Tayanch so’z va iboralar: mustaqil ishlar, o’qituvchi rahbarligidagi mustaqil ish, oquvchilarning mustaqil ishlari. - 20 ball Texnologiya fani darslariga integratsion yondashuv.
Tayanch iboralar: integratsiyalashgan ta’lim, metodik xususiyatlar, darslarning samaradorligini oshirish. - 20 ball Hamza Imonberdiyevning bolalarga atab yozgan asarlari haqida to`liq ma`lumot bering.
Tayanch so’z va iboralar: savol-javob metodi, guruhlash, umumlashtirish, hulosa chiqarish. - 20 ball Massa va sig’im o’lchov birliklari.
Tayanch so’z va iboralar: massa o’lchov birligi, gramm, kilogramm, sentner, tonna, sig’im o’lchov birligi, litr. - 20 ball Texnologiya malaka va ko’nikmalari bilan qurollantirish.
Tayanch iboralar: Texnologiya, tayyorlash, bilim, ta’lim, malaka, ko’nikma, texnologiya, material. - 20 ball Mehnatga amaliy tayyorlash texnologiya ta’limining muhim omillaridan biridir. U ozaro boglangan bir nechta elementlardan: oddiy ashyo va moslamalardan foydalana bilish u yoki bu materialga ma’lum izchillikda ishlov bera olish, yol qoyilgan xatoni o‘z vaqtida aniqlash va to‘g‘rilay olish kabilardan tarkib topadi.
Mehnatga amaliy tayyorlash faqat kerakli bilimlar bazasidagina amalga oshishi mumkin. U boshlangich maktabda boshlangich politexnik bilimlarga asoslanadi. Texnologiya ta’limining mazmuniga muvofiq o‘quvchilar mazkur yosh uchun qulay bolgan materiallarga ishlov berishida qollaniladigan oddiy ashyo va moslamalarni ishning amaliy malaka hamda konikmalarini egallaydilar. Oddiy ashyo moslamalar maxsus ashyo va moslamalarning bosh asosi hisoblanadi.
Amaliy malaka va konikmalar bilan qurollantirish asosiy ishlab chiqarish operatsiyalarni orgatish ham demakdir. Boshlangich sinf o‘quvchilari duch keladigan buyumlar texnologiyasi xilma-xildir, biroq bu masalani batafsil organmasdan ish operatsiyalarning tipikligini sezib olish qiyin emas, ular materiallarni olchab olish va belgilash; ularni egib, qirqib, ishlov berish; qismlarini yelimlash, tikish, orash va boglash kabi yollar bilan birlashtirish va mustahkamlash; detallarni yig‘ish va buyumni montaj qilishdir. Yakunlovchi bosqich buyumni bezashdir. Boshlangich sinf o‘quvchilarini mehnatga amaliy tayyorlashga grafik malakalarini shakllantirishga ham taalluqlidir.
O‘quvchilardagi mehnatga bolgan qiziqishni o‘z vaqtida aniqlash va ularga mehnat malakalarini sevgan mashgulotlarida takomillashtirishlariga yordam berish juda muhimdir.
Bunda o‘quvchilar e’tiboriga eng oddiy buyumlar, oyinchoqlar, o‘yin va o‘quv qurollari tayyorlash, naqshlar chizib qirqib olish, applikatsiya ishlari havola qilinadi. Bundan tashqari, bolalarda mehnatga qiziqish uygotish, mehnat darslarida hosil qilingan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, konikma va malakalarni mustahkamlash uchun “Mohir qo‘llar” toaraklarida, kuni uzaytirilgan guruhlarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Texnologiya ta’limi jarayonining osishga ta’siri.
Texnologiya ta’limi vazifalari haqida gapirilganda, o‘quvchilarda mehnatsevarlik mas’uliyat, intizomlik, burch hissi, jamoatchilik hissini tarbiyalashni tilga olmaslik mumkin emas. Shu bilan birgalikda mehnat odamlar tirikchiligining, moddiy va ma’naviy ta’minotining vositasi, jamiyat taraqqiyotining eng muhim omilidir.
Bolalarni aqliy ostirishda texnologiya ta’limining roli ko‘p qirralidir. Mehnat o‘quvchilarning bilim olishga intilishlarini uygotuvchi vositagina emas, balki uning manbayi hamdir. Texnologiya ta’limi jarayonida o‘quvchilarni aqliy ostirishda jismoniy va aqliy mehnatni almashtirib turish muhim ahamiyatga ega. Biroq, har qanday mehnat ham aqliy osishga yordam bermasligini unutmasligimiz kerak.
Mehnat eng muhim iroda va axloqiy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Texnologiya ta’limida mehnatga psixologik tayyorlik, mehnat faoliyatining to‘g‘ri motivlari tarbiyalanadi, shaxsning har bir ongli mehnat kasb uchun zarur bolgan sifatlari shakllanadi.
Darslarning jihozlanganligi o‘z mehnati uchun shaxsiy mas’uliyatni, mehnat madaniyatini tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Agarda bolalar yomon jihozlangan sinfda, qo‘pol, og‘ir va yoshlariga nomunosib ashyolar bilan shugullansalar, ish natijalari kongildagidek bolmaydi. Bunday sharoitda tabiiyki, mehnatga muhabbatni, tartiblilikni, aniqlikni, ashyolarga ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash qiyin boladi.