Ikkinchidan, bir dinning boshqa din, bir e’tiqodning boshqa e’tiqodga nisbatan imtiyozli bo‘lishining oldi olinadi;
Uchinchidan, din ma’naviy madaniyatda o‘ziga munosib o‘rin egallaydi;
To‘rtinchidan, biron-bir dinning siyosiylashmay, sofligi saqlanadi;
Beshinchidan, yoshlarning dindorlikni diniy mutaassiblikdan farqlashga aqllari etadiki, bu o‘z-o‘zidan diniy partiyalar tuzish behuda, zararli ish ekanligini ayon qiladi.
O‘zbekiston davlati o‘z fuqarolarining diniy e’tiqodlarini hurmat qiladi. Ayni paytda, dindorlar va diniy tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilab qo‘yilgan quyidagi talablarga ham rioya etishi lozim:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya
etish;
dindan davlatga va Konstitutsiyaga qarshi targ‘ibot olib borish, millatlararo adovat uyg‘otish va fuqarolararo totuvlikni buzish vositasi sifatida foydalanmaslik;
diniy tashkilotlarning davlat ro‘yxatidan o‘tishi;
diniy o‘quv yurtlarida diniy fanlarni o‘qitayotgan shaxslarning diniy ta’lim olgan bo‘lishlari va diniy tashkilot rahbariyati ruxsati bilangina o‘qitish ishlarini olib borishlari;
dindorlardan majburiy pul yig‘imi yig‘maslik va to‘lovlar undirmaslik;
taqiqlangan g‘oyalarni, adabiyotlarni, kino, foto va video mahsulotlarni tarqatmaslik va ishlab chiqarmaslik.
O‘zbekiston davlatida yana quyidagilar man etilgan:
diniy mohiyatdagi siyosiy partiya va jamoat harakatlarni tuzish. Bu haqda
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasida aniq ifoda qilingan.
Ayni paytda, Respublikamizda chet davlatlarda tuzilgan diniy partiyalarning bo‘limlari tuzilishi ham ta’qiqlanadi:
terrorchilik, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko‘maklashadigan, shuningdek, boshqa g‘arazli maqsadlarni ko‘zlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalarning faoliyat ko‘rsatishi;
dindorlar va diniy tashkilotlarning davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga tazyiq o‘tkazishi;
yashirin diniy faoliyat bilan shug‘ullanish;
davlat ro‘yxatidan o‘tmagan diniy tashkilotlarning faoliyat ko‘rsatishi;
diniy tashkilotlar xizmatchilarining O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentligiga nomzodining ro‘yxati olinishi;
diniy tashkilotlar xizmatchilarining xokimiyat vakillik organlari deputatligiga nomzod etib ro‘yxatga olinishi.
Qonunning yuqorida qayd etilgan qoidalariga amal qilmagan fuqarolar jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Diniy tashkilotlar faoliyati esa tugatiladi.
Davlat va diniy tashkilotlar qonunga og‘ishmay amal qilsalar, jamiyatda siyosiy barqarorlik mustahkam bo‘ladi va fuqarolar totuvliligi to‘la qaror topadi.