1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari montaji


-variant 1.Beton va temirbeton ishlarini majmuali bajarish



Yüklə 156,74 Kb.
səhifə19/48
tarix21.12.2023
ölçüsü156,74 Kb.
#188543
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   48
1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari monta-hozir.org

10-variant

1.Beton va temirbeton ishlarini majmuali bajarish. Monolit temirbeton konstruksiyalarni barpo etish majmuali jarayoni texnologik bog’langan va kema-ket bajariladigan oddiy jarayonlardan tashkil topgan:
• qolip va havozalarni o’rnatish;
armatura montaji;
• qo’yma detallarni montaji;
• beton qorishmasini joylash va zichlash;
• yozda betonni parvarishlash va qishda qotishini tezlashtirish;
• qolipni ko’chirish;
•ko’p hollarda yig’ma konstruksiyalarni montaj qilish mavjud. Betonni qolipdan ko’chirish mustahkamligiga erishganiga qadar ketgan vaqt, umumiy texnologik siklga kiradi. Oddiy jarayonlar tarkibi, ularning mexnat sarfi va bajarilish ketma-ketligi barpo etilayotgan monolit konstruksiyalarni turi va o’ziga xosligi, qo’llaniladigan mexanizmlar, qolip turlari va ishlarni bajarishni mahalliy o’ziga xosligiga bog’liq. Xar qaysi oddiy jarayonni majmuali (kompleks) brigadaga birlashgan ixtisoslashgan zvenolar bajaradi. Ishlarni oqim usulida bajarish uchun inshoot balandligi bo’yicha yaruslarga, reja bo’yicha qamrovlarga bo’linadi.


Qamrovlarga bo’lish –gorizontal qirqim bo’lib, u quyidagilarni taqoza qiladi:
•xar qaysi oddiy jarayondagi mexnat sarfini tengligi va ruxsat etilgan og’ish 25% dan ko’p bo’lmasligini;
•qamrovning (ishchi uchastkani) eng kichik o’lchami – zvenoni bir smena davomidagi ishiga tengligini;
•qamrov o’lchami, tanaffussiz betonlanayotgan yoki ishchi choklari xosil qilinayotgan blok kattaligi bilan bog’lanishini;
•ob’ektdagi qamrovlar sonini oqimlar soniga teng yoki karrali bo’lishini.

2.Inshootlarni doimiy tayanchlarga ko’chirish usullari.
Tayanchlarga o’rnatish usuliga bog’liq holda montaj qilish usullari vertikal ko’tarish, burish, surish, dumalatish yo’li bilan farq qilinadi.
Vertikal ko’tarib o’rnatish usuli ko’tarilayotgan konstruksiya yoki inshootning massasi montaj mexanizmlarining yuk ko’tarish qobiliyatidan ortiq bo’lmaydigan hollarda qo’llaniladi. Umuman bu usulning qo’llanilishi konstruksiyani yaxlit holda ma’lum bir balandlikka u yoki bu mexanizmlar yordamida ko’tarish va bunday ko’tarish uchun mexanizmlar va moslamalarning mavjudligi bilan bog’lanadi. Ko’tarilgan konstruksiya ostiga vaqtincha va doimiy tayanchlarni keltirib qo’yish imkoniyati va bu tayanchlarning bu konstruksiya bilan birgalikda ishlashga darhol kirishib ketishi qobiliyati muhim holat hisoblanadi.

Burish usuli bilan asosan balandligi yuqori va massasi katta bo’lgan inshootlarni butun ko’rinishda montaj qilish amalga oshiriladi. Inshoot konstruksiya kabi, avval uning o’rnatish hududida gorizontal holatda yig’iladi, bu fazoviy konstruksiyaning asosi burish sharniridan foydalangan holda poydevorga mahkamlanadi va sharnir atrofida burib inshootni loyihadagi holatiga o’rnatiladi. Bu usul bilan elektr uzatish liniyalari, tayanchlari, tutun chiquvchi quvurlar, minoralar va massasi 100 t va undan ortiq bo’lgan boshqa inshootlar montaj qilinadi.

Surish usulida konstruksiyalar doimiy tayanchlardan chetda yig’iladi, keyin esa bu tayanchlarga vaqtincha o’rnatilgan yo’llar bo’ylab gorizontal ko’chirish yo’li bilan o’rnatiladi. Bu usul ko’p oraliqli ko’priklarni, bir qavatli sanoat binolari qoplamalari kons truksiyalarini montaj qilishda, shuningdek ishlarni qisqa muddatlarda bajarish zarur bo’lganda erda boshqa ishlar bilan surishga tayyorgarlikni qo’shib olib borishda keng qo’llaniladi. Bu usul amaldagi texnologik inshootlarni (domna pechi, havo isitgich, shaxta kopyori) qayta qurishda, yangi inshoot chetda yig’ilib va keyin eski demontaj qilinganning poydevoriga surib joylanganda ayniqsa samaralidir.
Surish jarayoni ikki variantda amalga oshirilishi mumkin: blokning massasi 250 t gacha bo’lganda salazkalarda (chanalarda) sirpantirish bilan va bloklarning massasi 10 ming t va undan ortiq bo’lganda po’lat katoklar ustida dumalatib amalga oshirish mumkin.
Montaj qilish amaliyotida ba’zida bir necha usul qo’shib olib borish hollari uchraydi, xususan surish, yiriklashtirish va burishning birgalikda olib borish usuli.

Yüklə 156,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin