Oila va uy xo’jaligi faoliyatining nazariy asoslari
3. Uy xo`jaligining xillari Uy xo`jaligi faoliyat ko`rsatishidagi mutaassibliklar rolinin tahlil qilish uni tarkibining u harakat qiladigan institutsional muhitning o`ziga xos xususiyatlari bilan shartlanganligini faraz qilishga yordam beradi. Haqiqatdan ham, uy xo`jaligi insonni tashqi muhitning noaniqligidan, unga yuklatiladigan o`yin me’yorlari va qoidalaridan, kundalik muammolarga ortiqcha e’tibor qaratishdan saqlaydi. Binobarin, institutsional muhit xususiyatlari (noaniqlik darajasi, rasmiy va norasmiy me’yorlarning o`zaro nisbati, sodir bo`layotgan o`zgarishlar tezligi) uy xo`jaligining tarkibiga ta’sir ko`rsatadi. Boshqacha aytganda, firma yoki davlatning universal modeli bo`lmagani kabi, uy xo`jaligining ham universal modeli mavjud emas. Shu munosabat bilan uy xo`jaligining uchta ideal xilini yoritishga harakat qilamiz: bozor instituti hukmronligi sharoitida faoliyat ko`rsatuvchi, buyruqbozlik iqtisodiyoti instituti xukmronligi sharoitida faoliyat ko`rsatuvchi va buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida faoliyat ko`rsatuvchi.
Buyruqbozlik iqtisodiyotida uy xo`jaligi. Buyruqbozlik iqtisodiyotida inson kapitalini tiklash bir qator muammolarga duch keladi. Tashqi muhitning barqaror xususiyatga egaligiga qaramasdan, uy xo`jaligining kundalik hayoti iste’mol tovarlari va xizmatlarning tanqisligi bilan murakkablashadi. Boshqa holatda mahsulotlar yoki kiyim-kechak xarid qilishning mutaassiblik tadbiri ko`p vaqt, kuch va ruhiy xayajonlarni talab qiluvchi jarayonga aylanadi. Bundan tashqari, totalitar davlat xususiy sohani himoya qilishning faqatgina kafolatlarini o`zida namoyon qiladi. Umuman buyruqbozlik iqtisodiyoti doirasida davlat tomonidan himoyalangan shaxsiy hayot sohasining mavjud bo`lishi haqida gapirib bo`lmaydi. Bu bilan oila va uy xo`jaligini kuchaytirishga bo`lgan talab kuchayadi: faqat ushbu tashkilotlar insonning shaxsiy kengligini himoya qilishga qodir.
Uy xo`jaligining tarkibi va uning xo`jalik aloqalari ko`p jihatdan aynan o`zaro xizmatlar ko`rsatish (“sen-menga, men-senga”) tamoyili bo`yicha faoliyat ko`rsatgan “g`arazli aloqalar”ni barpo etish jarayoni bilan shartlanadi. Taqchillik iqtisodiyotida uy xo`jaligi eng noyob resurslarni birlashtirish natijasida paydo bo`ldi. Bunday resurslar tanqis tovarlar va xizmatlarning o`zlari emas, balki ularga “ruxsat berish xizmatlari” edi. Ruxsat berish xizmati uchun hech qanaqa shaxsiy mablag`lar kerak emas edi. “Shaxsiy cho`ntakdan emas, balki davlat yoki jamiyat cho`ntagidan yordam, xizmat ko`rsatish sohasiga esa – “o`zga” mijozlar hisobidan ko`rsatildi. Tanqis tovar va resurslardan foydalanishda ustunlik partiya-davlat apparati, savdo, transport xodimlari, tez-tez xorijga safar uyushtiruvchilarga (artistlar, sportchilar, diplomatlar), shuningdek, alohida mintaqa va shaharlarning oddiy fuqarolariga (ro`yxatga ko`ra) berilardi.
Taqchillik iqtisodiyotida uy xo`jaligining shakllanishini iqtisodiy jihatdan asoslash uning negizida tanqis tovar va resurslardan foydalanishni kengaytirishdan iborat bo`ldi. Partiya-davlat iyerarxiyasidagi o`rniga qarab noyob resurslardan foydalanishning tabaqalanishi uy xo`jaligi va davlatning o`zaro munosabatlarining alohida xilini shartlab berdi. Uy xo`jaligi byudjet cheklovlari korxonaning byudjet cheklovlariga qaraganda ancha qat’iy bo`lishiga qaramasdan, uy xo`jaligi tomonidan davlatdan olinadigan pul (ijtimoiy transportlar) va pul bo`lmagan (nufuz, taqchil tovarlardan foydalanishda ustunlik) shakldagi “renta daromadlari”ni hisobga olish lozim. Uy xo`jaligi davlatga qaramligining yuqori darajasi buyruqbozlik iqtisodiyotinin etakratik tizim sifatida tavsiflash imkonini beradi: “U yoki bu ijtimoiy guruh davlat hokimiyati boshqaruviga va davlat resurslarini taqsimlash tarmoqlariga qanchalik yaqin bo`lsa, uning iqtisodiy va ijtimoiy mavqei shunchalik yuqori bo`ladi”. Shuning uchun uy xo`jaligini birinchi galda davlat siyosatining unga partiya-davlat iyerarxiyasidagi mavqei asosida rentani olish imkonini beruvchi yo`nalishlari qiziqtiradi, bular: pensiya, uy-joy kommunal siyosati, ijtimoiy ta’minot siyosati, ta’lim sohasidagi siyosat.