1-variant O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – mustaqil davlatning asosiy qonun


-variant 1 Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashkil etilishi



Yüklə 101,15 Kb.
səhifə11/39
tarix11.06.2023
ölçüsü101,15 Kb.
#128651
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39
falsafa javoblari

9-variant
1 Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashkil etilishi.
Mahalliy davlat hokimiyatininh tashkil topishi. Mahalliy davlat hokimiyati tubdan isloh qilindi. Islohotlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonun (1993-yil 2-sentabr), Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar to’g’risida”gi Qonun (1994-yil 5-may) asosida amalga oshirildi.Konstitutsiyaning 99-moddasida viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo’ysunadigan shaharlar, shuningdek, shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo‘lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko’zlab o’z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar, deb belgilab qo’yildi. Konstitutsiyada mahalliy hokimiyatning ikki mustaqil organga – vakillik va ijro hokimiyat organlariga bo‘linishi belgilandi. Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunning 1-moddasida „Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga boysunadigan shaharlardan, shuningdek, shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlaridir, deb aniq belgilab qoyildi. Shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarda va tumanga b o’sunuvchi shaharlarda vakillik organlari tuzilmaydi.“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida”gi Qonunda vakillik organlariga 21 yoshga to‘lgan fuqarolar saylanadi. Saylovlar ko’ppartiyaviylik, muqobillik asosida o’tadi. Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga 60 tadan ko’p bo’lmagan, tuman va shahar Kengashlariga esa 30 tadan ko’p bo’lmagan deputatlar 5 yil muddatga aylanadi. Mustaqillik yillarida 1994-yildan e‘tiboran har 5 yilda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga ko‘ppartiyaviylik, muqobillik asosida saylovlar bo’lib o’tdi. Jumladan, 1999-yilgi saylovda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 6145 nafar deputat saylandi
2 Falsafa tarixida SHarq va G’arb mutafakkirlari ijodida axloqiy qarashlar
islom dinini oladigan bo’lsak, Qur’oni karim, Hadisi sharif, Ijmo’ va muayyan fatvolardagi mezonlar hamda talablar musulmon SHarqi millatlari axloqiy darajasining shakllanishida katta ahamiyat kasb etgan. Tasavvuf ta’limotini esa rosmana islomiy axloq falsafasi deyish mumkin. SHuningdek, komil inson muammosi har ikkala fan uchun umumiy hisoblanadi. Farq shundaki, axloqshunoslik bu muammoga zamonaviy tarbiya nuqtai nazaridan yondashadi.
Axloqshunoslik va huquqshunoslik. Axloqshunoslikning huquqshunoslik bilan aloqasi uzoq tarixga ega. Ma’lumki, juda ko’p hollarda axloq me’yorlari bilan huquq me’yorlari mohiyatan va mazmunan bir xil bo’ladi. SHunga ko’ra, axloqni jamoatchilik asosidagi huquq, huquqni esa qonuniylashtirilgan axloq deb atash mumkin. Zero, axloqshunoslik bilan huquqshunoslikning tadqiqot ob’ektlari ko’p jihatdan o’xshash, ular faqat yondashuv usuli nuqtai nazaridan farq qiladi, ya’ni huquq me’yorlarining bajarilishi, odatda, maxsus adliya idoralaridagi lavozimli kishilar orqali, majburiy sanksiyalar vositasida yo’lga qo’yiladi; axloq me’yorlari esa umumiy qabul qilingan milliy urf-odatlar, jamoatchilik fikri yordamida, alohida belgilangan kishilar tomonidan emas, balki muayyan ijtimoiy guruh, jamiyat tomonidan amalga oshiriladi.



Yüklə 101,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin