Fuqarolik jamiyati qanday tamoyillarga tayanib faoliyat ko’rsatadi?
A. Siyosiy sohada hamma odamlarning huquq va erkinliklarining tengligi; butun jahon hamjamiyatida yuridik kuchga ega bo’lgan qonunlar asosida fuqarolar huquq va erkinliklarini kafolatlangan huquqiy himoyasi; individlarni mulkka ega bo’lish va halol mehnati uchun adolatli haq olish huquqiga asoslangan iqtisodiy mustaqilligi;
V. Qonun bilan kafolatlangan fuqarolarni manfaatlari, kasbiy belgilari bo’yicha davlatdan va partiyadan mustaqil ijtimoiy birlashmalarga birlashish imkoniyatlari; partiya va fuqarolik harakatlarini tashkil etishda fuqarolarning erkinligi; fuqarolarni erkin, madaniyatli, ma’naviy va ijtimoiy faol, jamiyat a’zolarini qonun oldida ma’suliyatli qilib shakllantiradigan fan, madaniyat, ta’lim va tarbiya uchun zaruriy moddiy va boshqa sharoitlarni yaratish;
S. Faqat qonun bilan cheklangan davlat tsenzurasidan tashqari OAV yaratish va faoliyat yurgizish erkinligi; davlat va fuqarolik jamiyati o’rtasidagi munosabatni barqarorlashtiradigan mexanizmni (konsensus mexanizmi) mavjudligi, hamda fuqarolik jamiyatini ishlashini davlat organlari tomonidan xavfsizligini ta’minlanishi. Bu mexanizm, rasmiy bo’ladimi, norasmiy bo’ladimi, u o’z ichiga qonuniy aktlarni, xalq vakillarini demokratik saylov bilan hokimiyatning, o’z-o’zini boshqarishturli organlari va h.k. tayinlash kabilarni oladi.
Dostları ilə paylaş: |