boshlang‘ich tushuncha bo‘lib, diskret va analogli
turlariga bo‘linadi
AKT kompetentlilik
o‘quvchilarning axborotli jamiyatda o‘z o‘rnini munosib egallash va muvaffaqiyatli mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun axborotga ega bo‘lish, uni izlash, qayta ishlash, baholash, yaratish va uzatishni amalga oshirishda axborot ¬ kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalana olish qobiliyati va layoqati
Axborot texnologiyalari
axborotni yig‘ish, saqlash, uzatish, o‘zgartirish, qayta ishlash usul va vositalari yig‘indisidan iborat
Axborotlashgan jamiyat
jamiyatning ko‘pchilik a’zolari axborot, ayniqsa uning oliy shakli bo‘lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo‘lgan jamiyatdir.
Algoritm
kompyuterda masalalarni hal qilishda bajariladigan amallarning ma’lum strukturaviy ketma- ketligi
Axborot resursi
1. Axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi. (qonun)
2. Alohida hujjatlar va hujjatlar massivlari,
axborot tizimlaridagi
(kutubxona, arxiv, jamg‘arma va ma’lumotlar banklari, boshqa axborot tizimlari) hujjatlar va hujjatlar massivlari.
Axborot tizimlaridagi (kutubxona, arxiv, jamg‘arma va ma’lumotlar banklari hamda depozitariy, muzey va boshqalar) hujjatlar va hujjatlar massivlari.
Ma’lumotlar va bilimlar bazalari, axborot tizimlaridagi boshqa axborot massivlarini o‘z ichiga oluvchitashkillashtirilgan jami hujjatlashtirilgan axborot.
Dastur
bu berilgan ketma ketlikda ifodalangan biror bir algoritmik tilda yozilgan masala yechishda algoritmning kompyuter tushunadigan
belgilar orqali ifodalanishi
Jarayon
oldimizga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun bajariladigan
harakatlarning yig‘indisi tushuniladi