Til va tafakkurning o‘zaro bog‘liqligini tushuntiring.
Tayanch so`zlar: tilning jamiyatda tutgan o`rni. - 20 ball Til va tafakkur munosabati tilshunoslik fanining asosiy masalalaridan biri sanaladi. Tilsiz fikrni ifodalash mumkin bo‘lmaganidek, tafakkursiz til o‘z ifodasini shakllantira olmaydi. Shular bilan bog‘liq yana falsafiy, psixologik ong tushunchasi ham mavjud. Ong ijtimoiy-psixologik hodisa bo‘lib, insonning fikrlash qobiliyatini boshqaradi. Ong biologik hodisa bo‘lib, mantiqiy fikriy faoliyatni o‘z ichiga oladi. Ong – voqelikning kishi miyasida uning butun ruhiy faoliyatini o‘z ichiga olgan va ma’lum maqsadga yo‘nalgan holda aks etishi. Ong inson miyasiga berilgan mo‘jiza, sirli qobiliyatdir. Inson haligacha mukammal ong uskunasini yarata olgan emas. Xotirasi odamdan o‘nlab-yuzlab baravar ortiq bo‘lib, hatto yuzlab kattalik (gigabayt, megabayt)larni tashkil etuvchi kompyuterlarda ham ong – mustaqil fikrlash qobiliyati –yo‘q, ular inson ongi, ya’ni ularga yuklagan dasturni, ya’ni amaliyotlar algoritmini bajaradi, inson yukini ko‘taradi, yengillashtiradi, xolos. Ong – bilish: obyektiv voqelikning inson miyasida aks etish jarayonida voqelanadi. Demak, ong tafakkurdan ham katta hodisa, tushunchadir. Tafakkur – bilishning eng yuqori bosqichidir. Bilish bu obyektiv voqelikning inson ongida aks etish jarayonidir. Fanda ikki xil bilish farqlanadi: 1. Sezgilar orqali bilish. 2. Aqliy bilish va tafakkur9 . Hissiy bilishda tashqi olamni sezgi a’zolarimiz orqali bilib olamiz. Bunday bilish hayvonlarda ham rivojlangan. Aqliy bilish esa insonlarga xos bo‘lib, tashqi olamni faqatgina his qilib qolmay, balki har bir hodisa, predmet, jarayonlarini fahmlaydi, ularni qayta ishlaydi, fikr yuritadi, xulosalaydi, tushunchaga ega bo‘ladi. Mana shu jarayon tafakkurdir. (Muayyan mantiqiy bilish – voqelikning inson ongida haqqoniy (adekvat) va puxta tasavvur etilishida asosiy rol o‘ynaydi.)