Texnologiyaga ruhiy tayyorlash. Tayanch iboralar: Ruxiy, murakkab, ko’p qirrali, ta’lim-tarbiya, xususiyat, axloq. - 20 ball
Leksema va so`z haqida to`liq ma`lumot bering.
Tayanch so`zlar: Leksema, so’z, leksik ma’no, atash ma’nosi. - 20 ball Umumiy va xususiy tilshunoslikning eng asosiy tushunchalaridan biri bo’lmish so’z (leksema, leksika) haligacha o’zining aniq ilmiy talqinini topgan emas (Qo’chqortoyev, 1969; Hojiyev, 1981; Ne’matov, 1988; Ne’matov va b., 1995; Shamsiddinov, 1999; Mengliyev, 2002,Abdiyev,2005). Ma’lumki, til haqidagi ishlarda so’zga ko’plab ilmiy ta’riflar berilgan. Buning sababi shundaki, tadqiqotchilar, asosan, uni tilning boshqa sathlari birligidan «farqlovchi xususiyatlar»ni izlashganlar. Biroq, so’zning lingvistik mohiyatini to’liq va hammaga manzur bo’larli darajada tavsiflash uchun uni shu birliklar (masalan, so’z birikmasi, gap va b.) birlashtiruvchi holatlarni topish va shu asosda u haqda umumiy xulosalarga kelish mumkin. So’zning ta’rifi va tavsifiga bag’ishlangan ilmiy-nazariy manbalarni o’rganish, uning qandaydir «normal», «dinamik» (harakatdagi) birliklar – so’z birikmasi va gapdan farqlanuvchi statik (turg’un, o’zgarmas) birlik sifatida talqin qilish ustuvor ekanligini ko’rsatdi2 . Bu ta’rifda, bir tomondan tub va yasama so’zlar o’zaro farqlanmagan bo’lsa, ikkinchi tomondan so’z yasalishining jarayon ekanligi, binobarin, yasama so’z dinamik harakatning hosilasi ekanligi inobatga olinmagan ko’rinadi. Zero, yasama so’z nutq vaziyati talabi va ehtiyojiga ko’ra yuzaga keladigan nomlashning alohida turidir. Shu munosabat bilan ta’kidlash joizki, so’z ayni paytda ham statik va ham dinamik harakat hosilasidir. Bu tezis so’z tilning asosiy birligi degan nazariyani inkor qilmaydi, aksincha, bu «asosiylik nimada namoyon bo’lishini muayyanlashtiradi». Masalaga bunday yondashish bir tomondan so’zning ta’rifi va tavsifi bilan bog’liq. Ko’plab muammolarning yechimiga yangicha yondashish imkonini bersa, ikkinchi tomondan so’z yasalishi bizning ishimizda termin yasalishining nazariyasini yangicha talqin etishga yo’naltiradi. So’z tilning asosiy struktur-semantik birligi bo’lib, borliq hodisalari, narsa va predmetlarning xususiyatlarini nomlashga xizmat qiladi va u fonetik, leksi semantik va grammatik bo’lgilarning majmui sifatida amalda qo’llanadi3 . Modomiki, bu belgilar har xil tillarda turlicha namoyon bo’lar ekan, so’zga hamma tillar uchun mushtarak bo’lgan ta’rif berishning iloji yo’q. Uni mazkur tilning ichki qonuniyatlari asosidagina ta’riflash mumkin ekanligini ta’kidlash ushbu o’rinda lozim topildi. Bu – bir tomondan ikkinchi tomondan so’zga «gap tarkibidagi ma’noli birlik», o’z ma’nosiga ega bo’lgan tovush va tovushlar majmui kabi ta’riflar aslida noto’g’ri emas va ayni paytda unga xos xususiyatlarni ifodalay olmaydi. Chunki, bunday ta’riflarni, nafaqat, so’zga, balki, undan kichik (morfema) yoki katta (so’z birikmasi va gap)ga nisbatan ham bemalol qo’llash mumkin. Yaxlitlik, ajralishlilik (ajratib olish mumkinlik) va nutqda qo’llanishlik kabi asosiy xususiyatlarga ega bo’lgan so’zda fonetik, morfologik va semantik strukturalar farqlanadi. Mana shu strukturalarni yaxlit holda birga o’rganish so’zning har bir tilga xos ta’rifini berish uchun keng imkoniyatlar yaratishning vositalaridan biridir. Buning ustiga, tilda so’z ifoda va mazmun planlarining majmui, nutqda esa ifoda, mazmun va funksiya planlarining yig’indisi sifatida o’rganishni mantiqan to’g’ri deb hisoblaymiz. Ko’plab ishlarda leksema, semantema, semema, sema kabi tilimizga keyingi yillarda kirib kelgan terminlardan foydalanilsa-da, ularning paydo bo’lish ildizlari haqida ma’lumotlar uchramaydi. Yuqorida so’zning ifoda mazmuni planlariga ega ekanligi haqida gapirdik. Binobarin, ifoda planida so’z leksema deb, mazmun planida esa semantema (semema, sema) deb nomlanadi (sema – yunoncha belgi degan so’zdan olingan bo’lib, mazmun planining eng kichik birligi sifatida talqin qilinadi). Demak, sema so’zning elementlar ma’nosi bo’lsa, semema gapdan katta birliklarning ma’no tomonini ifodalovchi termindir. Semema qurilishidagi asosiy va markaziy narsa arxisemadir. Arxisema muayyan sinfning barcha birliklariga xos bo’lib, ularning umumiy kategorial xossa va bo’lgilarini o’zida aks ettiradi.