O‘ZBEKISTONDA VIJDON ERKINLIGI. DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI KURASH: Reja: Vijdon erkinligi tushunchasi. O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan diniy konfessiya va tashkilotlar.
Missionerlik va prozelitizm xavfining bartaraf etilishi.
Diniy mutaassiblik (fanatizm), ekstremizm, aqidaparastlik (fundamentalizm), xalqaro terrorizm tushunchalarining mazmuni va reaksion mohiyati.
Terrorizmning tinchlik va taraqqiyotga, millatlararo munosabatlar va diniy bag‘rikenglikka tahdidi.
O‘zbekiston Respublikasida vijdon erkinligining konstitutsion ta’minlanishi fuqarolarda din va diniy qadriyatlarga nisbatan adolatli va xolisona munosabatni belgilash imkoniyatini yaratdi.
YAngi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun Respublikamiz Konstitutsiyasi tamoyillariga asoslanib, vijdon erkinligini amalga oshirishning oqilona demokratik echimini topdi. Qonun fuqarolarning har qanday dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslikdan iborat kafolatlangan huquq va manfaatlarini himoya qilishni ta’minlamoqda.
Vijdon erkinligi fuqarolarning u yoki bu dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqidir. Vijdon erkinligi inson huquqlari masalasining eng muhim kirralaridan biridir. SHuning uchun ham Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1948 yilda qabul qilingan «Inson huquqlari
Deklaratsiyasi»da bu masalaga alohida e’tibor berilgan. Xususan, Deklaratsiyaning 18-moddasida bunday deb yozib qo‘yilgan: «Har bir inson... vijdon va din erkinligi huquqiga egadir».
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi ham inson huquqlari bo‘yicha Xalqaro me’yorlarni tan olgan va mazkur masala xususida xalqaro xamjamiyat qabul qilgan xujjatlarga qo‘shilgan. SHuning uchun ham davlatimizning Asosiy Qonuni- Konstitutsiyamizning 31-moddasida quyidagi satrlar bitilgan: «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson hoxlagan diniga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huqukiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi».
Demak, bir kishi boshqasiga, sen u dinga, sen bu dinga e’tiqod qilasan yoki sening biror dinga e’tiqod qilishga haqqing yo‘q, sen bedinsan, deb ayta olmaydi va u yoki bu aqidaga bo‘ysunishga majbur eta olmaydi. Dindor kishini ikkinchi shaxs, «Diniy e’tiqodingizdan qayting», deb majbur qila olmaydi. Dinga ishonish yoki ishonmaslik, dindor yoki daxriy (dinsiz) bo‘lish har kimning shaxsiy ishidir.
Vijdon erkinligi deyilganda, ayni paytda fuqarolarning dinga munosabatidan qat’i nazar, ularning teng huquqliligi, barcha dinlarning qonun oldida tengligi, dinga e’tiqod qilish yoki qilmaslikka nisbatan hech qanday majburiyatning yo‘qligi, diniy tashkilotlar (masjid, cherkov, sinagog va x.k.) uchun majburiy yig‘imlar to‘plashning ta’qiqlanganligi, diniy e’tiqod tufayli o‘zaro adovat va nafrat ko‘zg‘atishning taqiqlanishi kabi masalalar ham tushuniladi.
Ayni paytda, shu narsani alohida ta’kidlash zarurki, dinga e’tiqod qilish erkinligi faqat milliy xavfsizlik va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, ahloqi, huquqi va erkinligini ta’minlash uchun zaruriyat tug‘ilgandagina cheklanishi mumkin.
Binobarin, vijdon erkinligi demokratiyaning tarkibiy qismi hamdir.
Vijdon erkinligining kafotlatlari nimalardan iborat?
Bu kafolatlar ko‘p qirralidir. Ular O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunida ta’riflab berilgan. Bular: