Conclusion / xulosa: Sud Voxidovni momalaga layoqati cheklangan deb topishi kerak deb hisoblayman. FKning sharhida yozilganidek oilasining zarur daromadlari bo’lgani bilan ularning da’vosi o’rinlidir. Shu bilan sud FKning 31-moddasi talablaridan kelib chiqqan holda Voxidovga homiy tayinlaydi
15-kazus:
2019 yil 20 noyabrda “OR” MCHJ ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishining qarori bilan fuqaro Salimov ta’sischilar ro‘yxatidan chiqarildi, chunki kompaniya ro‘yxatdan o‘tganidan keyin bir yil o‘tgach, u ustav kapitaliga hissa qo‘shmadi. Salimov ta’sis hujjati bo‘yicha ulushi 45 foizni tashkil etib, u 10 foiz ulushini kiritgan edi.Salimov OR MCHJ umumiy yig‘ilishi qarorini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Sud majlisida fuqarolar Karimov, Xalimov, Olimov va Katayevlar tomonidan ustav fondiga 100% o‘z ulushlarini kiritganligi aniqlandi. Ta’sis shartnomasiga ko‘ra, ustav kapitalidagi ulushlari 50 foizini korxona ro‘yxatdan o‘tgandan 2 oy muddat ichida to‘lash kerak bo‘lgan. Bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan Salimov o‘z pulini ulush sifatida kiritmagan. Salimov kompaniyaning ustav kapitaliga o‘z vaqtida hissa qo‘shishning iloji yo‘qligini vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklar bilan izohladi va sheriklarini tez orada etishmayotgan summalarni amalga oshirishiga ishontirdi.Salimovni MCHJdan chiqarish to‘g‘risida qaror boshqa ta’sischilar tomonidan umumiy yig‘ilishda bir ovozdan qabul qilindi. Yig‘ilishda Salimov ham qatnashdi va uning chetlatishiga qarshi ovoz berdi.
ISSUE: “OR” MCHJ ishtirokchilar iumumiy yig‘ilishining qarori bilan fuqaro Salimov ta’sischilar ro‘yxatidan chiqarilishi qanchalik to’g’ri?
MCHJ ning ustav kapitaliga qancha muddat ichida ulushdorlar hissa qo’shishi kerak?
Salimovning OR MCHJ umumiy yig‘ilishi qarorini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida da’vo arizasi bilan murojaat qilishi to’g’rimi?
RULES: O’zbekiston Resbublikasi konstitutsiyasi.
Fuqarolik kodeksi 1-qism
Masuliayti cheklangan va qo’shimcha masulyatli jamiyat to’g’risidagi qonun