Logik (mantiqiy) urg‘uning leksik (so‘z) urg‘udan farqini tushuntiring.
Tayanch so`zlar: so`z urg`usi va gap urg`usining o`zaro farqli jihatlari - 20 ball
Tuzuvchilar: D.Qodirova Sh.Yoqubov
R.Mustafaqulov A.Djurakulova
D.Yakibova.
54-VARIANT
Leksikografiya haqida umumiy ma’lumot bering.
Tayanch so`zlar:antonimlar va ularning turlari. - 20 ball
Darsning umumiy tasnifi. Darsga qo’yiladigan talablar.
Tayanch so’z va iboralar: ta’limiy, tarbiyaviy, didaktik, psixologik. - 20 ball
Massa va sig’im o’lchov birliklarini o’rgatish metodikasi.
Tayanch so’z va iboralar: massa o’lchov birligi, gramm, kilogramm, sentner, tonna, sig’im o’lchov birligi, litr. - 20 ball
Boshlang’ich sinflarda texnologiya darsini olib borilishi.
Tayanch iboralar: Sinf, ta’lim, aql, jismoniy, ahloqiy, estetik, iqtisodiy, ekologik. - 20 ball
Tovush o‘zgarishlari turining pozitsion o‘zgarish hodisasi haqida ma'lumot bering.
Tayanch so`zlar: proteza, metateza, epiteza. - 20 ball
Tuzuvchilar: D.Qodirova Sh.Yoqubov
R.Mustafaqulov A.Djurakulova
D.Yakibova.
55-VARIANT
Paronimlarga xos ma'lumotlar bering.
Tayanch so`zlar: asir-asr. - 20 ball
PARONIMLAR (para… va yun. Onyma — nom, ism) — talaffuzi, eshitilishi va morfem tarkibi oʻxshash, leksik maʼnolari boshqa-boshqa yoki qisman yaqin boʻlgan soʻzlar. Tilda ana shunday soʻzlarning mavjud boʻlish hodisasi paronim i ya deyiladi. Paronimiya muammosi nutkda Paronimlarni ataylab yaqinlashtirish yoki ularning maʼnosini bilmay, farqlamay adashtirib qoʻllash (nutqiy xato) natijasida kelib chiqadi. Paronimlarning qoʻllanishi bilan borlik, bunday masalalar tegishli ravishda nutq madaniyati va uslubshunoslik tomonidan oʻrganiladi. «Paronimlar» terminini dastlab Aristotel yasama soʻz maʼnosida taklif etgan.
Rus tilshunosligida koʻpincha Paronimlar deganda bir soʻz turkumiga mansub, bir xil oʻzakli soʻzlar tushuniladi [mas, adresat — adresant (oluvchi — yuboruvchi), predstavitsya — prestavitsya (oʻzini tanitmoq — oʻlmoq)]. Uzbek tilshunosligida esa nafaqat bir xil oʻzakli soʻzlar, balki eshitilishi bir-biriga oʻxshash har xil oʻzakli soʻzlar ham Paronimlar deb tushuniladi (mas, sharaf — sharob, afzal — abzal, tarif — taʼrif, enlik — ellik, sogʻliq — sovliq).
Paronimlarni qoʻllashda farklamaslik, ularni adashtirish til hodisasi emas, balki muayyan til vakillarining shu til lugʻaviy meʼyorlarini yetarli darajada egallamaganligining natijasidir. Paronimlarni xato qoʻllash, odatda, kam tanish boʻlgan soʻzlarda uchraydi. Notanish soʻzlarning katta qismini terminlar tashkil etadi. Zero, fan va texnikaning tez surʼatlar b-n oʻsishi natijasida muayyan tilga (mas, uzbek tiliga) kirgan yangi soʻzlar shu tilda mavjud boʻlgan soʻzlar bilan talaffuz jihatdan yaqin kelib qoladi, oqibatda yangiyangi paro-nimik qatorlar paydo boʻladi. Mas, tanbur — tambur, shitob — shtab, taʼrif — tarif, teri — tire va b. Nutkda noaniklikka yoʻl qoʻymaslik uchun tildagi Paronimlarni farklay bilish, maʼnolarini toʻgʻri anglay olish zarur. Shunda «sharaf» oʻrniga «sharob», «kompaniya» oʻrniga «kampaniya», «tovlanmoq» oʻrniga «toblanmoq», «enlik» oʻrniga «ellik» tarzida qoʻllashlarga oʻrin qolmaydi.
Badiiy adabiyotda, publitsistikada, ommaviy soʻzlashuvda matnning, nutqning ifodaviyligi va taʼsirchanligini oshirish maqsadida Paronimlardan keng foydalaniladi. Paronimlarni ataylab adashtirib qoʻllash kulgili holatni keltirib chiqaradi; bunday qoʻllanishlar soʻz oʻyi-nida, askiyada, shuningdek, personajlarning nutqiy xususiyatlarini ochib berishda zarur boʻladi.
Dostları ilə paylaş: |