1. Uy xo`jaligi tashkilot sifatida Uy xo`jaligi faoliyat ko`rsatishida mutaassiblikning roli Uy xo`jaligining xillari



Yüklə 120,56 Kb.
səhifə1/7
tarix20.11.2023
ölçüsü120,56 Kb.
#164216
  1   2   3   4   5   6   7
Oila va uy xo’jaligi faoliyatining nazariy asoslari


Oila va uy xo’jaligi faoliyatining nazariy asoslari

Reja:



1. Uy xo`jaligi tashkilot sifatida
2. Uy xo`jaligi faoliyat ko`rsatishida mutaassiblikning roli
3. Uy xo`jaligining xillari


1. Uy xo`jaligi tashkilot sifatida
Uy xo`jaligi to`g`risida so`z yuritganda, ikki tushuncha-oila va uy xo`jaligi tushunchalarni chegaralash lozim. Oila deganda, bir uyda yashashi oila-qarindoshchilik aloqalarining umumiyligi bilan birlashgan guruh tushuniladi. Uy xo`jaligi esa umumiy vazifalar, yashash joyi, byudjet va odatda oila-qarindoshchilik aloqalari bilan birlashgan kishilar guruhini o`zida namoyon qiladi. Boshqacha aytganda, oila faoliyati ko`plab o`lchamlarni o`z ichiga oladi: biologik, demografik, ruhiy, ijtimoiy va b. Uy xo`jaligi faoliyati esa oilani faoliyat sohasining birgina-iqtisodiy turiga yo`naltiradi. Uy xo`jaligining asosiy funksiyasini inson kapitalini shakllantirish, undan foydalanish va saqlash deb belgilash lozim. Bu o`z navbatida, insonning bilimlari, amaliy ko`nikmalari va mehnatga tirishqoqligining yig`indisi sifatida tushuniladi. 14.1-rasmda inson kapitalini shakllantirish bo`yicha uy xo`jaligi faoliyatining o`ziga xos xususiyatlari izohlangan. Uy xo`jaligini yuritish uning a’zolarining oila biznesida ishtiroki hamda oila kapitalini uni shakllantirish va rivojlantirishga yo`naltirish asosiy masala hisoblanadi. R.Kouzning “Firmaning tabiati” maqolasida firma tashkiliy tuzilma sifatida “qora quti” deb izohlangan. Bunday tavsif aslida uy xo`jaligiga nisbatan ko`proq mos keladi.

Uy xo`jaligi uchun faqat “qora qutiga” “kirish”dagi (ish haqi, soliqlar chiqarib tashlangan davlat tomondan ijtimoiy transportlar) va undan “chiqish”dagi (inson kapitali,mehnat, jamg`arma, iste’mol) omillar ma’lum. J.Gelbreyt ta’kidlaganidek [36], uy xo`jaligi odatda iste’mol qiluvchi va ishlovchi shaxs bilan tenglashtiriladi hamda tashkilotni tavsiflovchi hokimiyat munosabatlari bilan bog`liq bo`lmagan holda ko`rib chiqiladi. Aksincha, institutsional nazariya uy xo`jaligini firmadan va davlatdan farq qiluvchi tashkilotning alohida shakli sifatida tahlil qilishga e’tibor qaratadi. Hokimiyat munosabatlarining uy xo`jaligi doirasida yuzaga keladigan o`ziga xoslik shundan iboratki, ular oddiy va shaxslashtirilgan xususiyatga ega:






Yüklə 120,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin