Ot turkumining son kategoriyasi. Otlarning nokategorial shakllari.
Tayanch so`zlar:turdosh, atoqli otlar. - 20 ball Otlardagi birlik va ko`plik ma’nolari, ularni ifodalovchi grammatik shakllar hamda ularga xos grammatik ko`rsatkichlar yig`indisi otlardagi son kategoriyasi deyiladi: Kitob – birlik ma’no → gr. shakl(kitob)→ - Ø(nol ko`rsatkich). Kitoblar – ko`plik ma’no → gr. shakl (kitoblar)→ - lar. MANTIQIY SON Ahmad so`zi mantiqan bir necha odamning ismi bo`lishi mumkin. Kitob sozi mantiqan ko`plab o`quv qurollarining nomidir. GRAMMATIK SON Ahmad so`zi grammatik jihatdan bitta shaxsni bildiradi. Kitob sozi shu shaklda yakka o`quv qurolining nomidir. SON KATEGORIYASINING IKKI SHAKLI. BIRLIK SHAKLI (nol ko`rsatkichli shakl) Bu shakl bir jinsdagi tushunchalarning bittasini ifodalaydi: Daftar, odam. KO`PLIK SHAKLI Bir jinsdagi tushunchalarning noaniq miqdorini ifodalaydi: Daftarlar, odamlar
Savod o‘rgatish davrida o‘qish va yozish darslari.
Tayanch so’z va iboralar: umumdidaktik, maxsus metodik talablar, ta’limning predmetiga ko’ra, ta’limning davri va bosqichlari, yangi mavzu o’tilish va o’tilmasligiga ko’ra, dars tizimi. - 20 ball
O’qish va yozuv darslariga qo’yiladigan talablar. Dars ta’limning asosiy shakli hisoblanadi. Analitik-sintetik tovush metodi asosida olib boriladigan savod o’rgatish darslari xilma-xil bo’lishi, o’quvchilarni zeriktirmasligi va charchatib qo’ymasligi kerak.
Savod o’rgatish davridagi o’qish yoki yozuv darslari va ularning ayrim turlari uchun umumiy bo’lgan asosiy talablar mavjud:
1. Umumdidaktik talablar: a) har bir darsning tarbiyaviy maqsadi bo’lib, unda bironta axloqiy sifat o’stirilishi lozim;
b) darsning ta’limiy maqsadi, ya’ni o’quvchilar darsda qanday yangilikni bilishi, nimani o’rganishi, qanday ko’nikma va malakalar o’stirilishi, o’quvchilarning mustaqil fikrlashi va faolligining qanday bo’lishi aniq belgilab olinishi kerak;