Tayanch so’z va iboralar: Deduksiya metodida, Induksiya metodida, Analiz-sintez metodi, yarim izlanishli muammoli metod, savol-javob metodi, Bayon qilish metodi
Tayanch so’z va iboralar: Deduksiya metodida, Induksiya metodida, Analiz-sintez metodi, yarim izlanishli muammoli metod, savol-javob metodi, Bayon qilish metodi. - 20 ball Tenglama va uni yechishga o‘rgatish usullari. Tenglik va tengsizliklarni o‘rgatish metodikasi bilan tanishtirish.
Tayanch so’z va iboralar: tenglama, yechishga o‘rgatish usullari, tenglik va tengsizliklar, o‘rgatish, metodika, tanishtirish. - 20 ball Mehnat madaniyatini tarkib toptirish.
Tayanch iboralar: Madaniyat, dars, bola, tejamkor, harakat, toza. - 20 ball Darslarning jihozlanganligi o‘z mehnati uchun shaxsiy mas’uliyatni, mehnat madaniyatini tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Agarda bolalar yomon jihozlangan sinfda, qo‘pol, og‘ir va yoshlariga nomunosib ashyolar bilan shugullansalar, ish natijalari kongildagidek bolmaydi. Bunday sharoitda tabiiyki, mehnatga muhabbatni, tartiblilikni, aniqlikni, ashyolarga ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash qiyin boladi.
Mehnat madaniyatining tarkib topishi uchun darslarda doimo bolalarning e’tiborini ashyo va materiallarni saqlash qoidasi hamda joylashtirish tartibiga, ish joyini to‘g‘ri jihozlashga, materiallardan tejamkorlik bilan foydalanish usullariga, ish harakatlarining me’yori va sifatiga, ish sur’atini ta’minlovchi tadbirlarga, ishlov berishda olingan aniqlik va tozalikka rioya qilish, narsani chiroyli qilib bezashni talab qilib borish kerak.
Agarda o‘qituvchining talablari amaldagi faktlardan ajralib tursa, buning natijasi shartli bolib bolsa, bola har bir qadamida tartiblilikka, aniqlikka rioya qilishi lozimligiga ishonch hosil qilmasa, bolalarning mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashda muvaffaqiyatga erishishi haqida gapirish qiyin.
Mehnat malakalari madaniyati u yoki bu mehnat jarayonida belgilangan tartibga va harakatlar izchilligiga rioya qilish kerakligini muntazam tushuntirib borish bilan birga boladigan ko‘p bora mashq qilishlar natijasida tarkib topadi, o‘quvchilarda ana shu faoliyat takomillashib boradi.
Kerakli material va ashyolar bilan yetarli ta’minlanmaganlik ham mehnat madaniyatining shakllanishiga salbiy ta’sir etadi. Ba’zan o‘quvchilarning tayyorlanmaganliklari va uyushmaganliklari tufayli o‘qituvchining ko‘p vaqti bekorga sarf boladi: biri qaychisini, biri qogoini olib kelmasdan ish qilayotgan o‘rtog‘ini narsa sorab chalg‘itadi. Shuning uchun o‘qituvchi dars boshlashdan oldin faollar yordamida o‘quvchilar o‘rtasidagi dostona ozaro yordamga tayanib, o‘z vaqtida choralar korishi lozim. Biroq, har qanday holatda ham u o‘quvchining uyiga jonamasligi yoki jazo berish tartibida o‘quvchining ishsiz qoldirmasligi kerak, afsuski, bunday hollar amaliyotda uchrab turadi.