O‘zbekistonda vijdon erkinligi. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash: Reja



Yüklə 54,79 Kb.
səhifə6/9
tarix28.09.2023
ölçüsü54,79 Kb.
#150153
1   2   3   4   5   6   7   8   9
\'5- мавзу маъруза лотин (1)

Missionerlik va prozelitizm. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi vijdon erkinligi to‘liq ta’minlangan. Vijdon erkinligi-fuqarorlarning u yoki bu dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqidir.
1998 yilda qabul qilingan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida» gi qonuning 5-moddasiga ko‘ra: «Davlat diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llab quvatlaydi. Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan hatti-xarakatlar (prozelitizm), shuningdek boshqa xar qanday missionerlik faoliyati man etiladi» deb belgilab qo‘yilgan.
Missionerlik deganda nima tushunamiz?
Missionerlik (missiya-lotincha yuborish, topshiriq)-biror dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dini targ‘ib qilish demakdir.
Missionerlik asosan, xristianlikka xos bo‘lib, bu xarakat xristianlik Vizantiya imperasida davlat dini sifatida e’lon qiliganidan e’tiboran olib boriladi. Mazkur xarakatning ilk davrida xristian missionerlari o‘zlarining missionerlik xarakatlarini Evropa va YAqin SHarqdagi ko‘p xudolikka sig‘inib kelgan aholini yakka xudolikka tarqib qilishdan iborat deb ko‘rsatganlar.
Keyinchalik bunday qarashlari eskirdi, xususan hozirgi vaqtda kelib, jahon aholisining deyarlik 80-90 foizi o‘z diniga, aksariyat hollarda yakka xudolikka ega bo‘lgan davrda «missionerlik» va ayniqsa, «prozelitizim» salbiy bir holatga aylanib qoldi.
Bugunki kunda O‘zbekiston misolida oladigan bo‘lsak, mahalliy xristian diniy tashkilotlarining «misionerlik» xarakatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahalliy-tub aholini «evangelizatsiya» qilishga, ya’ni o‘z diniga og‘dirishga qaratilgani namoyon bo‘ladi.
O‘sha davrdagi evangellashtirshni bugungi kunda hududimizda tatbiq etish to‘g‘ri bo‘larmikan va shartmikan? bugungi kunda mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, respublikamiz fuqarolarning 99 foizi o‘zini qaysidir bir diniy yo‘nalishiga tegishligini ma’lum qilgan, shundan 90 foiziga yaqini musulmonlar, 7-8 foizini pravoslavlar va boshqa din vakillari tashkil etadilar. Mazkur fuqarorlarning deyarli hammasi yakka xudolikka ishonadilar. Garchi shunday ekan, ularni yana qanaqangi yakka xudolik, «haqiqiy» dinga etaklash mumkin.
Xristian missionerlik tashkilotlarning maqsadlari asosan uch nuqtaga qaratilgan:
1.Xalqlarni xristianlashtirish. SHu orqali ularni iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy jihatdan g‘arb davlatlari ta’sir doirasiga tushurish.
2.Xalqlar o‘rtasida o‘z e’tiqodiga shubha uyg‘otish ishonch va e’tiqoddan yuz o‘girish va undan chiqqishiga olib kelish.
3.Xristianlikni qabul qilganlarni o‘z e’tiqodida qattiq turishini ta’minlash va shu orqali ularning safini «YAngi xristianlar» bilan to‘ldirish.
Bu maqsadlarga erishish uchun ular hech nimani ayamaydilar va doimo o‘z uslub va metodlarini takomillashtirib boradilar, jumladan mamlakatimiz hududida faoliyat yuritayotgan ba’zi xristian diniy tashkilotlari quyidagi usullaridan o‘zlarining missionerlik xarakatlarida foydalanadilar:
-xayriya yordamini ko‘rsatish, bunga birinchi navbatda moddiy yordam kiradi, tibbiy yordam, dori-darmon topib berish hamda oziq-ovqat bilan ta’minlash ham xayriya yordami hisoblanadi. Bunday harakatlari bilan ular o‘zlari haqida ijobiy xulosa yoki bahoga ega bo‘ladilar. Hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘ladilar:
-bepul xristianlikni targ‘ib qiluvchi mahalliy tilda chop etilgan, juda sifatli rangli ishlangan kitob va jurnallarni tarqatish.
-xristianlikga chaqiruvchi video-audio kassetalarni tarqatish;
-tibbiy, ta’lim-tarbiya sohasiga maxsus kadrlarni yuborish (tibbiy xizmatchi, o‘qituvchi-murabbiy);
-missionerlik ruhidagi kutubxona, ingliz tili va kompyuter o‘rgatish xonalarini tashkil etish;
-o‘z saflariga qo‘shilganlarni moddiy rag‘batlantirish, ularni xorijiy safarlarga yuborish va ish bilan ta’minlash.
Missionerlik harakatida yana bir holatini alohida ajratish lozim. Bu ma’lum bir ijtimoiy qatlamni ajratib olish va bilan maqsadli ish olib borish. Jumladan, yoshlar bilan ishlashning turli missiyalari mavjud bo‘lib, ulardan biri bolalar uchun xristian lagerlarini tashkil qilish. «Xalqaro xristian lagerlari» assotsiatsiyasining bugungi kunda 200 ga yaqin lagerlari mavjud. O‘zbekistonda ham ularning borligi 90-yillarda kuzatilgan. Nukusda «Emanuel» tashkiloti lager tashkil qilgan uchun yopilgan.
(Qozog‘istonda «Niva» lageri («Jatva» cherkoviga oid) da oxirgi 5 yil ichida 3000 ta bola dam olgan. Ularning 80 % e’tiqod qilmaydiganlar oilasidan bo‘lgan. Lager dasturiga ko‘ra, lager mavsumi tugashiga borib (15 kun ichida), dam oluvchilarning yarmi Iso Masihni tan olgan).
Missionerlikning bizning respublikaga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri-bu xristian diniy tashkilotlarida o‘zbek va boshqa mahalliy tillarda diniy ibodatlar olib borishga harakat qilishdir.
Ikkinchisi-bu mahalliy millat vakillari orasida o‘zbek va boshqa mahalliy tillardagi diniy adabiyotlarni tarqatish va ulardan foydalanish: «U murabbiydir», «Xudo tayin qilgan qurbonlik», «Iso Masihning shogirdlari «Xudo» so‘zi o‘rnida «Alloh» so‘zini ishlatilari mumkinmi?», «Xudo muqaddas uchlikda birlashgan», «SHaxsan menga Xudo murojaat qilyapti», «U sizni sevadi» va x.z.
Mazkur ko‘riinishdagi missionerlik harakatini eng ko‘p olib boradiganlar, hozirgi kunda, bu «Iegov shohidlari» diniy tashkiloti vakillaridir. Ularning vakillarini jamoat joylarida, xiyobon va mahallalarda ochiqdan-ochiq missionerlik ruhidagi adabiyotlarini tarqatishlarini kuzatish mumkin.
Missionerlik bilan faol shug‘ullanuvchi «Iegov shohidlari» sektasida ta’sir etish mexanizmlari aniq va lo‘nda qilib ishlangan. Bu yo‘nalish 19-asrning 70yillarida AQSHda vujudga kelgan. Bugungi kunda jahonning turli mamlakatlarida
100 ga yaqin bo‘linmalariga ega. Bu tashkilot qat’iy markazlashgan bo‘lib, uning boshqaruvchi raisi cheklanmagan hokimiyatga ega. YUqoridan pastga ko‘rsatmalar va adabiyotlar, pastdan yuqoriga hisobotlar yuborib turiladi. «Iegov shohidlari» o‘zining matbuot organiga ega. «Posbon minora», «Uyg‘on». Bu jurnallar jahon xalqlarining 160 dan ziyod tilida nashr qilinib, dunyoning turli burchaklarida tarqatiladi.
Ularning tarqatayotgan adabiyotlari didli, rangli va chiroyli manzaralar bilan tasvirlangan. «Jalb etuvchilar»ning ovoz ohanglari tinchlantiruvchi va mehrli sado etadi. Mutaxassislarning aytishicha, «Iegov shohidlari» sektasi a’zolari jalb etishning 86 xil usulidan foydalanar ekanlar.
Ular ko‘pincha quyidagi turdagi kishilarni o‘z ta’sir doiralariga olishga urinadilar.
-birinchi va to‘rtinchi kurs talabalari;
-keksalar, ayniqsa, endigina nafaqaga chiqqanlar va yolg‘iz qariyalar;
-o‘z o‘rnini topishga intilayotgan o‘smirlar;
-kuchli stressni (kasallik, yaqin odamining vafoti, ajralish va x.k.) boshidan kechirayotganlar;
-qochoqlar, bemorlar va ishsizlar.
YAna bir missionerlik harakati bilan shug‘ullanayotgan diniy tashkilot «To‘liq injil xristian cherkovi»dir. Ular ba’zi ibodat uylarida o‘zbek tilida ibodatlarni olib bormoqdalar, modiy yordam ko‘rsatish orqali o‘z dinlariga da’vat qilishga harakat qilmoqdalar.
Missionerlik faoliyatining eng cho‘qqisi bu prozelitizm. Prozelitizm - bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri biron bir dinga ishongan fuqaroni majburan o‘z dinidan voz kechtirish va o‘zga dinni qabul qilishga majbur qilishdan iborat.
Prozelitizm illatining ba’zi bir noxush natijalarini keltirish mumkin: bir qancha vaqt islom dinida yurib, keyin xristian dinini qabul qilgan kishilar vafot etganda, jasadlarini musulmon qarlariga qo‘yish muammo tug‘dirmoqda. Sababi, mayitning musulmon ota-onalari o‘z farzandlarini xristian mozoriga dafn etishni xohlamaydilar. Musulmonlar esa, xristian dini vakili jasadini o‘z musulmon birodarlari yotgan joyga ular uchun haqorat deb biladilar. Natijada kelishmovchiliklar kelib chiqadi.
Missionerlik qonun orqali ta’qib qilinib turiladi: O‘zbekiston Respublikasida vijdon erkinligi qonunan kafolatlangan. Har bir fuqaro xohlagan diniga e’tiqod qilishi mumkin. Davlat va diniy tashkilotlar bir-biridan ajratilgan. SHu bilan birga diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik, totuvlik va daxlsizlikni ta’minlash maqsadida prozelitizm (bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qatilgan xatti-harakatlar) va har qanday missionerlik faoliyati qonunan man etilgan.
Ushbu qoidaning buzlishiga aybdor bo‘lgan shaxslar qonun oldida
javobgarlikka tortiladilar.(Jinoyat kodeksining 216(1), 216(2) moddalari)
Aholining, xususan soha mutaxassislarining, missionerlik xaqida ma’lumotga ega bo‘lishlari ularning burch va vazifalari sanaladi. CHunki yurtboshimiz ta’kidlaganidek: “Islom-bu ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz dini. Uni tashqi ta’sir, buzg‘unchi unsurlardan tozalash muqaddas burch sanaladi.”
Mustaqil respublikamizdagi ayrim oilalarning, xususan, yoshlarning otabobalarimizning muqaddas islom dinidan voz kechib, xristian missionerlari domiga ilinayotganini inobatga olsak, bu faoliyat tinch-totuv yashayotgan xalqimiz o‘rtasiga solinayotgan rahna-adovat ekani kunday ravshan bo‘lib qoladi.
Missionerlik ta’siriga tushib qolmaslik uchun ham uni bilishimiz, u haqida quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz lozim ekan.
Birinchidan, xushyor bo‘lishimiz, loqaydlikka berilmasligimiz kerak bo‘ladi, chunki “Vatan”, “millat”, “imon-e’tiqod” bu muqaddas tushunchalardir. Uni hech narsaga almashtirib bo‘lmaydi.
Ikkinchidan, har bir inson biror narsa haqida to‘g‘ri tushunchaga ega bo‘lishi darkor. Hech kimning biror narsani, hatto dinni ham noto‘g‘ri, yanglish va bo‘yab talqin qilishga xaqqi yo‘q va bo‘lmasligi kerak.

Yüklə 54,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin