1. Ustav nima


Issues 1. Fuqaroni vafot etgan deb topish va uning oqibatlari qanday?



Yüklə 99,24 Kb.
səhifə6/32
tarix11.06.2023
ölçüsü99,24 Kb.
#128389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Fuqarolik huquq yakuniy javoblari 2023-y (1)

Issues
1. Fuqaroni vafot etgan deb topish va uning oqibatlari qanday?
2. Vafot etgan deb e'lon qilingan fuqaroning qaytib kelishi oqibatilari qanday?
3. Ushbu vaziyatda F.Parpiyev fuqaro A. Diyorovdan kvartira va mashinasini talab qilishi qonuniy jihatdan toʻgʻrimi?

Rules
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi

Applications
1. Fuqarolik kodeksining 36-moddasida fuqaroni vafot etgan deb eʼlon qilish asoslari berib oʻtilgan. Unga koʻra:
Agar fuqaroning qayerda turganligi haqida uning yashash joyida uch yil mobaynida ma’lumot bo‘lmasa, basharti u o‘lim xavf solib turgan yoki muayyan baxtsiz hodisadan halok bo‘lgan deb taxmin qilish uchun asos bo‘ladigan vaziyatlarda bedarak yo‘qolgan bo‘lib, uning qayerdaligi haqida olti oy mobaynida ma’lumotlar bo‘lmasa, manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq sud uni vafot etgan deb e’lon qilishi mumkin.
Harbiy harakatlar munosabati bilan bedarak yo‘qolgan harbiy xizmatchi yoki boshqa fuqaro harbiy harakatlar tamom bo‘lgan kundan e’tiboran kamida ikki yil o‘tgandan keyin sud tomonidan vafot etgan deb e’lon qilinishi mumkin.
Sudning fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirgan kun vafot etgan deb e’lon qilingan fuqaroning o‘lgan kuni deb hisoblanadi. O‘lim xavf solib turgan yoki muayyan baxtsiz hodisadan halok bo‘lgan deb taxmin qilish uchun asos bo‘ladigan vaziyatlarda bedarak yo‘qolgan fuqaro vafot etgan deb e’lon qilingan taqdirda, sud uning taxmin qilingan halokat kunini ushbu fuqaroning o‘lgan kuni deb topishi mumkin.
Fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish bunday fuqaroning huquq va burchlari borasida uning o‘limi olib kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni vujudga keltiradi.
Ushbu vaziyatda manfaatdor shaxs, ya'ni Parpiyevning oʻgʻli Valining murojaatiga binoan sud tomonidan fuqaro Parpiyev vafot etgan deb eʼlon qilingan. Natijada F. Parpiyevning oʻgʻli Valiga otasining mol mulki meros huquqi asosida oʻtdi.
2. Ikkinchi masalaga toʻxtaladigan boʻlsak, F. Parpiyev vafot etgan deb eʼlon qilingach uning kvartirasi va mashinasi oʻgʻli tomonidan fuqaro Diyorovga sotib yuborildi. Biroq F. Parpiyev aslida vafot etmagan boʻlib, u 3 yildan soʻng qaytib keldi. Xoʻsh bu holat qonunchilikda qanday aks ettirilgan? Fuqarolik kodeksining 37-moddsasida ushbu vaziyat keltirib oʻtilgan boʻlib, unda koʻra:
Vafot etgan deb e’lon qilingan fuqaro qaytib kelgan yoki uning qayerda turganligi ma’lum bo‘lgan taqdirda, uni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi qaror sud tomonidan bekor qilinadi.
Fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi qaror bekor qilinganidan keyin u har qanday shaxsdan bu shaxsga bepul o‘tib qolgan mavjud mol-mulkini o‘ziga qaytarib berishni uch yil mobaynida sud orqali talab qilishga haqli, ushbu Kodeksning 229-moddasi ikkinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Agar vafot etgan deb e’lon qilingan fuqaroning mol-mulki uning vorislari tomonidan uchinchi shaxslarga sotilgan bo‘lib, bu shaxslar xarid narxini fuqaro qaytib kelgan paytgacha batamom to‘lamagan bo‘lsalar, bu holda to‘lanmagan summani talab qilish huquqi qaytib kelgan fuqaroga o‘tadi.
Vafot etgan deb e’lon qilingan fuqaroning mol-mulkini haq to‘lashni nazarda tutadigan bitimlar asosida olgan shaxslar mol-mulkni vafot etgan deb e’lon qilingan fuqaroning tirikligini bila turib sotib olganliklari isbotlansa, ular fuqaroga bu mol-mulkni qaytarib berishlari shart. Bunday mol-mulkni asli holida qaytarib berishning imkoni bo‘lmasa, uning qiymati to‘lanadi.
Agar vafot etgan deb e’lon qilingan shaxsning mol-mulki meros huquqi bo‘yicha davlatga o‘tgan va sotib yuborilgan bo‘lsa, fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi qaror bekor qilinganidan keyin unga mol-mulkni sotishdan tushgan pul qaytarib beriladi.
Demak bu holatda fuqaro Parpiyev qaytib kelgach uni vafot etgan deb eʼlon qilish haqidagi sud qarori bekor qilinishi kerak. Va agarda Parpiyevning oʻgʻli tomonidan sotilgan kvartira va mashinaning toʻlanmagan qismi boʻlsa, toʻlanmagan miqdorni talab qilish huquqi F. Parpiyevga oʻtadi.
3. Kazusdagi 3-masalaga toʻxtalib oʻtsak. F. Parpiyev qaytib kelgach oʻgʻlidan mol mulkini talab qiladi. Oʻgʻli esa uni tashlab ketgan orasi b-n gaplashishni istamaydi. Soʻngra parpiyev kvartirasi va mashinasini talab qilib Diyorovni sudga beradi. Xoʻsh bu holat qanchalik qonuniy ?
Bu holatda Parpiyev kvartira va mashinasini qaytarishni talab qilib Diyorovni sudga berishi notoʻgʻri. Chunki kvartira va mashina Parpiyevning oʻgʻli Vali tomonidan sotib yuborilgan. Ya'ni bu holatda Parpiyev mol-mulkini Diyorovdan emas oʻgʻli validan talab qilishi kerak.


Yüklə 99,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin