; N. D. Nelyubov usuli haqida



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə1/3
tarix18.05.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#115910
  1   2   3
A.H.D antekologiyadan taqdimot



1.Urug’larning yashovchanligini aniqlash haqida;
2.N.D.Nelyubov usuli haqida;
3.Urug’larning yashovchanligini tetrazol tuzlari yordamida aniqlash;
4.Urug’larning yashovchanligini lyuminessent usuli bilan aniqlash;
5.I.V.Ivanov usuli haqida;
Mavzu: Urug’larning yashovchanligini aniqlash usullari.
Reja:
Urug’ unishining boshlanishida fermentlar ishtirokida murakkab zahira moddalarning parchalanishi kuzatiladi. Bunda oqsillar aminokislotalarga, polisaxaridlar monosaxaridlarga, yog’lar yog’ kislotalarga aylanadi va ularning barchasini embrional to’qima hazm qiladi. O’sish fazalari embrional o’sish, cho’zilish, ichki differensasiyadan iborat. Urug’ning uchki o’sish nuqtasida yoki uchki ildizda embrional o’sish – hujayralarning tinimsiz bo’linishi kuzatiladi. Bo’linish yadrodan boshlanadi va bo’lingan hujayralarning o’zi ham bo’lina boradi. Ildizning embrional hujayralari g’ilof bilan o’ralgan bo’lib, unish jarayonida bu hujayralar sekinlik bilan cho’zilish fazasiga o’tadi.
Urug’larning unuvchanligi.
Urug’larning yashovchanligini aniqlash.
Yashovchan urug’lar murtagi tirik,tinim davrini o’tagan yoki o’tamagan urug’lardir.Urug’larning yashovchanligi-urug’larning normal unib chiqib,maysa hosil qila olish qobiliyatini aniqlaydi. Odatda yangi yig’ib olingan urug’larning unuvchanligi past bo’ladi. Bu esa urug’larning tinim davrida ekanligini va urug’ murtagining hali yetilmaganligidan darak beradi. Tinim davrini o’tab bo’lgandan keyingina urug’lar normal unib chiqishi mumkin. Urug’larning unib chiqishiga tashqi muhitning bir necha omillari (suv, harorat, havoning tarkibi, yorug’lik, tuproq strukturasi, mikroorganizmlar) bevosita ta’sir ko’rsatadi. Bu omillar tabiatda o’zaro aloqador bo’lib, doimiy o’zgarishda bo’lib turadi. Shuning uchun u yoki bu o’simlik urug’larining yashovchanligi va ularning unuvchanligini oldindan aytib bo’lmaydi. Tinim davridagi urug’larning hayotchanligini aniqlashning bir necha usullari mavjud.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin