1-variant nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo`llari


Matematika darsida nazorat turlari va ularni tashkil qilish, o‘quvchilarning daftar bilan ishlash metodlari. - 20 ball



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə49/163
tarix17.06.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#131700
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   163
VARIANT 2023

Matematika darsida nazorat turlari va ularni tashkil qilish, o‘quvchilarning daftar bilan ishlash metodlari. - 20 ball

Tayanch so’z va iboralar: metodika, matematika, o’qitish, dars, nazorat turlari, tashkil qilish, daftar bilan ishlash - 20 ball
Nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlari gruppasiga og‘zaki yozma, laboratoriyaviy individual va frontal-tematik nazorat metodlari va boshqalar kiradi. O‘qitish metodlarini tanlashda asosiy o‘rin o‘quv jarayonidagi tushunchalar sistemasiga berildi, bu tushunchalar sistemasi mohiyatini ularning alohida tomonlarini yoki belgilarini ochish ustun biri-birini to‘ldirgan holda goh u metod, goh bu metod qo‘llaniladi.
Metodlarni tanishtirishda moddiy bazaning mavjudligi, ya'ni xona jixozlar o‘qitish vositalarining bo‘lishi ham rol o‘ynaydi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, metod tanlashdan oldin darsning o‘quv -tarbiyaviy maqsadlarini aniqlab olish, o‘quv materiali mazmunini konkretlashtirib olish, unda asosiylarini ajratib bilish, uni mantiqan tugallangan elementlarga ajratish kerak. Diqqatni rivojlantirish uchun mulohazalarda va yozuvlarda xatolik bo‘lgan topshiriqlarni berish, yetishmaydigan va ortiqcha ma'lumotlari bo‘lgan masalalarni yechish, bolalarni nazorat va o‘zini-o‘zi nazorat qilishning xilma-xil usullari bilan tanishtirish kerak. Diqqatni shakllantirishga yordam beradigan o‘yinlarni kiritish foydalidir.



  1. Mehnat madaniyatini tarkib toptirish.

Tayanch iboralar: Madaniyat, dars, bola, tejamkor, harakat, toza. - 20 ball
Darslarning jihozlanganligi o‘z mehnati uchun shaxsiy mas’uliyatni, mehnat madaniyatini tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Agarda bolalar yomon jihozlangan sinfda, qo‘pol, og‘ir va yoshlariga nomunosib ashyolar bilan shugullansalar, ish natijalari kongildagidek bolmaydi. Bunday sharoitda tabiiyki, mehnatga muhabbatni, tartiblilikni, aniqlikni, ashyolarga ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash qiyin boladi.
Mehnat madaniyatining tarkib topishi uchun darslarda doimo bolalarning e’tiborini ashyo va materiallarni saqlash qoidasi hamda joylashtirish tartibiga, ish joyini to‘g‘ri jihozlashga, materiallardan tejamkorlik bilan foydalanish usullariga, ish harakatlarining me’yori va sifatiga, ish sur’atini ta’minlovchi tadbirlarga, ishlov berishda olingan aniqlik va tozalikka rioya qilish, narsani chiroyli qilib bezashni talab qilib borish kerak.
Agarda o‘qituvchining talablari amaldagi faktlardan ajralib tursa, buning natijasi shartli bolib bolsa, bola har bir qadamida tartiblilikka, aniqlikka rioya qilishi lozimligiga ishonch hosil qilmasa, bolalarning mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashda muvaffaqiyatga erishishi haqida gapirish qiyin.
Mehnat malakalari madaniyati u yoki bu mehnat jarayonida belgilangan tartibga va harakatlar izchilligiga rioya qilish kerakligini muntazam tushuntirib borish bilan birga boladigan ko‘p bora mashq qilishlar natijasida tarkib topadi, o‘quvchilarda ana shu faoliyat takomillashib boradi.
Kerakli material va ashyolar bilan yetarli ta’minlanmaganlik ham mehnat madaniyatining shakllanishiga salbiy ta’sir etadi. Ba’zan o‘quvchilarning tayyorlanmaganliklari va uyushmaganliklari tufayli o‘qituvchining ko‘p vaqti bekorga sarf boladi: biri qaychisini, biri qogoini olib kelmasdan ish qilayotgan o‘rtog‘ini narsa sorab chalg‘itadi. Shuning uchun o‘qituvchi dars boshlashdan oldin faollar yordamida o‘quvchilar o‘rtasidagi dostona ozaro yordamga tayanib, o‘z vaqtida choralar korishi lozim. Biroq, har qanday holatda ham u o‘quvchining uyiga jonamasligi yoki jazo berish tartibida o‘quvchining ishsiz qoldirmasligi kerak, afsuski, bunday hollar amaliyotda uchrab turadi.




  1. Yüklə 0,49 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin