1. Ustav nima



Yüklə 99,24 Kb.
səhifə15/32
tarix11.06.2023
ölçüsü99,24 Kb.
#128389
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32
Fuqarolik huquq yakuniy javoblari 2023-y (1)

APPLICATION:
Yuqoridagi muammolarga yechim beriahdan avval Masuliyati cheklangan jamiyatga ( MCHJ ) tarif berib olishimiz kerak. Mas’uliyati cheklangan jamiyat deb bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilab qo‘yilgan miqdorlardagi ulushlarga bo‘lingan jamiyat tan olinadi. MCHJ ning ta’sischilari jismoniy shaxslar va ( yoki) yuridik shaxslar ham bo’lishi mumkin. MCHJ ni faqat bir shaxs tashkil etsa ham bo’ladi. Bu holda u yagona ta’sischi hisoblanadi.
Endi esa birinchi savolga keladigan bo’lsak MCHJ ishtirokchilarining umumiy yig’ilishida fuqaro Salimov ta’sischilar ro’yxatidan chiqarilgan. Bu muammoni yechish uchun biz avvalo jamiyat ishtirikchilari umiumiy yig’ilishining vakolatlarini ko’rib chiqishimiz zarur. “ Masuliayti cheklangan va qo’shimcha masulyatli jamiyat to’g’risidagi” qonunning 30-moddasida jamiyat ishtirikchilari umiumiy yig’ilishining biq nechta vakolatlari keltirib o’tilgan. Lekin jamiyat ishtirikchilari umiumiy yig’ilishida ovoz berish yo’li bilan shu jamiyat a’zosini ta’sischilar safidan chiqarish vakolati sanab o’tilmagan. Ammo shu moddaning birinchi had boshiga muofiq Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining vakolatlari jamiyatning ustavi bilan ushbu Qonunga muvofiq belgilanadi. Demak “OR” MCHJ ning ustavida jamiyatning umumiy yigilishida ovoz berish yoli bilan tasischilardan birini tasischilar royxatidan chiqarish togrisidagi vakolati keltirib o’tilgan bolishi mumkun. Agarda jamiyat ishtirokchilari umumiy yigilishi shunday vakolatga ega bolsa yig’ilishning Salimovni tasischilar royxatidan chiqarish to’g’risidagi qarori huquqiy asosga ega. Agarda tasischilarni tasischilar royxatidan chiqarish vakolatiga ega bolmasa yigilishning bu harakati qonuniy asosga ega emas. Endi esa Salimovni nima sababdan chiqarishganiga e’tibor qaratadigan bolsak, MCHJ royxatdan otgandan so’ng bir yil mobaynida Salimov hech qanday hissa qoshmaganligi aytilgan. Ammo Salimovning ozi uning MCHJ dagi ulushi 45% ekanligi va 10% hissasini qo’shganini aytib o’tgan. Shuni hisobga oladigan bolsak “ Masuliayti cheklangan va qo’shimcha masulyatli jamiyat to’g’risidagi” qonunning 8-moddasi 8-had boshida shunday keltirib o’tilgan: Jami ulushlari jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) kamida o‘n foizini tashkil etadigan jamiyat ishtirokchilari o‘z majburiyatlarini qo‘pol buzayotgan yoxud o‘z harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning faoliyat ko‘rsatishiga imkon bermayotgan yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotgan ishtirokchini jamiyatdan sud tartibida chiqarilishini talab qilishga haqlidirlar. Demak Salimov faqat 10% hissasini qo’shgan ammo uning qolgan 35% hissasini qosha olmagan va shu orqali o’zining hissa qo’shish majburiyatini buzmoqda. Bunday holda yuqoridagi moddaning 8-bandiga asoslanib Ishtirokchilar Salimovni ta’sischilar ro’yxatidan chiqarish uchun sudga murojaat qilishlari kerak edi. Ammo keyinchalik Karimov, Xalimov, Olimov va Katayevlar tomonidan ustav fondiga 100% o‘z ulushlarini kiritganligi aniqlandi. Bu bilan Salimov MCHJ ga hech qanday ulush qo’shmagan va MCHJ ustavida belgilangan tartibda uni ta’sischilar ro’yxatidan chiqarishgan.
Ikkinchi savolga yuzlqnadigan bo’lsak MCHJ ishtirokchilari Salimovga o’z hissasini qoshish uchun yetarlicha muddat tayinlashganmi? MCHJ tasis shartnomasiga ko’ra ta’sischilar korxona royxatdan otgach 2 oy ichida korxona ulushining 50% ni kiritishi kerak edi. Ammo Salimov bunday qilmagan. “ Masuliayti cheklangan va qo’shimcha masulyatli jamiyat to’g’risidagi” qonunning 12-moddasida ta’sis shartnomasida nimalar aks ettirilishini keltirib o’tgan. Shu moddaning 4-bandiga muofiqta’sis shartnomasiga, jamiyat ta’sis etilayotganda uning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissalarni qo‘shish tartibi, miqdori, usullari va muddatlari ham aks etirilishi kerakligini takidlagan. Demak tasischilarning 2 oy muddatda korxonaning 50% ulishini kiritishi kerkligini aytib Salimovga murojaat qilishi qonuniy asosga ega. Ammo Salimov qancha ogohlantirilishiga qaramasdan oz ushini qo’shmagan.“ Masuliayti cheklangan va qo’shimcha masulyatli jamiyat to’g’risidagi” qonunning 9-moddasi 1-bandiga ko’ra Qonunda va jamiyatning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, miqdorda, usullarda va muddatlarda hissa qo‘shishlari to’g’risidagi majburiyati borligi aytib o’tilgan. Kazusda esa u oz majburiyatini amalga oshirmayapti va bu huquqiy asosga ega emas. Ammo ta’sischilar yana 1 yil Salimovning o’z hissalarini qo’shishini kutishadi. .“ Masuliayti cheklangan va qo’shimcha masulyatli jamiyat to’g’risidagi” qonunning 14-moddasi 7- bandiga binoan . Jamiyatning har bir ishtirokchisi ta’sis hujjatlarida belgilangan va jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab bir yildan oshmaydigan muddat mobaynida jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) o‘z hissasini to‘liq kiritishi kerak. Demak Ta’sischilarning Salimovni o’z hissasini qo’shishini 1 yil kutishi qonuniy asosga ega.
Uchinchi muammoga yuzlanadigan bo’lsak, Sa’limov Ta’sischilar qarori yuzasidan davo arizasi bilan murojaat qiladi va bu Konstitutsiyamizning 35-moddasida mustahkamlab qo’yilgan. Unga ko’ra Har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega. Demak Salimovning sudga davo arizasi bilan murojaat qilishi huquqi bor ekan. Ammo qancha vaqt ichida davo qilishi kerak. Ya’ni davo muddati qancha vaqt davom etadi? Da’vo muddati — shaxs o‘zining buzilgan huquqini da’vo qo‘zg‘atish yo‘li bilan himoya qilishi mumkin bo‘lgan muddatdir Fuqarolik kodeksi 1-qism 150-moddasiga ko’ra umumiy davo muddati 3 yil xisoblanadi. Umiumiy davo muddatidan tashqari maxsus davo muddati ham mavjud bo’lib , u umumiy davo muddatidan uzunroq yoki qisqaroq bo’lishi mumkun. Kazusda Salimov jamiyat boshqaruv organi qarori ustidan shikoyat qilmoqda shuning uchun Salimovning davo muddatinj maxsus davo muddatiga kiritishimiz mumkun. Chunki “ Masuliayti cheklangan va qo’shimcha masulyatli jamiyat to’g’risidagi”qonunning 41-moddasiga ko’ra Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari, jamiyatning ustavi talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori ovoz berishda ishtirok etmagan yoki bahsli qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat ishtirokchisining arizasiga ko‘ra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bunday ariza jamiyat ishtirokchisi qabul qilingan qaror to‘g‘risida bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan e’tiboran ikki oy ichida berilishi mumkin. Agar jamiyat ishtirokchisi shikoyatga sabab bo‘lgan qarorni qabul qilgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida ishtirok etgan bo‘lsa, mazkur ariza shunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran ikki oy ichida berilishi mumkin. Demak Salimov 2019 yil 20 noyabrda “OR” MCHJ ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishining qarorini bilgan va 2 oy muddat ichidan shu qaror ustidan sudga ariza bilan murojaat qilgan va bu to’laqonli huquqiy asosga ega. Shu moddaning 2-bandiga yuzlanadigan bo’lsak Sud ishning barcha holatlarini hisobga olgan holda, agar ariza bergan jamiyat ishtirokchisining ovozi ovoz berish natijalariga ta’sir ko‘rsata olishi mumkin bo‘lmasa va (yoki) yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarlik jiddiy bo‘lmasa va (yoki) qaror jamiyatning ana shu ishtirokchisiga zarar yetkazmagan bo‘lsa, shikoyatga sabab bo‘lgan qarorni o‘z kuchida qoldirishga haqlidir. Demak Sud Jamiyat boshqaruv organi qarorini o’z kuchida qoldirishi mumkin qachonki o’sha qaror Salimovga hechqanday zarar yetkazmasa. Mening oylashimcha bu qaror Salimovga hech qanday zarar yetkazmaydi chunki MCHJ da uning hech qanday ulishi mavjud emas. U 1 yil davomida korxonaga hech qanday hissa qo’shmagan. Balki korxonani bankrot qilishi ham mumkin edi. Shu sababli sud Jamiyat boshqaruv organi qarorini oz kuchida qoldirishi kerak deb hisoblayman. Ammo tanganing ikkinchi tomoni bo’lgani singari bu masalaning ham ikkinchi tomoni mavjud. Endi shu ikkinchi tomoniga keladigan bo’lsak sud albatta Salimovning nima sababdan korxonaga hissa qo’sha olmaganligini o’rganib chiqishi agarda uning sabablari asosli bo’lsa unga yana bir bor imkon berishi kerak.

Yüklə 99,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin