1. Uy xo`jaligi tashkilot sifatida Uy xo`jaligi faoliyat ko`rsatishida mutaassiblikning roli Uy xo`jaligining xillari



Yüklə 120,56 Kb.
səhifə2/7
tarix20.11.2023
ölçüsü120,56 Kb.
#164216
1   2   3   4   5   6   7
Oila va uy xo’jaligi faoliyatining nazariy asoslari

Tashkilot xillari

Hokimiyat munosabatlarining murakkablik darajasi

Hokimiyat munosabatlarining personifirlanish darajasi

Firma

Sodda yoki murakkab

Pozitsion

Davlat

Murakkab

Pozitsion

Uy xo`jaligi

Sodda

Personifikatsiyalangan

Uy xo`jaligining asosida yotuvchi hokimiyat munosabatlari haqidagi tezis aniqliklar kiritilishini talab qiladi. Bir tomondan, uy xo`jaligining faoliyat ko`rsatishi quyidagilarni nazarda tutadi:



  • bolalar harakatlarini nazorat qilish huquqining ota-onalarga topshirilishi, buning o`rniga bola uchun u haqida qayg`urish va uni manfaatlarining ta’minlanishi kafolatlanda;

  • oilaviy byudjetning shakllanishi va sarflanishi ustidan nazorat qilish, huquqining uy xo`jaligining odatda “oila boshlig`i” deb nomlanuvchi bir a’zosiga topshirilishi, u barcha oila a’zolarining manfaatlarini ko`zlab harakat qiladi va ularga o`zlari alohida erisha olishi mumkin bo`lgandan ortiq darajadagi farovonlikni ta’minlaydi.

Umuman uy xo`jaligining maqsadi – o`z a’zolariga kutilmagan holatlar yuzaga kelishidan qat’i nazar kafolatlangan farovonlik darajasini ta’minlashdan iborat. Uy xo`jaligining himoya funksiyasi o`zaro yordam va oila a’zolarini moddiy jihatdan qo`llab-quvvatlashning rasmiy va norasmiy me’yorlariga asoslanadi.
Ikkinchi tomondan, uy xo`jaligi shunday tarzda tashkil etilishi mumkinki, ya’ni u o`z xususiyatiga ko`ra a’zolarining mulkiy va boshqa huquq va majburiyatlari aniq belgilangan yollash to`g`risidagi shartnomaga yaqin keladi. Bunday holda birgalikda xo`jalik yuritish to`g`risida qaror qilish farovonlikning ma’lum darajasiga rozi bo`lishni emas, balki uni ko`paytirishga intilishni aks ettiradi. Unda umr yo`ldoshini tanlash va bolalarning tug`ilishi to`g`risida qaror qabul qilish sotuv haqida shartnoma tuzish yordamida iste’mol tanlovining alohida holati bo`lib qoladi. Lekin, so`nggi holatda biz uy xo`jaligidan yiroqlashamiz, chunki birgalikda mulkka egalik qilish rejimidan va birgalikdagi byudjetni shakllantirishdan voz kechish ehtimoli paydo bo`lishi mumkin. Shuning uchun bundan buyon uy xo`jaligini hokimiyat munosabatlarining, binobarin, tashkilotning alohida varianti sifatida ko`rib chiqamiz.
Uy xo`jaligi – bu inson kapitalini ishlab chiqarishning umumiy vazifalari, yashash, byudjet va oila-qarindoshchilik aloqalari bilan birlashgan kishilar guruhidir. Uy xo`jaligining asosida hokimiyat munosabatlari yotadi – birgalikdagi iqtisodiy faoliyat ustidan nazorat qilish huquqi uning bir a’zosiga – “oila boshlig`i”ga o`tadi.



Yüklə 120,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin