1-variant nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo`llari


Husnixatga o‘rgatishning maqsad va vazifalari, ahamiyati



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə57/163
tarix17.06.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#131700
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   163
VARIANT 2023

Husnixatga o‘rgatishning maqsad va vazifalari, ahamiyati.

Tayanch so’z va iboralar: maqsad, vazifalari, yozuv, husnixat, savodxonlik, og’zaki nutq, yozish jarayoni, ongli o’qish va yozish. - 20 ball
Husnixatga o’qitishdan asosiy maqsad kichik yoshdagi o’quvchilarga yozishdek murakkab jarayonni o’rgatish orqali, ularning chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirishdan iboratdir. O’quv fani sifatida husnixatning oldiga bir qator vazifalar qo’yiladi. Bu vazifalar ko’p qirralai bo’lib o’quvchilarni aqliy rivojlanishga, ularning atrof — muhit haqidagi bilimlarni kengaytirishga axloqiy va estetik didlarini tarbiyalashga, ongli o’qish va yozish malakalarni hamda yozuv daftar bilan ishlash ko’nikmalarini hamda yozuv daftar bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirishdan iboratdir. Bu vazifalarnining barchasi o’zaro bog’liq holda amalga oshiriladi. Ularni hal qilish zaruriy yozuv malakalarini egallashga darslikda berilgan o’quvchilar saviyasiga mos nazariy va amaliy material uyg’unlashtirilib, o’zlashtirish ustida ishlashni maqsadga muvofiq uyushtirish, shuningdek, matnlar sifatini topshiriqlar xususiyatini va bolalar aqliy faoliyatining o’ziga xos tomonlarini belgilaydigan qator uslubiy shart – sharoitlarga bog’liq.Bola kamolotining shakllanishi ko’p jihatdan chiroyli yozuvga bog’liq. Chiroyli yozish orqali bolalar boshqa fanlarni muvaffaqiyatli o’zlashtirish imkoniga ega bo’ladilar.Inson hayotida yozuv muhim o’rin tutadi, chunki u har kuni turli – tuman qog’ozlar va hujjatlardan foydalanai . Bularning hammasi chiroyli va bexato yozishni taqozo etadi. Ammo qisqa muddat ichida o’quvchilarda chiroyli , tez va bexato yozish malakalarini o’stirish mumkin, buning uchun bir necha yillik mehnat talab etiladi. Chiroyli yozuvga o’rgatish uchun bolalarning maktabga qadam qo’ygan kunlardan boshlab izchil mashqlar olib boorish zarur.Husnixat malakasini shakllantirish uchun birinchi navbatda harflarning shaklini to’g’ri tasavvur etishga, bir xil qiyalikda yozishga so’zlarda harflarni to’g’ri joylashtirishga o’rgatiladi. Daftar chiziqlari birin ketin almashuvi davomida harflarning qiyaligini va ular orasidagi masofani to’g’ri saqlash, kichik va bosh harflarning nisbatini to’g’ri chamalab yozishga o’rgatish juda muhimdir. Husnixat darslarida ma’lum guruhga oid harflarni yozishga o’rgatish o’quvchilarda uchraydigan ayrim xatolarning oldini olish va tuzatish ustida ish olib borish lozim . Yozuv tezligi oshishi bilan ayrim bir- biriga o’xshash harflarni shaklini bo’zib yozish hollari uchraganda esa, ularni qayta mashq qildirish kerak. Chiroyli yozuvga o’rgatishda daftardan to’g’ri foydalanishga e’tibor berish zaryr. Ikki chiziqli daftardan bir chiziqli daftarga o’tganda o’quvchilar oldiga qatorvazifalar qo’yadi. Chiroyli yozuvga o’rgatish umumiy didaktik qoidalar bilan birga, yozuv malakasini shakllantiruvchi o’ziga xosqoidalarini ham o’z ichiga oladi. Umumiy didaktik qoidalar takroriylik, ko’rgazmalilik, yosh va o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, tushunarlilik, onglilik husnixat metodikasining maqad va vazifalarini amalga oshirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Yozuvga — husnixatga o’rgatishning vazifasi harfni, so’z va gapni kitobdan va xattaxtadan to’g’ri, husnixat qoidalariga rioya qilib ko’chirib yozish, yozganlarni tekshira olish va yo’l qo’ygan kamchilik va xatolarini o’qituvchi rahbarligida yoki o’zi tuzata olishi kerak. Har bir o’quvchi u yoki bu harfni tushunib yozishi, harflarning bir- biriga nisbatini, balandligini qiyaligini avtoruchkani ushlash va to’g’ri o’tirish qoidalarini yaxshi bilishi lozim. 


  1. Yüklə 0,49 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin