Urug'laming yashovchanligini tetrazol tuzlari bilan aniq lash.
Buning uchun 2-3-5 tetrafeniltetrazolxlorid reaktivi ishlatiladi. Bu reaktiv bilan ishlangan yashovchan umg'lar murtagi qizil rangga bo'yaladi. Bu qu"yidagicha tahlil qilinadi, har biri 100 donadan iborat ikkita urug' namunasi olinib, bo'kishi uchun avval suvga solib qo'yiladi, so'ngra g'alla o'simliklarining bar bir umg'i uzunasiga Hcki nimtaga bo' linadi, dukkakli don, moyli va boshqa ekinlarining urug'i esa po'stidan tozalanadi. Shu tariqa tayyorlangan urug' nimtalari yoki murtaklari reaktivning 0,5 % Ii eritmasiga solinib, uy haroratida I soat, qorong'u joyda 30°c haroratda 30-40 minut saqlanadi. Urug'lar rangni sust oladigan bo'lsa yana eritmaga solinadi. Urug' nimtalari yoki murtaklari eritmadan olingandan keyin bo'yalgan (ya'ni yashovchan)Iarini sanab, ikkala namunadan o'rtacha foiz chiqariladi.
Makkajo'xori, suli, zig'ir, bug'doy, javdar, arpa urug' larining yashovchanligi shu usul bilan aniqlanadi. Tirik va o'lik urug'lar ultrabinafsha nurlar ta'sirida har xil tovlanishi bilan bir-biridan farq qiladi. Makkajo'xori, suli, zig'ir urug' larining yashovchanligi quruq urug'larga qarab aniqlanadi. Buning uchun makkajo'xori bilan zig'iming urug'i murtagi orqali uzunasiga kesiladi. Suli urug'i esa po'stdan tozalanib, murtagi orqali qiya qilib kesiladi. Urug'lar tirik bo'lsa, mur tagi to'q havo rang tusda, o'lik bo'lsa, oq sariq yoki jigarrang tusda tovlanadi.
Bug'doy, javdar, arpaning urug'i avval maxsus difenil nafteyrodin reaktivi (spirt-suvli eritmasi) bilan ishlanadi.
Urug'lar suvda bo'ktirib qo'yilgandan keyin, murtagi bo'ylab ikki bo'lakka kesiladi va ikkala nimtasidan bittasi ustiga yuqorida aytilgan reaktivning 0,01 %Ii eritmasi quyiladi, so'ngra urug' nimtalarl suv bilan yuvilib, ultrabinafsha nurda ko'rib chiqiladi. Yashovchan murtak tilla rang tus bersa, yashashga qobiliyatsiz murtaklar jigarrang yoki kulrang tov lanadi. Tahlil uchun, odatdagidek, har qaysisi 100 donadan iborat ikkita namuna olinadi.
Urug'laming yashovchanligini lyuminisent usuli bilan aniq lash.