1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari montaji


Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolarini montaji



Yüklə 156,74 Kb.
səhifə20/48
tarix21.12.2023
ölçüsü156,74 Kb.
#188543
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   48
1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari monta-hozir.org

3.Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolarini montaji.
Amalda ko’pincha to’liq yig’ma holatda maydoni 3...20 ming m2 gacha bo’lgan bir qavatli sanoat binolari ko’p uchraydi. Ular kransiz yoki elektr tokida ishlaydigan ko’priksimon kranlar bilan jihozlangan bo’lishi mumkin. Binoning oraliqlari 12, 18, 24 va 30 m, ustun qadamlari 6 va 12 m, binoni balandligi 8,4 m dan 18 m gacha bo’ladi. Yig’ma elementlarning massasi 2,5 t dan 33 t gacha bo’ladi. Bino bir xil tipdagi yacheykalari, konstruksiyalari, bo’ylama hamda ko’ndalang yo’nalishlar bo’ylab katta o’lchamlarga egaligi bilan ajralib turadi.
Bir qavatli sanoat binolarining asosiy afzalligi – nisbatan arzonligi, texnologik uskunalardan yukni to’g’ridan-to’g’ri gruntga uzatishi, ustunlar to’rini siyrak xillarini qo’llash mumkinligidir. Bunday binolar asosan planda to’g’ri to’rtburchak shaklda qurilib, balandlik bo’yicha bir xil, oraliqlari bir yo’nalishda bo’ladi. Bir qavatli sanoat binosi karkasining elementlari, to’suvchi va tomyopma konstruksiyalarining o’lchamlari nominal yiriklashtirilgan modulga karrali bo’lib reja bo’yicha – 6 m, balandlik bo’yicha – 1,2 m ni tashkil etadi.
Bir qavatli sanoat binolari odatda zavodlarda seriyali tayyorlangan tipovoy (namunaviy) yig’ma temir beton elementlaridan montaj qilinadi. Bir qavatli binolarning yig’ma konstruksiyalari to’suvchi va yuk ko’taruvchi turlarga bo’linadi. YUk ko’taruvchi konstruksiyalarga – yig’ma poydevorlar, ustunlar, kran osti to’sinlari, stropila va stropilaosti fermasi, to’suvchilariga esa – tomyopma plitasi, kamar – to’sin va devor panellari kiradi.

11-variant

1.Qurilish ishtirokchilari. Qurilish jarayonlari va ishlari.

Qurilish ishtirokchilari. Qurilish maxsulotini ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilarining o’zaro munosabatlari tizimi katta ahamiyatga ega bo’ladi. Qurilishda mavjud bo’lgan tizim ishtirokchilar zanjiri ko’rinishida ifoda etilishi mumkin, uning bir tomonida kapital qo’yilmalar (investitsiyalar), ikkinchi tomonidan – yaratilgan qurilish maxsuloti turadi. Investitsiyalarning xususiyatiga ko’ra ular davlat (byudjet) va xususiylarga ajratiladi. Qurilish maxsulotini yaratishda buyurtmachining manfaatlari – loyihani g’oyadan boshlab qurilgan ob’ektni foydalanishga topshirgunga qadar rivojlanishni buyurtmachi-quruvchi – loyihaning barcha ishtirokchilarini ishlarini muvofiqlashtirishni amalga oshiruvchi ixtisoslashgan tashkilot ifoda etadi, bunga qurilishga dastlabki ruxsat etuvchi hujjatlarni davlat organlari bilan kelishish, qurilish ustidan texnik nazorat o’rnatish, qurilgan ob’ektni foydalanishga topshirish kiradi. Buyurtmachi-quruvchi oldida turuvchi asosiy vazifalardan biri ob’ekt qurilishini investitsiyaga qadar tayyorlash hisoblanadi. Odatda pudratchi tashkilotlar qurilish va maxsus ishlarning barcha turlarini bajarishga qodir bo’lmaydilar va bunda ular ixtisoslashgan tashkilotlar – subpudratchi sanitariya-texnika, elektromontaj va boshqa ishlarni bajaruvchi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzishadi.


Yüklə 156,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin