Birinchi muammoni tahlil qilsak, bu vaziyatda fuqarolik holati qayd etilgan, ya’ni X.Karimovaning farzandi 04.11.2011 kuni tug’ilgan D.Karimova 1-aprel 2012-yil kasalxonada vafot etgan. Ushbu holat yuz bergandan so’ng shifoxona qizning vafot etganligi to’g’risidagi ma’lumotnomani mahalla oqsoqoliga bergani ko’rsatilgan. Oila kodeksi 203-moddasiga ko’ra fuqarolik holatlarini qayd etish Shahar va tumanlarda fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozuvchi bo’lim tomonidan amalga oshiriladi. Shaharcha, qishloq yoki ovulda esa fuqarolar yig’ini oqsoqoli(rais) tomonidan amalga oshiriladi. Shu normadan kelib chiqqan holda shifoxona qizning vafot etgani haqidagi ma’lumotnomani oqsoqolga bergan. X.Karimova farzandini mahalliy qabristoniga ko’madilar. Ammo ular o’sha vaziyatda huquqiy xatoga yo’l qo’ygan. Sababi Fuqarolik kodeksining 36-moddasi 4-bandida aytilanidek, fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish bunday fuqaroning huquq va burchlari borasida uning o‘limi olib kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni vujudga keltiradi. Ushbu jumlani yanada aniqlashtiradigan bo’lsak, oila kodeksi 223-moddasi 5-bandida quyidagicha ko’rsatilgan: o’lim haqidagi ma’lumotni tegishli fuqarolik holatlarini qayd etish organiga bermagan holda marhumni dafn qilish taqiqlanadi. Kazusda aytilganidek o’lim ma’lumoti oqsoqolga berilgan. Ammo oqsoqol uni qayd etgani to’g’risidagi dalolatnomani X.Karimovaga bergani aytilmagan, ya’ni o’lim malumoti yetkazilgan, ammo fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi orqali o’lim qayd etilmagan.